1
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta’lim
vazirligi Urganch Davlat universiteti
San`atshunoslik fakulteti
5112100-texnologik ta’lim yo`nalishi 202-gugruh
talabasi
_____________________________ ning
“Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash”
fanidan bajargan
KURS ISHI
Mavzu: Qiz bolalar kiyimlarning bichilgan bo’laklariga ishlov berish, kiydirib
ko’rishga tayyorlash
Urganch - 2022
2
Kirish.
Xalq uchun tovarlar ishlab
chiqarishning kengaytirilishi, ular sifatining
yaxshilanishi, barcha xizmat turlarining tez rivojlanishi
aholi yashash darajasini
yangi, ancha yuqori bosqichga ko‘tarishning o‘zgarmas shartlaridan biri
hisoblanadi. Aholi uchun tovarlarni ishlab chiqarishda ilmiy-texnika taraqqiyotidan
foydalanishga asoslanishi lozim bo‘lib, ular nafaqat tovar
sifatini yangi darajaga
ko‘tarish, balki ular assortimentini kengaytirishga ham imkon beradi. Yengil
sanoat oldida aholining sanoat tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq
qondirish,
bozorni kerakli mahsulot bilan to‘ldirish, mahsulot sifatini yaxshilash va
assortimentini
kengaytirish, ularning iste’mol madaniyatini oshirish vazifalari
turadi. Hozirgi vaqtda mavsumaro yengillashtirilgan, isituvchi astarli kiyimlar, turli
to‘plamlar assortimentini ishlab chiqarilishini kengaytirilishiga alohida e’tibor
berilmoqda. Qo‘yilgan vazifalarni bajarishda sanoatda
ishlab chiqarish uchun
mo‘ljallangan mahsulotlarni badiiy loyihalashni to‘g‘ri tashkil etish muhim rol
o‘ynaydi. Badiiy loyihalashtirish mahsulotlarning kelgusi hayotini aniqlaydi.
Badiiy loyihalashtirish (dizayn) jarayonining to‘g‘ri tashkil etilish natijasi bu uning
texnologiya, tejamkorlik va estetikasi nuqtayi nazaridan
optimal hal etilgan
mahsulotidir. Mahsulotning inson va jamiyat uchun badiiy loyihalashtirilishi
to‘g‘ri bog‘langan, chunki jamiyat ma’lum xarakter
va darajadagi mahsulotlarni
ishlab chiqarishga ijtimoiy buyurtma beradi. Ijtimoiy buyurtma esa jamiyat
ma’naviy rivojlanish darajasiga bog‘liq, shuning uchun
mamlakatimiz aholisining
estetik tarbiyasi shaxsning har tomonlama uyg‘un rivojlanishining ajralmas
qismidir.