San’atni idrok etish
Mazkur bo’limning maqsadi o’quvchilar tomonidan san’at asarlarini ongli idrok etish va baholash, uning jamiyat va odamlar hayotidagi ahamiyatini tushunishga yordam berishdan iborat.
Badiiy obrazni idrok etish malakalarini rivojlantirish-san’at asarlarini o’rganishning asosidir. O’quvchilar asar haqida mulohaza yuritib, idrok etishni, uning mazmunini maxsus terminlarni qo’llagan holda so’zlab berishni bilishlari lozim.
San’atni idrok etishga 1-4 sinflarda maxsus soatlar ajratilmaydi. U rangtasvir kompozitsiyasi, naturaga qarab tasvirlash mashg’ulotlarida amalga oshiriladi. 3-sinfdan boshlab esa san’atni idrok etish bo’yicha maxsus darslar tashkil etiladi.
|