Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:
-tasvirlanayotgan buyumlar guruhi (natyurmort)ni plastik yaxlitlikda ifodalash;
- haykaltaroshlikda odam va hayvonlarni obrazli tasvirlash, unda ob’yektning o’ziga xos xususiyatlari, xarakteri, nisbatlarini to’g’ri talqin etish;
- miniatyura san’ati usulida rasm (illyustratsiya) ishlay olish;
- tasviriy faoliyatda Sharq miniatyura san’atining tasviriy usullarini tatbiq eta olish;
- kompozitsiya yaratishda eskiz variantlarini ishlash va ularni umumlashtira olish;
- o’z ijodiy faoliyatlarida dramatizm va lirizm kayfiyatlarini tasvirlay olish;
- o’z «asari» uchun material to’plash va ulardan tasviriy faoliyatda foydalana olish;
- tasvirlanayotgan buyumlar guruhi (natyurmort)ni plastik yaxlitlikda ifodalash;
- haykaltaroshlikda odam va hayvonlarni obrazli tasvirlash;
- syujetli kartina yaratish usullarini o’z tasviriy faoliyatiga tatbiq eta bilish.
7- sinf San’atshunoslik asoslari:
- san’atdagi oqim va yo’nalishlar, ularning kelib chiqish sababi, asosiy omillari;
- oqim va yo’nalishlar (impressionizm, postimpressionizm, fovizm, kubizm, puantelizm, syurrealizm, abstraksionizm) nomlanishining mazmuni va mohiyati;
- XIX asr oxiri XX asr boshlaridan Yevropa tasviriy san’atidagi oqimlarning yirik namoyondalari (K.Mone, O.Renuar, K.Pisarro, A.Matiss, P.Sezann, A.Sinzyak, Van Gog, Pol Gogen va b.);
- zamonaviy O’zbekiston tasviriy san’atida oqim va yo’nalishlarning tasviriy talqini (A.Mirsoatov, A.Yunusov, O.Qozoqov, A.Nuriddinov, S.Alibekov, B.Jalolov);
- tasviriy san’at tarixida ramziylik tasviri, geraldika;
- O’zbekiston amaliy bezak san’atida qo’llaniladigan shakllarning ramziy ma’nolari (o’simlik va hayvonot dunyosi misolida);
- dizayn san’atining tarixi, uning maishiy turmushni madaniylashtirishdagi o’rni, buyumlar, jihozlar, katta va yirik o’lchamdagi texnika vositalari (avtomobil, samolyot va h.z.)ni, binolar va ularning intererlari va boshqalarni badiiy loyihalashtirish;
- qadimiy O’zbekiston madaniyati va san’ati (me’morlik san’ati misolida, unda san’at turlarining sintezi);
- me’moriy ansambl va atrof muhit landshafti;
- kitobat san’ati, Sharq kitobat san’atining nodir namunalari;
- jahon va O’zbekiston kitobat san’atining yirik namoyondalari (O.Domge, G.Dore, Ye.Kibrik, D.Shmarinov, V.Favorskiy, D.Bisi; I.Ikromov, T. Muhamedov, A.Bobrov).
Tasviriy faoliyat:
- namuna asosida naqsh elementlari, kompozitsiyalarni chizish va bo’yash;
- naturadan (namunadan) manzara ishlash, unda turli oqim va yo’nalishlar usullarini qo’llash;
- turli mavzuda kubizm usulida natyurmort ishlash;
- me’moriy ansambl (jamoaviy ish) maketini yasash hamda unga badiiy ishlov berish.
Kompozitsion faoliyat:
- tabiiy shakllarni stillizatsiyalash vositasida naqsh elementlarini hosil qilish, ulardan mustaqil ravishda naqsh kompozitsiyasini yaratish;
- turli shakllarni badiiy loyihalash (texnikaviy dizayn, libos dizayni, me’morlik dizayni, jihozlar, anjomlar dizayni);
- shakl va mazmun mutanosibligi. Kulolchilik namunalari shakllarining variantlarini yaratish (grafik yechim);
- me’moriy ansambl kompozitsiyasi (jamoa ishi). Uning maketini karton va qog’ozdan yasash, unda shakl, nisbat, masshtab, simmetriya, atrof-muhit bilan uyg’unligi);
- geraldika (ramzlar, muhrlar, gerblar) bo’yicha kompozitsiya variantlarini yaratish;
- me’moriy mavzuda manzara-kompozitsiya ishlash (akvarel, guash bo’yoqlari, oddiy va rangli qalamlar, flomaster, pastel va boshqa yumshoq grafik materiallar);
- ixtiyoriy manbalar (ertak, hikoya, rivoyat, qissa, roman, doston, badiiy va video yoki multfilm) asosida kitobat san’ati elementlari (muqova, titul varag’i, badiiy harf, frontiptis, illyustratsiya v.b.)ni ishlash.
|