O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:
- san’atning ijtimoiy mohiyati va inson shaxsiy kamolotidagi ahamiyatini anglash;
- tasviriy san’atdagi oqim va yo’nalishlarni, uning yirik vakillari asarlarini bilish;
- hozirgi zamon san’atida sodir bo’layotgan badiiy jarayonlar haqida tassavurga ega bo’lish;
- dizayn san’ati va uning turmushdagi ahamiyatini bilish;
- o’zbek amaliy bezak san’ati tarixi, uning taniqli ustalari, ularning asarlar xususiyatlarini bilish. Amaliy bezak san’ati buyumlarining dizayn yechimini, ularning funksional mohiyatiga mosligini tushunish;
- amaliy bezak san’atining mazmun va shakl mutanosibligi xususiyatlarini bilish;
- badiiy bezak motivlari, ramzlari, tasviriy-ifodaviy vositalarini to’g’ri talqin eta bilish;
- me’morlik tarixiga oid bilimlarga ega bo’lish hamda uni sintetik san’at turi sifatida idrok etish;
- badiiy loyihalash, maket yasashning texnologik xususiyatlarini bilish;
- kitob san’atining tarixi, uning o’ziga xos xususiyatlari, tasviriy usul va vositalari, kitob bezovchi rassomlar haqida ma’lumotga ega bo’lish;
- kitobat san’atini yaxlit kompozitsiya, sintetik san’at asari sifatida idrok etish;
- tasviriy san’atning geraldika sohasi va uning ma’nosini bilish;
-o’rganilgan san’at turlariga oid atama va tushunchalarlarni talqin etish.
|