15-ma`ruza. Sigirlarni sog’ishni mexanizaciyalash Reja




Download 249 Kb.
bet3/4
Sana23.11.2023
Hajmi249 Kb.
#103981
1   2   3   4
Bog'liq
15-ma`ruza. Sigirlarni sog’ishni mexanizaciyalash Reja

3. Sog’ish qurilmalari
Sog’ish qurilmalarining har xil variantlari, ko’rinishlari, turlari ishlab chiqariladi va qo’llaniladi (6.4-rasm). Qish va yoz fasllarida qo’llaniladigan sog’ish qurilmasining turi saqlash usuli va mashinada sog’ishni tashkil etishning qabul qilingan sistemasiga bog’liq belgilanadi.
Mashinada sog’ish jarayonini quyidagi to’rtta usulda tashkil etish samarali hisoblanadi:


  1. Yil bo’yi fermadagi molxonada sog’ish. Sigirlar bog’lab saqlanadi. AD-100A yoki DAS-2B ko’chma apparatli va chelakka sut yig’ishga moslashgan sog’ish qurilmalari; sut quvuri orqali umumiy sig’imga yig’ishga mo’ljallangan ADM-8 rusumli sog’ish qurilmasi; konveyer tipidagi maxsus sog’ish qurilmalari qo’llaniladi.


  2. Yil davomida kompleksdagi, ferma sog’ish maydonchasidagi yoki sog’ish zallaridagi maxsus dastgohlarda sog’ish. Sigirlar bog’lanmasdan saqlanadi. “Tandem”, “Archa” yoki “Karuselь” tipidagi konveyer qurilmalari qo’llaniladi.


  3. Qish faslida fermada, yozda ko’chmas lagerda sog’ish. Sigirlarni saqlash sistemasi: molxona  dala. Qo’llaniladigan sog’ish qurilmalari: fermada- AD-100A, DAS-2B, ADM-8; dalada- UDS-3A.


  4. Qish faslida fermada, yozda yaylovda sog’ish. Saqlash sistemasi: molxonadala. Sog’ish qurilmalari: yaylovda - UDS-3A, fermada – AD-100A, DAS-2B, ADM-8.



Sigirlarni molxonalarda sog’ish uchun AD-100A, DAS-2B, ADM-8 qurilmalari ishlatiladi.
Vakuum qurilmalar vakuumli sistemada havoning siyraklanishini hosil etishga xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda asosan UVU-60/45 rusumdagi vakuum nasosi qo’llaniladi.
Vakuum ballon vakuum tebranishlarini pasaytirish uchun xizmat qilib, sog’ishda hosil bo’ladigan kondensatni yig’adi va uning vakuum nasosga o’tishiga yo’l qo’ymaydi. Bundan tashqari, vakuum quvurlarni yuvishda to’kish sig’imi sifatida foydalaniladi.
Vakuum rostlagichlar sog’ish qurilmalarining texnologik tizimida nominal vakuum rejimini bir me`yorda ushlab turishga xizmat qiladi. Ularda havoni o’tkazish qobiliyati 60 m3/soat, vakuumni rostlash oralig’i esa 43-59 kPa bo’ladi.
Vakuum quvur vakuumlashtirilgan havoni sog’ish apparatlari va qo’shimcha uskunalar (yuvish sistemasi, me`yorlagich va h.k)ga uzatish uchun xizmat qiladi. Vakuummetr havoning siyraklashish miqdorini o’lchashga xizmat qiladi.
Yuvish qurilmasi sog’ish apparatini sog’ish oldidan va sog’ish tugagandan keyin yuvish hamda dezinfekciyalash uchun xizmat qiladi.
ADM-8 sog’ish qurilmasi ikki variantda ishlab chiqariladi: ADM-8 va ADM-8-04 mos holda 100 va 200 sigirga mo’ljallangan. Qurilma molxonada sutni sog’ib, sut blokiga sut quvuri orqali uzatadi, sog’ilgan guruhni hisobga olib turadi (50 sigirdan), sutni filьtrlaydi, sovitadi va saqlaydi.

ADM-8-04 sog’ish qurilmasi 12 ta ADU-1, vakuum quvur, sut quvuri, 2 ta asosiy vakuum rostlagich, o’n ikkita sut quvurini ko’tarish qurilmasi, yuvish qurilmasidan iborat bo’lgan avtomat yuvgich va ikkita UVU-60/45 vakuum-nasoslaridan tashkil topgan.


Qurilmaning sut yo’nalishi tarkibiga to’rtta guruhli sog’ilgan sutni me`yorlagich SMG-1, oltita sutni zootexnik hisobga olish qurilmasi UZM-1, sut nasosi, filьtr va plastinkali sut sovitgichlari kiradi. Sutga dastlabki ishlov berish uchun qurilma qo’shimcha TO-2 tank-sovutgichi, sovutish qurilmasi, UAP-400 suv qizitgich bilan jihozlanadi.



Download 249 Kb.
1   2   3   4




Download 249 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



15-ma`ruza. Sigirlarni sog’ishni mexanizaciyalash Reja

Download 249 Kb.