• Linkoln tonneli
  • Chezapik bug‘ozidagi ko‘prik-tonnel
  • Drogden tonneli
  • Seykan” dengiz tubida joylashgan eng uzun tonnel.
  • 15 mavzu. Tonnellar arxitekturasi Reja: Tonnelarning konstruksiyasi va ularning zamonaviy turlari




    Download 9.35 Mb.
    bet4/10
    Sana22.12.2022
    Hajmi9.35 Mb.
    #36593
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    15 mavzu
    1-laboratoriya ishi, Mazvu Uzluksiz signallarni raqamli uzatish. Reja, Kompyuter xotirasini tashkil yetish usullari MI, GANDBOL TARIXI VA O, IQTISODIYOT NAZARIYASI, 1 ma\'ruza ”Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha , 1- mavzu, Хожаеова, 2-ma\'ruza 3-kurs Mo\'M, LBxVFbQW42aNGaM3j1o99zIxoBBuRvNF9XA6nON7, Mámleketlik sa-WPS Office, bunyodbek Rele himoyasi, 11-sinf-sinf-soat-yillik-ish-reja, [Theory of IC Engines] week 11 - Thermal balance (1)
    Dunyodagi eng uzun tonnellar. Dunyoda temir yo‘l tonnelari ichida eng uzuni va juda ham uzuni qaysi ekanligini bilish foydadan holi emas. Ma’lumki, temir yo‘l tonnellari ichida eng uzuni, Shveysariyada qurilgan noyob Gotard tonneli hisoblanadi. Uni qurish deyarli o‘n to‘rt yil davom etdi.
    Linkoln tonneli – Guzdon daryosini kesib o‘tib, Vixoukon, Nyu Jersi va Nyu-Yorkdagi Manxettenlarni birlashtiradi, uzunligi 2,4 km, 1937 yilda ishga tushirilgan. Boshida loyihada ikkita quvur qurish ko‘zda tutilgan edi, ammo keyinchalik uchinchisi qo‘shildi. Quvurda jami 6 ta avtobil yo‘li joylashgan. Dunyoda eng ko‘p yuklangan tonnel bo‘lib, bir kunda tonneldan 120000 avtomobil o‘tadi.

    Chezapik bug‘ozidagi ko‘prik-tonnel 1964 yilda qurilgan, 50 yildan ortiq mazkur tonnel muhandislik mo‘jiza va muhim transport kechuvi sifatida butun dunyoni o‘ziga jalb qilib kelayapti [45]. Chexapik bo‘g‘ozidagi ko‘prik-tonnel Chezapik bo‘g‘ozini kesib o‘tadigan va Virjiniya sharqiy qirg‘og‘ini Xempton Rouds tumanini (Virjiniya) bilan bog‘laydi. Uzunligi 37km li ko‘prik-tonnel mazkur tumanda 1930 yillardan beri ishlayotgan parom (solsimon yassi kema) ning o‘rniga almashtirildi. Tizim dunyodagi 8 ta ko‘prik-tonnel tizimidan biri hisoblanadi, ulardan 3 tasi Virjiniyada joylashgan.

    Tonnel ochilganidan buyon uni 100 mln dan ortiq transport vositasi kesib o‘tdi. Tonnel Norfolkdan Delaver shimoligacha yo‘lni 152km va bir yarim soat vaqtni qisqartirish imkonini beradi, hamda yo‘lda tirbandlikda turishdan holis qiladi. Tonnelning suv ostida chuqurligi 82m (25 fut) dan 328m (100 fut) gacha.
    Drogden tonneli – uzunligi 4,05 km, Eresunn bo‘g‘ozini kesib o‘tadi va Daniya poytaxti Kopengagen va shvedlar shahri Mamloni bog‘laydi. 2000 yilda ishga tushirilgan. Drogden tonneli Peberxolm va Kastrup sun’iy oroli orasidagi bog‘lanish hisoblanadi. Uzunligi 4,05km li tonnel 3,51km li suv osti qism va 270m uzunlikdagi ikkita kirish qismlardan tashkil topgan. Har bir quvur oldindan tayyorlangan, har biri 55000 tonnali dunyodagi eng og‘ir, dengiz tubida birlashtirilgan 20 ta bo‘g‘im (segment) lardan tashkil topgan. Tonneldagi ikkita quvur temir yo‘l, yana ikkitasi avtomobil yo‘lini o‘z ichiga oladi, beshinchi quvur kutilmagan holatlar uchun qoldirilgan. Quvurlar yonma-yon joylashgan.

    Seykan” dengiz tubida joylashgan eng uzun tonnel. Seykan – xozirgi vaqtda yaponiya orollari Xokkaydo va Xonsyularni bilashtiradigan eng uzun suv osti tonneli. Seykanning yakuniy uzunligi 53,9km ni tashkil etadi, shu jumladan suv osti qismi – 23,3km. U yapon oroli Xonsyu va Xokkaydolardagi Aomori prefekturasini birlashtirib, Sangar bo‘g‘ozi ostidan o‘tadi.
    Rasman tonnelning qurilishi 1960 yildan keyin boshlandi. Boshlanishida tonnelni yotqizish 10 yilga mo‘ljallashtirilgan edi, ularning yo‘lida anchagina qiyinchiliklar bo‘ldi – aniq texnik (bo‘sh grunt, suvning kuchli bosimi, suv ostidagi qatlamning xaddan tashqari suv o‘tkazuvchanligi) dan moliyaviygacha. Ish jarayonida bir necha bor tez rivojlanayotgan ilmiy-texnik taraqqiyotni e’tiborga olib, texnika va texnologiyani o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi. Natijada 1988 y. u ekspluatatsiyaga topshirildi.



    Download 9.35 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 9.35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15 mavzu. Tonnellar arxitekturasi Reja: Tonnelarning konstruksiyasi va ularning zamonaviy turlari

    Download 9.35 Mb.