Оптималлаштирилган ўқув дастури




Download 1,7 Mb.
bet219/434
Sana15.03.2017
Hajmi1,7 Mb.
#158
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   434
Kompozitsion faoliyat

Kompozitsion faoliyat bo’limi quyidagi qismlardan tashkil topadi:

a) rangtasvir kompozitsiyasi;

b) dekorativ kompozitsiya;

v) haykaltaroshlik kompozitsiyasi.

a) Rangtasvir kompozitsiyasi mavzu asosida, xotira va tasavvurdan rasmlar ishlash tarzida tashkil etiladi. Bunda tanlangan mavzuga ko’ra, uning elementlari qog’oz yuzasida bir-biriga bog’liq holda joylashib, yaxlit kompozitsiyani hosil qiladi.

Kompozitsiyada asar yaratishning muayyan qoidasini simmetriya, nosimmetriya, muvozanat, detallarning o’lchovi, shakli, rangi kabilarga rioya qilinadi.

Rangtasvir kompozitsiyasi mashg’ulotlari asosan tevarak-atrofdagi hayotni aks ettiruvchi mavzularda rasm ishlashga asoslanadi. O’quvchilar mashg’ulotning bu turida rasmni naturadan emas, balki xayoldan va tasavvurdan ishlaydilar.

Rangtasvir kompozitsiyasi mashg’ulotlarining asosiy vazifalari o’quvchilarga narsalarning shakli, rangi, ularning tuzilishi haqidagi tushunchalar berish, eng qiziq mavzu tanlay olish, qog’ozda rasmini to’g’ri joylashtirishga o’rgatish kabilardan iboratdir.

Kompozitsiya qonuniyatlarini o’quvchilar ongiga yetkazishda tasviriy san’at asarlarining reproduksiyalaridan foydalanish va ularni tahlil qilishning ahamiyati katta.

Adabiy asarlarga illustrasiyalar ishlash esa o’quvchilarning eng qiziqarli mashg’ulotlaridan bo’lib, unda bolalar ertak, hikoya, masaldagi qahramonlarning obrazlarini o’z rasmlarida ifodalashga harakat qiladilar.

Zamonaviy mavzulardagi asarlarga yoki dostonlarga hamda ertaklarga kompozitsiya ishlash uchun avvalo, bolalar mavzuga oid odam, hayvon rasmlari va ba’zi bir narsalarning o’ziga qarab rasmini chizib oladilar.


Download 1,7 Mb.
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   434




Download 1,7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Оптималлаштирилган ўқув дастури

Download 1,7 Mb.