|
14-mavzu: Advokatning apellyasiya va kassatsiya bosqichidagi ishtiroki Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 21,81 Kb. | | #247054 |
Bog'liq 14-мавзу маъруза матни
14-MAVZU: Advokatning apellyasiya va kassatsiya bosqichidagi ishtiroki
Reja:
1. Advokatning fuqarolik ishlari bo‘yicha yuqori instansiyalardagi ishtiroki.
2. Advokatning jinoyat ishlari bo‘yicha yuqori instansiyalardagi ishtiroki.
3. Advokatning iqtisodiy ishlari bo‘yicha yuqori instansiyalardagi ishtiroki.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Advokatura. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. Egamberdiev A.U., Ahmedov R.T., Mirzaev Sh.M., Fazilov F., Nikonov I., Sayfieva G. T.: TDYuU nashriyoti, 2016. - 250 bet.
2. Advokatura. Darslik. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: TDYU, 2019. – 195 bet
3. Advokatura darslik // Mas’ul muharrir y.f.n., prof. D. Habibullayev - T.: TDYU, 2021. - 108 bet.
1. Advokatning fuqarolik ishlari bo‘yicha yuqori instansiyalardagi ishtiroki.
Advokat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 383-moddasiga muvofiq sudning hal qiluv qarori ustidan ushbu qaror chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida apellatsiya tartibida shikoyat qilishi mumkin. Agar birinchi instansiya sudida qatnashuvchi vakil, jumladan, advokat agar bu protsessual harakatni amalga oshirish vakilik qilinayotgan shaxs bergan ishonchnomada keltirilgan bo‘lsa, sud qarori ustidan apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega ekanligini sudlar nazarda tutishlari kerak.
Fuqarolik ishini apellasiya va kassatsiya instansiyalarida shikoyat yoki protest bo‘yicha ko‘rilishi qonuniy kuchga kirmagan va qonuniy kuchga kirgan sud qarori, ajrimining qonuniyligini, asosli ekanligini va adolatliligini tekshirish maqsadiga yo‘naltirilgandir. Shu bilan birga, bu sud faoliyatining yuqori turuvchi sudlar tomonidan nazorat qilinishining muhim shakli va yo‘l qo‘yilgan sud xatolarini tezda tuzatishning samarali usulidir.
Advokat o‘z ishonch bildiruvchisining manfaatlarini aks ettirish bilan birga, fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish va hal etishda birinchi instansiya sudlari tomonidan yo‘l qo‘yiladigan qonun buzilishini aniqlash vazifasiga ham ega. Bu maqsadda u sudning noqonuniy va asosli bo‘lmagan qarori ustidan shikoyat kiritishi mumkin.
Advokat apellatsiya shikoyatini apellatsiya instansiyasi sudi nomiga yozadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni chiqargan sudga beradi.
Apellatsiya shikoyati sudga ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab ko‘chirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan apellatsiya shikoyati mustasno.
Zarur hollarda, sudya apellatsiya shikoyati bergan shaxsning zimmasiga apellatsiya shikoyatiga yoxud protestiga ilova qilingan yozma materiallarning ko‘chirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 386-moddasiga muvofiq apellatsiya shikoyatida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) shikoyat yo‘llanayotgan sudning nomi;
2) shikoyat berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili);
3) shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarori, qaror va ushbu sud hujjatlarini chiqargan sud;
4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi;
5) shikoyat berayotgan shaxsning iltimosi;
6) shikoyatga ilova qilingan yozma materiallarning ro‘yxati.
Apellatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi.
Apellatsiya shikoyatida shikoyatni bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Advokat apellatsiya shikoyatiga quyidagilarni ilova qiladi:
– davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
– apellatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda – uni imzolashga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
Advokat sudda shikoyat yuzasidan sudga tushuntirishlar (e’tirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib taqdim etishga haqli.
Tushuntirishlar (e’tirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab mutanosib miqdordagi ko‘chirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (e’tirozlar) mustasno. Sud tushuntirishlarning (e’tirozlarning) ko‘chirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi).
Apellatsiya shikoyati bergan vakil, advokat apellatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki undan voz kechishga haqli. Bunday voz kechish qonunga zid bo‘lmasa yoki birovning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga xilof bo‘lmasa, sud uni qabul qilishi mumkin. Ishonchnomada mazkur protsessual huquqlardan foydalanish ko`rsatilishi lozim.
Apellyatsiya instansiyasi sudining majlisida raislik qiluvchi advokatning vakolatlarini tekshiradi, uning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.
Agar advokat sudga uzrli sabablarsiz kelmagan bo‘lsa bu to‘g‘risida sud xususiy ajrim chiqarib, bu haqida O‘zbekiston Respublikasi advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xabar beradi.
Apellatsiya instansiyasida dastlab apellatsiya shikoyati bergan shaxs va uning vakili yoki, agar ish protest bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, prokuror so‘zga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat qilingan bo‘lsa, birinchi bo‘lib da’vogar so‘zga chiqadi. Apellatsiya instansiyasida advokat ishonch bildiruvchining huquqlarini himoya qiladi.
|
| |