v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi real haykaltaroshlik va dekorativ haykaltaroshliklarga bo’linadi.
Real haykaltaroshlikda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan tavsiya etilgan mavzularda haykallarni asliga o’xshatib ishlaydilar. Bunda o’quvchilar tasviriy san’at mashg’ulotlarining boshqa turlarida orttirgan bilim, ko’nikma va malakalarga tayanadilar.
Dekorativ haykaltaroshlik - haykaltaroshlikning turlaridan biri bo’lib, u o’quvchilarda turli dekorativ bezakli releflar va o’yinchoqlar ishlash orqali maxsus bilim hamda malakalar hosil qiladi.
Amaliy va tasviriy san’at darslari ko’rgazmali qurollar va zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlanishi kerak. O’qituvchi o’quvchilarning ish joyini mashg’ulotga tayyorlash va ish tugagach, uni yig’ishtirib qo’yishga, ish jarayonida sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilishga odatlantirib borishi lozim.
Dastur tuzilishiga ko’ra 5-7 sinflarda mujassamlashtirilgan olti yo’nalishdan iborat.
-
Suhbat.
-
Rangtasvir.
-
Grafika (qalamtasvir)
-
Haykaltaroshlik.
-
Me’morlik
-
Amaliy va dizayn san’ati.
Bu yo’nalishlarning o’quv-tarbiya vazifalari quyidagi faoliyat turlarida amalga oshiriladi:
- tasviriy san’at vositasida o’quvchilarning atrof - muhitdagi, san’atdagi go’zalliklarni ko’ra bilishga va ularga estetik munosabat bildirishga, san’atning ijtimoiy mohiyatini va ahamiyatini teran anglagan holda me’moriy yodgorliklarni, tasviriy, amaliy va dizayn san’ati asarlarini milliy iftixor, qadriyat sifatida e’tirof etish va muhofaza qilishga o’rgatish;
-o’quvchilarni tasviriy, amaliy va dizayn san’ati, me’morchilikning tasviriy vositalari, ifodaviy-obrazli vositalari bilan tanishtira borib, ulardagi tasviriy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, san’at bilan muntazam shug’ullanish ehtiyojini tarkib toptirish;
- o’quvchilarni san’at bilan muloqot jarayonida olgan taassurotlarini tasviriy va amaliy san’at, dizayn san’atining (rangtasvir, qalamtasvir, haykaltaroshlik, amaliy san’at, badiiy loyihalashtirish va b.) turlarida ularga xos tasviriy-ifodaviy vositalar, qonuniyatlar asosida o’zlarining ijodiy faoliyatlarida qo’llay bilishga o’rgatish;
- tasviriy san’atning nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonini o’quvchilarda estetik did, estetik ong, badiiy tasavvur va tafakkurni tarkib toptirish hamda rivojlantirishga yo’naltirish orqali ma’naviy barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish;
- ijodiy-tasviriy faoliyatga moilligi bor o’quvchilarning badiiy iste’dodlarini takomillashtirish, ularni badiiy kasb va hunarlarga yo’llash.
-
San’atshunoslik asoslari (faoliyati).
-
Tasviriy faoliyat (naturaga qarab tasvirlash).
-
Kompozitsion faoliyat (mavzuli va bezak kompozitsiyasi).
Rangtasvir yo’nalishi dasturdagi eng salmoqli qism bo’lib, unda o’quvchilar tasviriy faoliyatning oddiy ko’rinishlari (nuqtaga qarab tasvirlash)dan tortib, murakkab shakllari (eskizlar asosida tematik kartina, dastgoh rangtasviri namunasini yaratish)da o’zlarini sinab ko’radilar; manzara va portret janrlarida rang orqali kayfiyatni ifodalash, miniatyura usulida illyustrativ kompozitsiyalar ishlashni amalda bajaradilar; turli oqim yo’nalishida ishlangan asarlarning talqinini o’rganadilar va amaliy mashqlar bajaradilar; rangshunoslik va uning texnologik jarayonlariga oid nazariy va amaliy bilimlarini boyitadilar.
|