|
Advokatning jinoyat ishlari bo‘yicha yuqori instansiyalardagi ishtiroki
|
bet | 3/5 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 21,81 Kb. | | #247054 |
Bog'liq 14-мавзу маъруза матни2. Advokatning jinoyat ishlari bo‘yicha yuqori instansiyalardagi ishtiroki.
Qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari ustidan advokat apellatsiya tartibida shikoyat qilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi JPKning 479-moddasi). Hukm ustidan apellatsiya shikoyati huquqini amalga oshirish mumkin. ushbu huquq unga qonun tomonidan jinoiy jarayonda himoya tomonining mustaqil subyekti sifatida berilgan.
Birinchi navbatda advokat hukm bilan yaxshilab tanishib chiqishi va uning qonuniylik, asoslanganlik va adolatlilik talablariga muvofiq kelishiga ishonch hosil qilishi kerak. Adolatli sudlov hujjatining qismlari o‘rtasida, ayniqsa uning tavsifiy-asoslash va xulosa qismlari o‘rtasida qarama-qarshiliklar borligi yoki yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak. Tahlil uchun axborotni advokat shakli va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi JPKning 426-moddasida tartibga solingan sud majlisi bayonnomasini sinchiklab o‘rganish orqali ham oladi.
Keyin advokat hukm ustidan to‘liq hamjda yoki bir qismi bo‘yicha kassatsiya shikoyati berish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi, bu haqdagi o‘z qarorini himoyasi ostidagi shaxs bilan kelishib oladi. Mahkum advokatning kassatsiya tartibida hukm ustidan shikoyat qilish qaroriga rozi bo‘lishi mumkin yoki shikoyat berishni rad etishi mumkin. Agar advokat hukm ustidan kassatsiya shikoyatini kiritsh uchun asos topmasa, mahkum esa shikoyat berishni talab qilsa, himoya ostidagi shaxsning xohish-istagi himoyachi uchun majburiydir.
Sud majlisi boshlanishidan oldin advokat o‘zi bergan kassatsiya shikoyatni qaytarib olishi, o‘zgartirish yoki to‘ldirishi mumkin.
Kassatsiya ish yurituvida o‘z manfaatlarini himoya qilishni mahkum, uning qonuniy vakili yoki qarindoshi ikkinchi instansiya sudida ishtiroki majburiy bo‘lmagan himoyachiga topshirishlari mumkin.
Advokatning nazorat instansiyasi sudida ishtiroki
Nazorat shikoyati mazmunidan kelib chiqib, himoyachi unda hukmga, ajrimga, qarorga ularning qonuniyligi, asoslanganligi va adolatliligi nuqtayi nazaridan o‘zining munosabatini to‘liq ifodalashga intilishi kerak. Birgina jinoyat protsessual qonun buzilishi yoki moddiy qonunlarning noto‘g‘ri qo‘llanilganini asoslash bilan kifoyalanish kerak emas. Advokat o‘zi aniqlagan, sudgacha va sud ish yurituvida yo‘l qo‘yilgan va jinoiy ish bo‘yicha g‘ayriadolatli sud qarori chiqarilishiga sabab bo‘lgan barcha qonunbuzarliklarning tahlilini beradi.
Agar himoyachi qonunbuzarliklar aniqlamasa yoki ularga jinoiy ishni surishitirsh va ko‘rib chiqishda yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, uning uchun shikoyat qilinayotgan sud qarorining tayinlangan jazo turi va miqdori, jazoni o‘tash bo‘yicha mahkum jazosini o‘tashi kerak bo‘lgan muassasa turi, qondirilgan fuqarolik da’vosi, oqlash asoslari va shu kabilar bo‘yicha adolatli bo‘lgani yuzasidan baholashi maqsadga muvofiq. Amalda ko‘pgina kassatsiya instansiyalari hukmlari va ajrimlari ularga qo‘yiladigan adolatlilik talabini aks ettirmaydi. Bu sifatlarning sud qarorlarida mavjud emasligi esa advokatga ularni nazorat tartibida o‘zgartirish masalasini oldinga olib chiqish huquqini beradi.
Advokatning nazorat shikoyati nazorat instansiyasi sudi tomonidan mahkum, oqlangan, ularning himoyachilari (agar ular bu haqida iltimosnoma kiritsalar) qatnashadigan sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Nazorat instansiyasi sud majlisida advokat-himoyachi og‘zaki tushuntirishlar berib, ularda qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida talablarni asoslab berish huquqiga ega.
Kassatsiya va nazorat shikoyatlarida, shuningdek kassatsiya va nazorat instansiyalarida chiqishlarda advokatning pozitsiyayi, uning talablari aniq va yorqin bo‘lishi kerak: hukm, ajrm, qarorni bekor qilish yoki o‘zgartirish. Kassatsiya va nazorat shikoyatlarida, shuningdek advokatning kassatsiya va nazorat instansiyalari sudlaridagi chiqishlarida muqobil talablar nomaqbuldir.
|
| |