Ekspert tizimlarda bilimlarning turlari




Download 1.25 Mb.
bet4/20
Sana11.09.2022
Hajmi1.25 Mb.
#25801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
14-ma\'ruza. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari va si
1-mavzu. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari faniga kirish, 2.1-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslari, Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari, Milliy va jahon tarbiya konsepsiyalarini qiyosiy tahlili.

3. Ekspert tizimlarda bilimlarning turlari


Bilimlarning quyidagi turlari mavjud: Bilimlar turlari


interfeysli – tevarak-atrof bilan o`zaro aloqalar to`g`risidagi bilim;
muammoli - predmet soha to`g`risidagi bilim;
protsedurali - masalalarni yechish usullari to`g`risidagi bilim;
strukturali - operatsion muhit to`g`risidagi bilim;
metabilimlar - bilimlar xususiyatlari to`g`risidagi bilim.
Bizni o`rab turgan olam to`g`risidagi bilimlar deklorativ va protsedurali bilimlarga bo`linadi. Deklorativ bilimlar bu biror bir tizimda o`zaro bog`langan dalillardir. Haqiqatdan ham ro`y bergan biror bir hodisa, voqea dalilga misol bo`la oladi.
Protsedurali bilimlar - dalillar ustida bajariladigan amallarni amalga oshirish natijasida hosil bo`ladigan bilimlardir. EHMlar uchun dasturlar bu bilimlarni saqlovchilar bo`ladi, deklorativ bilimlar har doim tobe bilimlardir. Intellektual tizimlar bo`yicha mutaxasislarni har ikki bilim turi bir xilda qiziqtiradi. Ekspert tizimlar sohasidagi tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, bilimlarni tasvirlash uchun ko`pincha semantik tarmoqlar, freymlar va mahsuliy modellar ishlatiladi. Keyingi bo`limda semantik modellar (yoki semantik tarmoqlar)ni qarab chiqamiz.
Bilimlarni namoyish etishda yechilishi lozim bo`lgan birinchi savol, bu bilim tarkibini aniqlash savoli, ya’ni ET da «Nimani namoyish etish»ni aniqlash. Ikkinchi savol bilimlarni ET da «Qanday namoyish etish kerak». Aytib o`tish kerakki, bu ikki muammo mustaqil emas. Haqiqatdan ham, namoyish etishning tanlangan usuli keraksiz bo`lishi yoki ba’zi bilimlarni tasvirlashda samarasiz bo`lishi mumkin [1-3].
Bizning fikrimizcha, «Qanday namoyish etish kerak?» - savolini ikkita mustaqil masalaga ajratish lozim: birinchisi – bilimlarni qanday yig`ish va ikkinchisi – bilimlarni qanday tasavvur etish. Bilimlarni tashkillashtirishni mustaqil masalaga aylantirishga intilish, qisman, bu masala namoyish etilishining ixtiyoriy tilida yuzaga kelishi mumkin va bu masalaning yechimi qo`llanilgan sohada bir xil bo`lishi mumkin.
Shunday qilib, bilimlarni namoyish etishda yechiladigan masalalar qatoriga quyidagilarni kiritamiz [1-5]:
- namoyish etiluvchi bilimlarning tarkibini aniqlash;
- bilimlarni tashkillashtirish;
- bilimlarni namoyish etish, ya’ni namoyishning modelini aniqlash;
ET bilimlarining tarkibi quyidagi faktorlar bilan aniqlanadi:
- muammoli muhit;
- ETning arxitekturasi;
- foydalanuvchining maqsadi va ehtiyojlari;
- muloqot tili.
Statik ETning umumiy sxemasiga mos holda uning faollashuvi uchun quyidagi bilimlar talab qilinadi:
- masalani yechish jarayoni haqidagi bilimlar (ya’ni, boshqaruvchi bilimlar), ular bilimlar injeneri (interpretator, yechuvchi) tomonidan ishlatiladi;
- lingvistik protsessor muloqot komponentida qo`llaniluvchi muloqot tili va muloqotni tashkil etish usullari haqidagi bilimlar;
- BHQKda qo`llaniluvchi bilimlar modifikatsiyasi va namoyish uslublari haqidagi bilimlar;
- tushuntiruvchi komponentda qo`llaniluvchi strukturani qo`llab-quvvatlovchi va boshqaruvchi bilimlar.
Bundan tashqari, dinamik ET larda quyidagi bilimlar muhim:
- tashqi olam bilan o`zaro ta’sir usullari haqidagi bilimlar;
- tashqi olam modellari haqidagi bilimlar.
Foydalanuvchi talabi bilan bilimlar tarkibining bog`liqligi quyidagilarda ko`rinadi [1-5]:
- foydalanuvchi(masalalar umumiy to`plamidan) qanday masalalarni qanday ma’lumotlar bilan yechmoqchi;
- yechimni topishda qanday yo`llar va usullar samaraliroq;
- masala natijasi va uning olinish usullari qanchalik cheklangan qiymatda yechilishi lozim;
- muloqot tili va muloqotni tashkillashtirishga qanday talablar qo`yilgan;
- muammoli soha haqida umumiy (aniq) bilimlar darajasi qanday;
- foydalanuvchilarning maqsadi qanday.
Muloqot tili haqidagi bilimlar tarkibi muloqot tiliga ham, talab qilinadigan tushunish darajasiga ham bog`liq.
ET arxitekturasini hisobga olganda bilimlarni izohlanuvchi va izohlanmaydigan bilimlarga bo`lish maqsadga muvofiq [1-5] (14.1-rasm). Birinchi tipga shunday bilimlar mansubki, ularni bilimlar injeneri (yechuvchi, interpretator) izohlashi(o`zgartirishi) mumkin. Qolgan barcha bilimlar ikkinchi tipga mansub. Yechuvchi ularning strukturasi va mundarijasini bilmaydi. Agar bu bilimlar tizimning biror bir komponenti tomonidan qo`llanilsa, u holda u bu bilimlarni «tushunmaydi».
Izohlanuvchi bilimlarni predmetli bilimlar, boshqaruvchi bilimlar va namoyish qilinuvchi bilimlarga bo`lish mumkin. Namoyish qilinuvchi bilimlar tizimda izohlanuvchi bilimlar qanday qilib namoyish etilishi haqidagi bilimlarni saqlaydi.

Download 1.25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 1.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekspert tizimlarda bilimlarning turlari

Download 1.25 Mb.