La-Mansh ostidagi tonnel – Yevrotonnel – La-Mansh ostida




Download 9.35 Mb.
bet5/10
Sana22.12.2022
Hajmi9.35 Mb.
#36593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
15 mavzu
1-laboratoriya ishi, Mazvu Uzluksiz signallarni raqamli uzatish. Reja, Kompyuter xotirasini tashkil yetish usullari MI, GANDBOL TARIXI VA O, IQTISODIYOT NAZARIYASI, 1 ma\'ruza ”Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha , 1- mavzu, Хожаеова, 2-ma\'ruza 3-kurs Mo\'M, LBxVFbQW42aNGaM3j1o99zIxoBBuRvNF9XA6nON7, Mámleketlik sa-WPS Office, bunyodbek Rele himoyasi, 11-sinf-sinf-soat-yillik-ish-reja, [Theory of IC Engines] week 11 - Thermal balance (1)
La-Mansh ostidagi tonnel – Yevrotonnel – La-Mansh ostida Folkstoun (Kent grafligi, Buyukbritaniya) va Kale (Fransiya) orasida yotqizilgan. Umumiy uzunligi bo‘yicha Seykan tonnelidan qisqa bo‘lishiga qaramasdan, uning suv osti uchastkasi (39km ga yaqin) Seykan temir yo‘l tonneli suv osti uchastkasidan 14,7km ga uzunroq. La-Mansh ostidagi tonnel rasman 1994 yilda ochildi.




La-Mansh ostidagi tonnel
Yevrotonnel uchta tonneldan tashkil topgan – ikkitasi asosiysi shimol va janubga boradigan poezdlar uchun, bittasi esa uncha katta bo‘lmagan servis tonneli. Servis tonneli har 375 metrda uni asosiylari bilan bog‘lovchi o‘tish yo‘lariga ega. U xavf-xatar tug‘ilgan holda xizmat ko‘rsatuvchi xodim va odamlarni avariya evakuatsiyasi uchun asosiy tonnelga kirish yo‘li sifatida ishlab chiqilgan.
Har 250 metrda ikiita asosiy tonnellarni servis tonnelining yuqorisida joylashgan, alohida ventilyatsiya tizimi o‘zaro bog‘laydi. Bu havo shlyuza (darvoza) larining tizimi havo oqimini qo‘shni tonnelga tarqatib, harakatlanadigan poezdlardan sodir bo‘lgan chang ta’sirini yo‘qotishga xizmat qiladi.
Uchta tonnelning barchasi tonnellar orasida poezdlarning to‘siqsiz harakatlanishiga imkon beradigan ikkita chorrahaga ega. Yevrotonnelning havfsizlik tizimi ikki bor sinalgan.
Poezd erishadigan maksimal tezlik 350 km/s ga teng, shuning uchun relslar poezdning o‘tish paytida 100 gradusgacha qiziydi. Ularni sovitish uchun maxsus tizim qurilgan: liniyaning ikkala oxirida sovituvchi suyuqlik sirkulyatsiyasi uchun ikkita refrijeratorli bekat qurilgan.
Yevrotonnel uchun TGV LGV Nord Europe liniyasi qurilgan, uning sharofati bilan Parijdan londongacha 2 soatu 35 minutda yetib olish mumkin. Eurostar tonnelining o‘zini 20 minutda, Shuttle ni esa 35 minutda kesib o‘tish mumkin.

Eng uzun metro tonneli Guanchjou shahrida joylashgan. Metropoliten uchinchi liniyasining uzunligi 67,3km ni tashkil etadi. Yana sug‘orish tonneli ham mavjud. Ularning ichida eng uzuni Shanliurf deb nomlanadigan Tursiya tonneli hisoblanadi. Uning vazifasi Yevfrat daryosi yaqinidagi cho‘l yerlarni unumli xo‘jalikka aylantirish uchun suvni taqsimlashdan iborat. U har biri 26,4km li ikkita asosiy tonnellardan tashkil topgan. Meliorativ tizimlar orasida – bu absolyut rekord.



Download 9.35 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 9.35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



La-Mansh ostidagi tonnel – Yevrotonnel – La-Mansh ostida

Download 9.35 Mb.