- Advokatning kassatsiya instansiyasi sudida ishtiroki




Download 21,81 Kb.
bet2/5
Sana21.05.2024
Hajmi21,81 Kb.
#247054
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-мавзу маъруза матни

- Advokatning kassatsiya instansiyasi sudida ishtiroki
Taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar sudning qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori ustidan u qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida kassatsiya tartibida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin.
Ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan so‘ng berilgan shikoyat (protest) shikoyatni (protestni) bergan shaxsga qaytariladi. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi masala FPKning 155-moddasi qoidalari bo‘yicha hal qilinadi.
Fuqarolik protsessual qonunda kassatsiya shikoyat (protest)ning muayyan rekvizitlarini belgilangan. Unda quyidagilar bo‘lishi lozim:
 shikoyat (protest) yo‘llanayotgan kassatsiya instansiyasi sudining nomi;
 shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili);
 shikoyat qilinayotgan yoki protest keltirilayotgan hal qiluv qarori, ajrim, qaror va ushbu sud hujjatlarini chiqargan sud nomi;
hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi;
 shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi;
 shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning ro‘yxati.

Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudi nomiga yo‘llanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni chiqargan sudga beriladi.


Kassatsiya shikoyati (protesti) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab ko‘chirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan kassatsiya shikoyati (protesti) mustasno.
Zarur hollarda sudya kassatsiya shikoyati bergan shaxs yoki kassatsiya protesti keltirgan prokuror zimmasiga kassatsiya shikoyatiga yoxud protestiga ilova qilingan yozma materiallarning ko‘chirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga g‘ayriqonuniy ravishda o‘tkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash to‘g‘risida sud chiqargan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi FPK me’yorlariga muvofiq kassatsiya shikoyat (protest kiritish) uchun asoslar quyidagilardir:
 ish uchun ahamiyatga ega holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi;
 sud aniqlangan deb hisoblagan ish uchun ahamiyatli holatlarning isbotlanmaganligi;
 qarorda bayon etilgan sud xulosalarining ish holatlariga muvofiq kelmasligi;
 moddiy huquq yoki protsessual huquq me’yorlarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi.
Kassatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashuvchi advokat o‘ziga ishonch bildiruvchining manfaatlari uchun barcha dalil-isbotlarni qo‘llab-quvvatlash, shikoyatni asoslashni, moddiy va protsessual huquq me'yorlarini buzgan holda chiqarilgan sud qarorlarini, ajrimlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish bo‘yicha iltimosnoma kiritishga majbur.
Advokat sud muhokamasining yuqori turuvchi bosqichida ham nafaqat isbotlashda, balki quyidagi masalalarda ham faol pozitsiyayini ushlashi kerak (faoliyatining yuksak madaniyati bilan uyg‘unlashtirgan holda): sud savollariga javoban jarayon rivoji haqidagi o‘z fikrlarini bildirish; ishda qatnashayotgan tomonlardan birining, vakillar, ekspertlar, tarjimonlar va agar zarur bo‘lsa, raislik qiluvchining harakatiga e’tiroz bildirish; sudga ish bo‘yicha yush yuritishning to‘xtatib turilishi, qayta tiklanishi, bekor qilinishi, arizaning ko‘rilmasligi va bunday ajrimning bekor qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlarning rivojlanishi to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilish uchun ahamiyatga ega holatlar haqida xabar berish; rad etishlar bilridirish; dalillarning joiz emasligi haqida va ularni dalillar ichidan chiqarish to‘g‘risida bayonot berish; sud ruxsati bilan, ekspertlar va guvohlarga savol berish; ekspertizalar, jumladan, qo‘shimcha va qayta ekspertizalar o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma taqdim qilish; zarur holatlarda o‘tkazib yuborilgan protsessual muddatlarni qayta tiklash, sud xarajatlarini taqsimlash, sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilish, keyinga qoldirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash va ularning miqdorini qisqartirish, davlat bojini qaytarish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilish.



Download 21,81 Kb.
1   2   3   4   5




Download 21,81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- Advokatning kassatsiya instansiyasi sudida ishtiroki

Download 21,81 Kb.