b) Dekorativ kompozitsiya




Download 1,7 Mb.
bet220/434
Sana15.03.2017
Hajmi1,7 Mb.
#158
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   434
b) Dekorativ kompozitsiya turli shakldagi naqshlarning namunasidan ko’chirish, mustaqil ijodiy naqsh ishlash hamda dekorativ-bezak ishlarini qamrab oladi.

1-4 sinflarda dekorativ tarzda qayta ishlangan tabiiy va geometrik shakllarga asoslangan yo’lsimon, kvadrat, doira, to’rtburchak shaklllardagi naqshlar chizdiriladi.

Rangshunoslik bo’yicha o’quvchilar 2 sinfda "Asosiy va hosila ranglar" bilan tanishadilar. Bo’yoqlarni o’zaro aralashtirish orqali yangi rang tuslarini hosil qilish bilan amaliy ravishda shug’ullanadilar. Asosiy (qizil, sariq va ko’k) ranglar va ularning o’zaro aralashuvidan hosil bo’lgan hosila (yashil, binafsha va zarg’aldoq) ranglardan o’z ish faoliyatlarida to’g’ri foydalana olishni o’rganadilar. O’quvchilar 2 sinfda "Iliq va sovuq ranglar","Rang tuslari va ularning nomlari" kabi mavzularda nazariy bilimlarni ham egallab boradilar. O’quvchilar "Ranglar halqasi" bilan yaqindan tanishadilar va tevarak-atrofdan ana shunday rang tuslarini topishni o’rganadilar.

O’quvchilarda atrof-muhitdagi, borliqdagi rang tuslarning boyligi va xilma-xilligi haqida tushuncha hosil qilish uchun "Tabiatda rang" mavzusi kiritilgan. O’quvchilar sayohat paytida darsda o’rgangan ranglarni va ularning tuslarini tabiat qo’ynidan topishga harakat qiladilar.




Download 1,7 Mb.
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   434




Download 1,7 Mb.