• Nazorat savollari
  • 15 laboratoriya ishi operatsion kuchaytirgich tadqiqoti. Ishning maqsadi




    Download 69.44 Kb.
    Sana14.01.2024
    Hajmi69.44 Kb.
    #137202
    Bog'liq
    15- Лаборатория
    1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, 12 labaratoriya ishi, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666

    15 - LABORATORIYA ISHI
    Operatsion kuchaytirgich tadqiqoti.
    Ishning maqsadi: operasion kuchaytirgich parametrlarini o‘lchash usullarini o‘rganish.
    1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish:
    Integral ko‘rinishda bajarilgan operasion kuchaytirgich (OK) – bu universal analog mikrosxemadir. U ikki kirishli differensial kuchaytirgichda bajarilgan keng polosali o‘zgarmas tok kuchaytirgichi bo‘lib, chiqishida shakllanayotgan signal kirishdagi signallarning farqiga teng bo‘ladi.
    Uning chiqishida teskari aloqa zanjirini qo‘llab kirishdagi signallar ustidan turli matematik amallar bajarish imkoniyati borligi tufayli ham - operasion kuchaytirgich nomini olgan. Chiqish zanjirini tanlashga qarab OK qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, o‘rta qiymatni aniqlash, integrallash, differensiallash, logarifmlash va boshqa amallarni bajarish uchun qo‘llanilishi mumkin. Amallarni bajarish aniqligi OKning kuchaytirish koeffisienti va kirish qarshiligi qancha katta, chiqish qarshiligi esa qancha kichik bo‘lsa, shuncha yuqori bo‘ladi.
    OK ni xarakterlovchi parametrlar soni bir necha o‘n qiymatga yetadi.
    Ularga quyidagilar kiradi:
    - teskari aloqasiz OK kuchaytirish koeffisient - KU. KU ning teskari aloqasiz qiymati bir necha o‘n – yuz mingni tashkil etadi;
    - sinfaz kirish signallarning so‘nish koeffisienti – KTA.SF. OKning ikkala kirishiga berilayotgan signallarni so‘ndirish qobiliyatini baholaydi. Odatda, KTA .SF desibellarda ifodalanadi:

    - siljituvchi kirish kuchlanishi - USIL . Bu kattalik, OK chiqishida kuchlanish nol'ga teng bo‘lishi uchun, kirishga berish kerak bo‘lgan kuchlanish qiymatini belgilaydi. Bu kattalik OK ning ideal emasligini xarakterlaydi va kirish kaskadidagi tranzistorlarni bir xil emasligiga asoslangan. Odatda USIL qiymati millivol't- o‘n millivol'tlarda bo‘ladi;
    - kirish toklari - IKIR. Chiqishdagi kuchlanish nol'ga teng bo‘lganda kirishlarda oqib o‘tadigan tokni bildiradi. Bu toklar kirishdagi bipolyar tranzistorlarning baza toklari yoki OK kirish kaskadida maydoniy tranzistorlar qo‘llanilgan bo‘lsa zatvordagi sizish toki bilan tushuntiriladi. Odatda IKIR qiymati nanoamper – o‘n mikroamper (10-10.....
    10-15A) larda belgilaydi;
    - kirish toklarining farqi IKIR – 10...20% ga yetishi mumkin. Bu kattalik OK kirish kaskadining simmetrik emasligini ifodalaydi;
    - chiqish kuchlanishining ortib borish tezligi Vu.ChIQ - bu kattalik UChIQ qiymatini o‘zining nominal qiymatidan 10% dan 90% gacha o‘zgarishining, shu o‘zgarishlarga ketgan vaqtga nisbatiga teng;
    - birlik kuchaytirish chastotasi - f1. Bu kattalik OKda kuchlanishni kuchaytirish koeffisienti birga teng bo‘ladigan kirish signali chastotasini bildiradi. Bu kattalik OK kuchaytirishi mumkin bo‘lgan signallarning chastota diapazonini belgilaydi.
    14.1. a, b – rasmlarda OKning sxemalarda beriladigan shartli belgisi va chiqishlarning vazifalari tasvirlangan.
    1 – OKning inverslamaydigan kirishi;
    2 - OKning inverslaydigan kirishi;
    3,4 – amplituda bilan ulanish uchun xizmat qiladigan chiqishlar;
    5,6 – balanslovchi tashqi elementlar bilan ulanish uchun xizmat qiladigan chiqishlar;
    7 – OK chiqishi;
    8 – kuchlanish manbaining musbat ishorali elektrodiga ulanish chiqishi;
    9 – kuchlanish manbaining manfiy ishorali elektrodiga ulanish chiqishi;
    10 – sxemanining nol' shinasiga (nol' potensial) ulanish chiqishi.

    15.1-rasm. OKning sxemalarda beriladigan shartli belgisi (a) va chiqishlarning vazifalari (b).
    Laboratoriya ishida tadqiq etilayotgan OKning chiqishlarining joylashishi, parametrlari va tahrirlovchi sxemalar ilovada keltirilgan. Shuni yodda tutish kerakki, OK asosidagi prinsipial sxemalarda mavjud manba zanjirlari va standart tahrirlash sxemalari keltirilmasligi mumkin.
    2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
    Ilovadan tadqiq etilayotgan OK shartli belgisini chizib oling (chiqish raqamlari va tahrirlash elementi bilan), chegaraviy qiymatlarini yozib oling.

    2.1. OK kuchaytirish koeffisientining chegaraviy qiymatini aniqlang. Qancha katta qiymatga ega bo‘lsa, uni bevosita o‘lchash qiyin. Shu sababli KU qiymati hisoblash natijasida olinadi.


    2.1.1. 15.2 – rasmda keltirilgan sxemani yig‘ing (OK sokoli ilovada keltirilgan). (Shuni eslatib o‘tmoqchimizki, chatotani tahrirlovchi sxema yig‘ilgan bo‘lsa ham uning sxemasi ko‘rsatilmagan. Keyinchalik E3 manba elementi ham tushirib qoldiriladi).
    2.1.2. Generator chiqishida (1) amplitudasi Ug=l V va chastotasi fr=l0..20 Gs bo‘lgan sinusoidal signal o‘rnating. Bu vaqtda ossillograf ekranida (2) shakli buzilmalgan signal kuzatillishi kerak (agar buzilishlar mavjud bo‘lsa, Ur ni kamaytirish kerak).

    15.2–rasm. O‘lchash sxemasi.
    2.1.Z. Vol'tmetr (3) yordamida o‘zgaruvchan U1 kuchlanish (“A” nuqta bilan umumiy sim orasida) va UChIQ ni o‘lchang, so‘ngra KU quyidagi formula yordamida aniqlang:

    2.2. OK siljituvchi kuchlanishi (USIL) va kirish toki (IKIR )ni hisoblab toping.
    Bu kattaliklar kichik qiymatga ega bo‘lganligi uchun ularni bevosita o‘lchash mushkul. Shu sababli ular hisoblash yordamida aniqlanadi.
    2.2.1. 15.3 – rasmga mos ravishda sxemani yig‘ing (sxemada manba va tahrirlash zanjirlari ko‘rsatilmagan).

    2.2.2. OK inverslamaydigan kirishini (sxemada “+” ishora bilan ko‘rsatilgan) umumiy sim bilan ulovchi P1 qayta ulagichni o‘rnating (R1 rezistor o‘rniga). Vol'tmetr ko‘rsatayotgan UChIK1 o‘zgarmas kuchlanish qiymatini yozib oling.


    2.2.3. P1 qayta ulagichni olib tashlang va uni OKning inverslamaydigan kirishi bilan R1 rezistor umumiy simi o‘rtasiga o‘rnating. Bu vaqtda vol'tmetr ko‘rsatmasi o‘zgaradi. Bu qiymatni UChIK2 deb belgilab, yozib oling.
    2.2.4. UChIK1 va UChIQ2 qiymatlarning ishorasiga e'tibor bergan holda siljitish kuchlanishi

    va OK kirish toki IKIR


    15.3-rasm. O‘lchash sxemasi.
    2.3. OK chiqish kuchlanishining ortib borish tezligi Vu.ChIQ ni o‘lchash.
    2.3.1. 7.4 – rasmga mos ravishda sxemani yig‘ing (sxemada manba ko‘rsatilmagan).
    Generator chiqishidagi signal (Ug) shunday o‘rnatilishi kerakki, OK kaskadi chiqishidagi kuchlanish UChIQ maksimal chegaraviy qiymatga yaqin bo‘lsin, ya'ni chiqishdagi sinusoidal signal chegaraviy qiymatga yaqin bo‘lsinu, lekin chegaralanmasin. Bu vaqtda generator chastotasini ancha kichik qilib tanlang (0,1...1kGs).

    15.4-rasm. O‘lchash sxemasi.
    2.3.2. Generator chastotasini orttirib borib, chiqish signali ossilogrammasini kuzatib boring. Kengayish kamaygan sari uchburchak shaklga yaqinlashib boradi (15.5 - rasm).
    2.3.3. Generator chastotasini bir necha o‘n kGs tartibda o‘rnatib, hamda kanaldagi kuchlanish “Y” va yoyish tezligi (mks/bo‘l)ni kalibrlab, olingan ossilogramma tikligini o‘lchang (15.5 - rasm).

    15.5–rasm. Chiqish signali ossilogrammasi.


    Hisobot mazmuni:
    - tadqiq etilayotgan OK pasport ko‘rsatmalari va tahrirlash sxemalari;
    - OK parametrlarini o‘lchash sxemalari va olingan natijalar.
    Nazorat savollari
    1. “Ideal” OK parametrlariga qanday talablar qo‘yiladi ?
    2. Nima sababli OKlar chastota xarakteristikasini tahlilisiz ishlay olmaydilar ?
    3. OK siljish kuchlanishi parametri ma'nosini tushuntirib bering.
    4. OK kirish tokining o‘rtacha qiymati va kirish toklarining farqi parametrlarining fizik ma'nosini tushuntiring. Ular qanday kirish signallarida o‘lchanadilar ?
    5. Chiqish kuchlanishi o‘sish tezligi parametrning fizik ma'nosini tushuntiring. OK amplituda - chastotaviy xarakteristikasini bilgan holda, bu kattalikni aniqlash mumkinmi ? Agar mumkin bo‘lmasa, nima sababli ?
    Download 69.44 Kb.




    Download 69.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15 laboratoriya ishi operatsion kuchaytirgich tadqiqoti. Ishning maqsadi

    Download 69.44 Kb.