• ADABİYoTLAR
  • -rasm. Sog’ish qurilmalarining sxemalari




    Download 249 Kb.
    bet4/4
    Sana23.11.2023
    Hajmi249 Kb.
    #103981
    1   2   3   4
    Bog'liq
    15-ma`ruza. Sigirlarni sog’ishni mexanizaciyalash Reja

    6.4-rasm. Sog’ish qurilmalarining sxemalari:

    a)-chelakka sut yig’ishga moslashgan va ko’chma apparatli qurilmada sigirlarni joylarda sog’ish; b)-shu sut quvuriga; v)-”Tandem” sigirlar yon tomonidan kiradi; g)-guruhli “Tandem”; d)-guruhli “Archa”; e)-konveyerli-halqasimon “Tandem”; j)-konveyerli “Archa”; z)-”Rotoradial”; i)-”Poligon”; k)-”Traygon”; 1-vakuum-nasos; 2-sut nasosi bilan sut yig’ish.


    Bog’lanmasdan yoki bokslarda saqlangan sigirlarni sog’ish zallarida sog’ishda “Tandem” rusumidagi UDT-8, UDA-8, “Archa” rusumidagi UDE-8A, UDA-16, “Karuselь” rusumidagi UDA-100, M-691-40 sog’ish qurilmalari qoramollar qo’llaniladi. Qoramollar bog’lab saqlanganda bunday sog’ish qurilmalaridan foydalanish samaradorligi guruhlab bog’lash jihozlari, masalan, OSK-25 qo’llanilganda oshadi. Bu jihozlar molxonalarga tirkalgan maxsus binolarda qo’llaniladi.


    «Tandem» rusumidagi UDT-8 sog’ish qurilmasi sog’ish zallaridagi alohida dastgohlarda, mahsuldorligi va sut berish intensivligi har xil bo’lgan sigirlarni sog’ishga mo’ljallangan. Qurilma sut quvuri, yuvish sistemasi, hisobga olish va dastlabki ishlov berish sistemasidan tashkil topgan. Sigirlarni sog’ish paytida ularning mahsuldorligini hisobga olgan holda me`yorlagich bilan jihozlangan ozuqa tarqatgich yordamida ohurga omixta em beriladi.
    UDA-8 sog’ish qurilmasi UDT-8 dan farqli ularoq pnevmatik manipulyatorli yoki elektronli boshqarish sistemali sog’ish avtomatlari bilan jihozlangan. U ishchi o’raning har bir tomoniga to’rttadan joylashgan ikki sekciyali alohida dastgohlardan tuzilgan. Har bir dastgoh alohida kirish va chiqishi, hamda me`yorlagichi bo’lgan ohurga ega. O’raning uzunligi bo’ylab sut quvuri, elinga sanitar ishlov berish tizimi va sog’ish avtomatlari bo’lgan texnologik yo’nalish joylashgan.
    «Archa» rusumidagi UDE-8A, UDA-16 sog’ish qurilmalari mahsuldorligi va sut berish intensivligi bo’yicha guruhlangan, hamda bog’lab yoki bog’lamasdan saqlangan sigirlarni maxsus zallarda sog’ishga xizmat qiladi.
    Bu qurilmalardan foydalanilganda sog’in sigirlar qurilmaning bo’ylama o’qiga 30-350 burchak ostida o’rnatilgan ikki guruh dastgohlarda sakkiztadan joylashadi. Ular ozuqa tarqatish tizimi, ikkita vakuum qurilmasi, texnologik yo’nalish texnologik uskunalarini yuvish tizimi va eshiklarning pnevmouzatmasidan iborat. Ularda UDE-8A va DA-2M “Mayga” yoki ADU-1 sog’ish apparatlari qo’llaniladi va ikki sog’uvchi-operator ishlaydi. UDA-16 sog’ish qurilmasi ham UDA-8 “Tandem” qurilmasidek sog’ish avtomatlari bilan jihozlangan bo’lib, undagi sog’ish bloki sog’ish va sog’ish apparatlarini elindan olish jarayonlarini avtomatik boshqarishni amalga oshiradi. Sog’uvchi-operator tayyorgarlik jarayonlarini bajaradi: elinni yuvadi, ko’rsatkichli kosaga sutni sog’ib ko’radi va mashinada sog’ishni ishga tushiradi.
    UDA-100 “Karuselь” rusumidagi avtomatlashtirilgan sog’ish qurilmasi yirik sutchilik komplekslarida mahsuldorligi va sut berish intensivligi bo’yicha tanlangan sigirlarni sog’ishda ishlatiladi. Qurilma sog’in sigirlar bog’lanmasdan saqlanib operatorlar mehnati to’g’ri tashkil etilganda va taqsimlanganda yaxshi samara beradi. Har bir operator faqat bitta jarayonni bajaradi, masalan, elinni yuvish, sog’ish stakanlarini taqish, mashinada sog’ish va h.k. Sigir operator tomonidan sog’ish dastgohiga kiritiladi va ma`lum muddatdan keyin chiqariladi. Sog’ish vaqti platformaning aylanish tezligiga bog’liq bo’lganligidan jarayonlar aniq ritmda bajariladi.

    ADABİYoTLAR:
    1. Aleshkin V.R., Roщin P.M. Mexanizaciya jivotnovodstva.-M.: Agropromizdat, 1985.


    1. Belyanchikov N.N. i dr. Mexanizaciya texnologicheskix processov.-M.: VO “Agropromizdat”, 1989.


    3.Melьnikov S.V. Texnologicheskoe oborudovanie jivotnovodcheskix ferm



    i kompleksov.-L.: Agropromizdat. 1985.
    http://fayllar.org
    Download 249 Kb.
    1   2   3   4




    Download 249 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Sog’ish qurilmalarining sxemalari

    Download 249 Kb.