Ekspert tizimlarning xususiyatlari va afzalliklari




Download 1.25 Mb.
bet3/20
Sana11.09.2022
Hajmi1.25 Mb.
#25801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
14-ma\'ruza. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari va si
1-mavzu. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari faniga kirish, 2.1-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslari, Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari, Milliy va jahon tarbiya konsepsiyalarini qiyosiy tahlili.

2. Ekspert tizimlarning xususiyatlari va afzalliklari


80-yillarning boshlarida SI sohasidagi ilmiy izlanishlar jarayonida «Ekspert tizimlar» nomini olgan mustaqil yo`nalish shakllandi [1-3]. ET bo`yicha izlanishlarning maqsadi - shunday dasturlar yaratish kerakki, nafaqat inson – ekspertuchun qiyin bo`lgan masalalarni yechsin, balkim ekspertoladigan natijalardan sifati va samaraliligi bo`yicha kam bo`lmagan natijalarni bersin. ET muhitida izlanuvchilar tomonidan «bilimlar injeneri» termini ishlatishadi. Bu termin E.Feygenbaum tomonidan kiritilgan.


ET yoki bilimlar injeneri (bundan keyin ularni sinonim sifatida ishlatamiz) texnologiyalariga asoslangan dasturiy vositalar dunyo bo`ylab sezilarli darajada tarqaldi.Ma’lum predmet sohasidagi SI tizimi ekspertdeb ataladi. ET uchun bilimlarni qabul qilishda shu fan sohasidagi expertlar xizmat qiladi.
ETlari – bu kompyuter yordamida ishlaydigan, turli faoliyat sohalarida qarorlar qabul qilishning maxsus yaratilgan murakkab tuzilmali modeldir. Mazkur modelning ish prinsipi shundayki, u xuddi expertlar kengashi kabi mulohaza yuritib, yechimi izlab topilishi kutilayotgan qiyin vaziyatdan chiqib ketish yo`llarini taklif etishga moslashtirilgan.
ETlari turli sohadagi mutaxassislar va muayyan sohada mutaxassisligi bo`lmagan har qanday odamlarga favqulodda vaziyatlarda muammoning yechimini izlab topishga, mavjud expertlar guruhining o`rnini bosishga imkoniyat yaratib beradi va shu xususiyati bilan iqtisodiy faoliyatda murakkab tashkiliy tuzilmaning turli tizimlarida ishlaydigan va ish yuzasidan o`zaro muloqot qilishga majbur bo`ladigan kishilarning vaziyatga mos tarzda to`g`ri qaror qabul qilishiga yordam beradi.
Ularning asosiy xususiyatlari [1-3]:

  • ET masalani yechish uchun yuqori sifatli tajribalar va bilimlarni qabul qiladi;

  • ETdagi bilimlar doim to`planib va yangilanib boriladi;

  • ET bashorat qilish qobiliyatiga ega bo`ladi.

  • ET ishchilarga va mutaxassislarga o`quv qo`llanmasi sifatida foydalanilishi mumkin.

ETni loyihalashda va ishlab chiqish jarayonida quyidagi qatnashuvchilarni aytib o`tish mumkin:
1) ETni loyihalashning instrumental muhitini ishlab chiquvchilar;
2) ETni yaratishdagi instrumental muhit;
3) ETning o`zi;
4) Ekspert;
5) Bilimlar injeneri va bilimlar bazasi (BB) administratori;
6) Foydalanuvchi.
ETning muhimligi quyidagilardan iborat:

  • ET texnologiyalari kompyuterda yechiladigan va yechimi iqtisodiy samara olib keladigan amaliy masalalar ko`lamini oshiradi;

  • ET texnologiyalari an’anaviy dasturlashtirishdagi global muammolarni yechishda muhim vosita hisoblanadi: murakkab sohalarni qayta ishlashda yuqori sifat va uzoq muddatlilikga erishish;

  • bir necha marta qayta ishlashlar sifatini boshqaruvchi murakkab tizimlarni yo`naltirishdagi yuqori sifat; dasturlarni qayta ishlatish darajasining pastligi va boshqalar;

  • ET texnologiyalari bilan an’anaviy dasturlashtirish texnologiyalarini birlashtirganda: dasturchi tomonidan emas, foydalanuvchi tomonidan sohaning dinamik modifikatsiyalarini ta’minlash; sohalarning yanada «silliqligi»; yaxshi grafika, interfeys va o`zaro ta’sir hisobiga dasturiy mahsulotga yangi sifatlar qo`yiladi.

ETning asosiy afzalliklari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • har qanday tashkilotda amalga oshiriladigan reinjiniring (tuzilmani qaytadan tashkillashtirish) jarayonlari davomida expertlar tizimi nihoyatda asqotadi, chunki ushbu tizimdan foydalanish tufayli korxona rahbariyati eng avvalo, ratsional tarzda xodimlar shtatini qayta tuzish, vaqtni tejash, byurokratiya ko`lamini ancha cheklash, qog`ozbozlikka chek qo`yish imkoniyatini qo`lga kiritadi;

    • tegishli mavzuga(muammoga) daxldor bo`lgan barcha ma’lumotlar, ularni izlab topish va foydalanish qoidalarining hammasi kompyuter xotirasida saqlanadi. Bundan tashqari, SI qabul qilgan qarorlari qandaydir taxmin va farazlarga asoslangan bo`lmaydi.

Hozirgi vaqtda ETlari va ularning alohida elementlari loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis qo`yish, tarjimonlik, referentlik, taftish, tavsiyanomalar ishlab chiqish, buxgalteriya hisoblarini olib borish, hisobotlarni tayyorlashda, bank faoliyatida, xodimlarni boshqarish sohasida keng qo`llanilmoqda.
Yetakchi mutaxassislar fikricha, keyingi izlanishlarda ET quyidagicha qo`llanilishi mumkin:

    • ET loyihalashtirish, qayta ishlash, ishlab chiqarish, taqsimlash, sotish, qo`llab – quvvatlash va xizmat ko`rsatishning barcha sohalarida asosiy o`rinni egallaydi;

    • savdo sohasidagi ET texnologiyalari o`zaro ta’sir etuvchi tayyor intellektual modullar sohalari integratsiyasida revolyutsion kuchayishni ta’minlaydi.

ET va SI tizimlari qayta ishlash tizimlaridan shu bilan farq qiladiki, ularda asosan (sonli emas) belgili (simvolli) namoyish usuli, belgili xulosa va (ma’lum algoritmni bajarish emas) yechimni evristik qidirish, izlash bajariladi.
ET faqat murakkab amaliy masalalarni yechishda qo`llaniladi. Yechimning sifati va samaradorliligi borasida ET yechimlari inson – ekspertyechimlaridan qolishmaydi. ET yechimi «shaffofligi» bilan ajralib turadi, ya’ni foydalanuvchiga yechim sifatli darajada tushuntiriladi. ETning bu xususiyati o`z bilimlari asosida biror xulosaga kelish qobiliyatining mavjudligi bilan xarakterlanadi.
ET o`z bilimlarini ekspertbilan munosabatlari vaqtida to`ldirib boradi. Ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda ET texnologiyasi moliya, neft va gaz sanoati, energetika, transport, farmatsevtika, ishlab chiqarish, kosmos, metallurgiya, tog`-kon ishlari, kimyo, ta’lim, sellyuza-qog`oz sanoati, telekommunikatsiya va aloqa hamda boshqa turli muammoli sohalarning turli xil tipdagi masalalarini yechish (izohlash, oldindan aytish-bashorat qilish tashxis, loyihalashtirish, konstruktsiyalash, boshqarish, tushuntirish) da ishlatiladi.
E’tiborni qaratish lozimki, ba’zi mutaxassislar (qoida bo`yicha, SIdagi emas, dasturlashtirishdagi mutaxassislar) ET va SITlar kutilgan natijalarni bermaganligini ta’kidlashda davom etmoqdalar. Bu adashuvlarning sababi shundan iboratki, mualliflar ETni an’anaviy dasturlashtirishning alternativi sifatida qaraganligi, ya’ni ular ET alohida (boshqa dasturiy vositalarsiz) buyurtmachining har qanday masalasini yechib beradi degan fikrdan kelib chiqqanligidir. Ta’kidlash joizki, ETning paydo bo`lishida unda ishlatiladigan tillar spetsifikasi, sohalarni qayta ishlash texnologiyalari va ishlatiladigan qurilmalar (masalan, Lisp - mashinalar) shunday xulosa chiqarishga olib keldiki, ET va an’anaviy dasturlash tizimlarini birlashtirish murakkab va bajarib bo`lmaydigan masalalar degan asosni berdi. Hozirgi kunda ETni hosil qilish uchun texnik vositalar to`liq holda an’anaviy dasturlashtirishning zamonaviy texnologik tendentsiyasiga mos holda qayta ishlanayapti. Ular ET da integrallashgan sohalar yaratishda kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etadi.



Download 1.25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 1.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekspert tizimlarning xususiyatlari va afzalliklari

Download 1.25 Mb.