Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur:
- Tasviriy faoliyatni tashkil etishda tozalik va xavfsizlik qoidalariga amal qilish;
- tasviriy faoliyatning turlari, uning bosqichlarini bilish va o’z faoliyatiga uning talablarini tatbiq etish;
- tasviriy vosita va texnikalarni berilgan topshiriq xususiyatiga mosligini ta’minlay bilish;
- maishiy turmushdagi estetik holatlar (rang, shakl, mazmun go’zalligi va h.k.) ga moslashish, uni targ’ib qilish;
- shaxsiy hayotida milliy san’at (me’morlik, amaliy bezak san’ati, kitobat san’ati va h.k.) an’analariga amal qilish va uni ijobiy davom ettirishga intilish;
- bo’yoqlar (akvarel, guash) va anjomlar (mo’yqalam, qalam va h.k.)dan to’g’ri foydalanish;
- geraldika sohasida mustaqil ravishda ramziy belgi(tasvir) ishlay olish;
- amaliy san’at kompozitsiyasi, mazmuniga mos shakl va rang qo’llay olish;
- jamoa bo’lib ishlash ko’nikma va malakalariga ega bo’lish;
- shaxsiy ish tajribasini jamoaning tasviriy faoliyatiga tatbiq eta olish.
Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: - Turli texnikalar va tasvir usullaridan badiiy obraz yaratishda foydalana olish;
- turli usulda impressionizm, kubizm va boshqa usulda rasm ishlay olish;
- tabiiy shakllarni uslublashtirish va ulardan amaliy bezak kompozitsiyasida foydalana olish;
- me’moriy mavzularda rasm ishlay olish va unda tarixiy me’morlik va zamonaviy elementlarini aks ettira olish;
- kitob san’atining turli badiiy-grafik elementlarining funksiyasini bilish, adabiy asar mazmuniga mos tasviriy obraz yarata olish, kitobning badiiy elementlaridan yaxlit maket yarata olish;
- xona intereri, buyumlarning dizayni bo’yicha eskizlar ishlash;
- berilgan topshiriqqa muvofiq tarzda badiiy material (qog’oz, bo’yoq, kerakli anjomlar va h.k.) va tasvir vositasi, texnikasini tanlay bilish;
- bajarilayotgan ishning mazmuni va mohiyatiga ko’ra mustaqil tarzda tasviriy usul, material va vosita tanlay olish va undan amaliy foydalana bilish;
- tasviriy faoliyat jarayonida olingan bilim va malakalarni o’z hayotiga tatbiq etish.
|