• Advokat va kassatsiya instansiyasi sudida ish yurituv
  • Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirmagan qarorlari ustidan apellyasiya shikoyati berish mumkin




    Download 21,81 Kb.
    bet5/5
    Sana21.05.2024
    Hajmi21,81 Kb.
    #247054
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    14-мавзу маъруза матни

    Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirmagan qarorlari ustidan apellyasiya shikoyati berish mumkin. Apellyasiya shikoyati ishda qatnashgan shaxslar tomonidan berilishi mumkin. ular ish yakunidan manfaatdor, shu sababli qonun ularga zaruriy protsessual huquqlar beradi. Ishda qatnashuvchi shaxslardan farqli ravishda, ularning vakillari (jumladan advokatlar) apellyasiya instansiyasi sudiga murojaat qilish mustaqil huquqiga ega emaslar. Murojaat faqat ishda qatnashuvchi shaxslar va sud hujjatlari ustidan apellyasiya shikoyatini kiritish huquqiga ega boshqa shaxslar topshirig‘i bilan va ularning ishonchnomalari asosidagina amalga oshirilishi mumkin.
    Ishni apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqilishining sezilarli belgisi sud muhokamasining takroriyligi sanaladi. Biroq advokat faqat oldin sud tekshiruvi predmeti bo‘lgan ishgina takroriy ko‘rib chiqilishini hisobga olishi kerak. Shu sababli birinchi instansiya sudida e'lon qilinmagan yangi talablar, ularga bog‘liqligi qanchalik maqsadga muvofiq bo‘lmasin, apellyasiya instansiyasi sudiga taqdim etilishi mumkin emas.
    Advokat ushbu bosqichda e'tiborga olishi kerak, apellyauiya shikoyatida yangi talablarni bildirish maqsadga muvofiq emas, chunki ular muhokama predmeti bo‘la olmaydi va birinchi instansiya sudi qarori qabul qilinganidan keyin shikoyatchi uchun dolzarbligini saqlab qolgan muammolarni ahlil qilishdan apellyasiya sudini chalg‘itishi aniq bo‘ladi.


    Advokat va kassatsiya instansiyasi sudida ish yurituv

    Ishda qatnashuvchi shaxslar sud qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilishlari mumkin. kassatsiya instansiyasi sudiga manfaatdor shaxs qonunda belgilangan vaziyatlarda va tartibda shikoyat bilan murojaat qilish mumkin (O‘zbekiston Respublikasi XPK 173-176- m.lar).


    Kassatsiya tartibida ish ko‘rilishi bosqichida advokat avvalgi instansiyalar sud hujjatlarini tahlil qilishi, birinchi va apellyasiya instansiyalari sudlarining sud hujjatlarida aks etgan ularning dalil-isbotlariga o‘z bahosini berishi lozim. Bunda mazkur sud hujjatlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asoslar mavjudligini aniqlab olish darkor, ularga taqdim etilayotgan kassatsiya shikoyatida bayon etilishi lozim bo‘lgan sabablarni asoslash sifatida havolalar berish kerak bo‘ladi.
    Kassatsiya shikoyati ob'ekti faqat qonuniy kuchga kirgan birinchi instansiya sudi qarori bo‘lishi mumkin, jumladan davlat organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining hujjatlarini qonuniy kuchga emas deb topuvchi, shoshilinch ijro etilishi lozim bo‘lgan qarori (O‘zbekiston Respublikasi XPK 146- moddasi 5- qismi), apellyasiya instansiyasi qarori bo‘lishi mumkin.
    Shikoyatning mustaqil predmeti moddiy va protsessual huquq me'yorlariga havolalarning to‘g‘riligi borasida qarorning asoslov qismi; qo‘shimcha hukm, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi XPKda ko‘zda tutilgan vaziyatlardagi ajrimlar bo‘lishi mumkin.
    Kassatsiya shikoyati qilinishi mumkin bo‘lgan sud hujjatlari qatoridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi qarorlari mustasno qilinadi. Ular faqat nazorat tartibida ko‘rib chiqlishi mumkin. kassatsiya shikoyati (protest) xo‘jalik suli hukmi yoki apellyasiya instansiyasi qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin bir oy ichida topshirilishi mumkin.
    Qonunda belgilangan bir oylik muddat xo‘jalik sudi tomonidan qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin emas. Xo‘jalik sudi tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko‘ra kassatsiya shikoyatini topshirish muddatini o‘tkazib yuborgan shaxslar uchun u belgilangan tartibda qayta tiklanishi mumkin.
    Advokat ushbu bosqichda berilgan talabni ko‘rib chiqishda qatnashgan sud instansiyalaridan biri (birinchi yoki apellyasiya) sud hujjatlari ustidan kassatsiya shikoyatini taqdim etish faqat shikoyat qilingan sud hujjati ko‘rib chiqilishini anglatmaydi. Agar ishni ko‘rish faqat birinchi emas, balki apellyasiya instansiyasida ham amalga oshirilgan bo‘lsa, ish ko‘rilishi natijalariga ko‘ra qabul qilingan sud hujjatlari o‘rtasida ma'no bog‘liqligi mavjudligi tabiiydir. Bu hujjatlarning o‘zaro aloqasi faqat mantiqiy jihatdan emas, balki qonun bilan ham belgilangan. Faqat apellyasiya qaroriga kassatsiya shikoyatini berish u bilan birga birinchi instansiya sudi qarori ham ko‘rib chiqilishini istisno qilmaydi, balki nazarda tutadi.
    Kassatsiya instansiyasi ishda qatnashuvchi shaxslar iltimosnomalari bo‘yicha birinchi va apellyasiya instansiyalari sudlarida qabul qilingan hukmlar, qarorlarning ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yurituv tugaishga qadar to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasi XPK 187- moddasiga muvofiq, kassatsiya instansiyasida ishni ko‘rib chiqib, xo‘jalik sudi quyidagi huquqqa ega:
    1) birinchi instansiya hukmi va (yoki) appelyasiya instansiyasi qarorini o‘zgartirishsiz qoldirish, shikoyat (protest)ni qondirishsiz qoldirish;
    2) birinchi instansiya hukmi va (yoki) appelyasiya instansiyasi qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilish va yangi qaror qabul qilish;
    3) birinchi instansiya hukmi va (yoki) appelyasiya instansiyasi qarorini bekor qlish va ishni yangidan ko‘rib chiqish uchunhukmi va (yoki) qarori bekor qilingan xo‘jalik sudi instansiyasiga, agar u qabul qilgan hukm yoki qaror yetarlicha asoslanmagan bo‘lsa, yuborish;
    4) birinchi instansiya hukmi va (yoki) appelyasiya instansiyasi qarorini o‘zgartirish;
    5) birinchi instansiya hukmi va (yoki) appelyasiya instansiyasi qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilish va ish bo‘yicha ish yurituvni bekor qilish yoki da'voni to‘liq yoki qisman ko‘rib chiqishsiz qoldirish;
    6) avvalda qabul qilingan hukmlar va qarorlarning birini kuchda qoldirish.
    Xo‘jalik sudi hukmlari yoki qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilishning asoslari, O‘zbekiston Respublikasi XPK 188- moddasiga muvofiq, moddiy yoki protsessual huquq me'yorlarini buzish yoki noto‘g‘ri qo‘llash sanaladi.
    Download 21,81 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 21,81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirmagan qarorlari ustidan apellyasiya shikoyati berish mumkin

    Download 21,81 Kb.