|
Advokatning iqtisodiy ishlari bo‘yicha yuqori instansiyalardagi ishtiroki
|
bet | 4/5 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 21,81 Kb. | | #247054 |
Bog'liq 14-мавзу маъруза матни3. Advokatning iqtisodiy ishlari bo‘yicha yuqori instansiyalardagi ishtiroki.
Birinchi instansiya sudi tomonidan qanday qaror yoki sud hujjati qabul qilinganidan qat'i nazar, advokat yakunlangan sud majlisining tahlilini o‘tkazishi va sud muhokamasiga kasbiy tayyorgarlik darajasi qanday bo‘lganligini, tayyorlangan protsessual hujjatlarning sifat darajasini, sud majlisidagi nutqning mazmuni qanday bo‘lganligi va u protsess natijalarida qay darajada aks etganligini o‘rganib chiqishi kerak. Bu turdagi tahlil ishda qanday xatolar va kamchiliklar yo‘lga qo‘yilganligini va kelgusida ularni to‘g‘rilash uchun nimalar qilish kerakligini aniqlash uchun kerak bo‘ladi.
Advokat mijozni ishni ko‘rib chiqish natijasi haqida xabardor qilishi kerak. Bunda muayyan natija fakti mavjudligi haqida xabar berish bilan cheklanib qolish yaramaydi, balki bevosita uchrashib, sud majlisi qanday o‘tganligini, sudya o‘zini qanday tutganligini, sudya qanchalik professional ravishda adolatli sudlovni amalga oshirish bo‘yicha o‘z funksiyasini bajarganligini,advokat va qarshi tomon chiqishlarining qisqacha mazmunini, shuningdek, sud muhokamasi boshlanishidan oldin kelishib olingan huquqiy mavqye va ish bo‘yicha himoyani qay darajada amalga oshirishga muvaffaq bo‘linganini so‘zlab beradi.
Advokat mijozi uchun ijobiy qaror qabul qilingan holda, advokat sud qarori tahlilini inobatga olgan holda, ehtimoliy e'tirozlarga va sud hujjati ustidan shikoyat qilinishi ehtimolida qarshi tomon argumentlariga qarshi kontrargument tayyorlashi lozim. Bunday imkoniyatni hyech qachon istisno qilmaslik va har doim, ishlar qanchalik ko‘p bo‘lishiga qaramay, ushbu ishni va uning qayta ko‘rib chiqilishi ehtimolini professiona e'tibor va shuur nazoratida ushlab turish talab etiladi.
Ushbu tahliliy ish advokat tomonidan qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatlari ustidan taqdim etiluvchi apellyasiya shikoyati tuzilishida asosiy element sanaladi.
Apellyasiya shikoyatini o‘z vaqtida, protsessual huquq me'yorlari bilan belgilangan protsessual muddatlar doirasida berish nihoyatda muhim.
Apellyasiya shikoyatini berish muddati – xo‘jalik sudi qaror yoki boshqa sud hujjati qabul qilganidan keyin bir oyil Qonunda belgilangan bir oylik muddat xo‘jalik sudi tomonidan qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin emas. Apellyasiya shikoyatini taqdim etishga xo‘jalik sudi tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko‘ra muddatni o‘tkazib yuborgan shaxslar uchun muddat qayta tiklanishi mumkin.
|
| |