Yelka , yoqa ,o’miz qirqimlariga ishlov berish




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana18.12.2023
Hajmi0,51 Mb.
#122416
1   2   3   4   5   6   7   8
Yelka , yoqa ,o’miz qirqimlariga ishlov berish 
Kiyim qismlari ip yordamida asosan xilma-xil tikuv mashinalarida bir ipli yoki 
ikki ipli baxyaqator yuritib birlashtiriladi. Mashina choklar konstruktsiyasi hamda 
vazifasiga ko’ra uch turli bo’ladi: 
I BIRLASHTIRUVCHI CHOKLAR 
1 Biriktirma chok 
Hamma asosiy choklarni yon, yelka, ort bo’lak, o’rta qirqimlarni tikishda 
ishlatiladi. Kiyim klinlariga «Gode» birlashtirishda, cho’ntak astarini 
birlashtirishda, birlashtiriladigan taxlamalarda tikka birlashtirma ishlatiladi. 
Biriktirma chokni tikishda ikki bo’lak o’nginio’ngiga qilib, qirqimlar bir xil 
qilinadi va biriktirma chokda qirqim bilan parallel holda tikiladi. Chok kengligi 
0,5-1,5 sm. So’ngra chok haqqilar bir tomonga yotqizib yoki orasi yorib, yoki tik 
holatda dazmollanadi 
Sun’iy va tabiiy charmlardan tikilgan kiyimlardan zich to’qilgan gazlamalardan 
sport kiyimlar tikishda yon cho’ntaklarni ishlashda, vitochkalarni tikishda 
ishlatiladi. Bo’laklar o’ngini o’ngiga qarab biriktirma chok bilan tikiladi. (1 chok) 
Choklar orasi yorib dazmollanadi. Va o’ng tomondan biriktirma chokning ikki 
tomonidan bir xil oraliqda bezak chok tikiladi (2 va 21 choklar). Chok kengligi 0,2 
sm 



2. Bostirma chok 
Ochiq qirqimli chok kiyimlarning yon, yelka qirqimlarini, orqa bo’lak o’rta 
qirqimlarini tikishda ishlatiladi. Bo’laklarni biriktirib tikilib (1-chok) bir tomonga 
qaratib, dazmollab o’ngidan bezak chok yuritiladi.(2-chok). Bezak chok kengligi 
kiyim faosniga qarab beriladi. 2-chok kengligi. Bezak chok kengligi esa kiyim 
fasoniga qarab 0,7- 1,0 bo’lishi mumkin.
Yopiq qirqimli chok bo’laklarni birlashtirish va bezash uchun ishlatiladi. 
Bo’laklar o’ngi bir-biriga qaratilib, ostki bo’lak ustki bo’lak qirqimiga nisbatan 
bezak chok kengligida oldinroq chiqarilib, ustma-ust qo’yiladi, birlashtirib tikiladi, 
(1 chok) bir tomonga yotqizib dazmollanadi va yengidan bezak chok yuritiladi. (2 
chok) Chok kengligi 1 chok 0,4-1,4 sm 2 chok 0,5-0,7 sm 
3. Qo’yma chok 
1 Ochiq qirqimli chok bort qotirma bo’laklarini birlashtirishda, tesmalarni 
tikishda, ostki yoqani bo’yin o’miziga (mashinada zig-zag chokda) o’tkazishda 
ishlatiladi. Bir bo’lakning o’rniga ikkinchi bo’lak o’ngini qo’yib to’g’ri yoki zig-
zag ko’rinishidagi chok bilan qirqimdan 0,5 sm kenglikda tikiladi. 



Yopiq qirqimli To’g’ri va shakldor koketkalarni birlashtirishda ishlatiladi. Ustki 
bo’lak ziyi buklab dazmollanadi. Ostki bo’lak ustiga qo’yib mashina chok bilan 
birlashtiriladi. Chok kengligi 0,2-2.0 sm 
4. Ichki chok Qo’sh chok. Ust kiyimlarni tikishda, astarsiz kiyimlarda cho’ntak 
astarini tikishda, maxsus ishchi kiyimlarni bo’laklarini birlashtirib tikishda 
ishlatiladi. Bo’laklarni teskari tomonlarini bir-biriga qaratilib biriktirma chok (1 
chok) bilan tikib olinadi, so’ngra bo’laklar o’ngiga ag’darilib, chok to’g’rilanadi va 
bo’laklar ostidan ikkinchi chok (2 chok) yuritiladi. 1 chok kengligi 0,3-0,4 sm 2 
chok kengligi 0,5-0,7 sm 
Ich kiyimlar maxsus kiyimlarni, astarsiz kostyumlar va boshqalarni tikishda 
ishlatiladi. Bo’laklar o’ngi bir-biriga qaratilib, ostki bo’lak ustki bo’lakka nisbatan 
0,5-0,7 sm oldinroq chiqarib, ustma-ust qo’yiladi. Ustki bo’lak qirqimi ostki 
bo’lakning qo’shimcha miqdorini qoldirib tikiladi (1 chok). Chok to’g’rilanib, 
utski bo’lakka shunday buklanadiki, qirqib ustiga chiqib qolmasligi kerak. 
Buklangan ziydan chok yurgiziladi. (2 chok). Ostki bo’lak cheti ustki bo’lakka 
nisbatan 0,5-0,7 sm. 1 chok kengligi 0,1-0,2 sm. 2 chok kengligi bukilgan ziydan 


10 
0,1-0,2 sm 
Qo’lf chok o’smir yoshdagi bolalar sorochkalarida, jinsi kiyimlarda ishlatiladi. 
Bir ignali mashinada birinchi bo’lib, ochiq qirqimli qo’yma chokda tikiladi (1 
chok). So’ngra bo’laklari shunday buklanadiki, qirqim ichida bo’lishi kerak va 
ustki birinchi chok yurgiziladi (2 chok). So’ngra ustki ikkinchi chok (3 chok) 
birinchi chokdan 0,5-0,8 sm oraliqda tikiladi.2- chok kengligi 0,1-0,2 sm 3-chok 
choklar oraliq kengligi 0,5-0,8 sm 
II. ZIY CHOKLAR 
1. Ag’darma chok 
Oddiy ramkali Cho’ntak ishlanishida, izma tikishda ishalatiladi. Bo’lak ramkasi 
buklab dazmollanadi (teskari tomoni ichiga qilib) va kiyimga tikiladi, so’ngra chok 
yonidan buklab dazmollanadi. Ramka kengligi 0,4-0,7 sm 
Murakkab ramkali Cho’ntak ishlashda murakkab ramkali ag’darma chok 
ishlatiladi. Asosiy matodan mag’izli o’ngini bo’lakning o’ngiga qo’yib ag’darma 
chokda tikiladi. (1 chok). So’ng chok yorib dazmollanadi, mag’iz o’ngiga 


11 
ag’dariladi, shunda ramka hosil bo’ladi. U mag’iz tikilgan chokka tikiladi. (2 
chok)1-chok kengligi 0,4-0,7 sm. 2-chok kengligi 0,4-0,7 sm 
Kant. Yoqa, bort, cho’ntak tikishda va unga ishlov berishda ishlatiladi. Bo’lak 
o’ngini o’ngiga qaratib ag’darma chok bilan tikiladi. Chok to’g’rilanib, kant 
chiqarib yolg’on kesiq bilan yoki bezak chok tikiladi. Kant kengligi 0,1-0,3 sm 
2. Bukma chok 
Ochiq qirqimli Kiyim etagini ishlashda, yengil kiyim obtachka qirqimlarini 
tikishda ishlatiladi. Qirqim teskari tomonga buklanib bostirib tikiladi. Bo’lak 
qirqimi teskarisiga 0.5-0.7 sm bukiladi. Chok kengligi 0,1-0,3 sm 
Yopiq qirqimli yubka astarida, ko’ylak etaklarida va boshqa chetlanishlarda 
ishlatiladi. Bo’lak qirqimi teskarisiga bukiladi. So’ngra fasonda ko’rsatilgan 
kenglikda yana bukiladi va bukilgan ziydan baxyaqator yuritiladi.Birinchi bukilish 
kengligi 0,7 sm. Chok kengligi 0,1-0,2 sm 
3. Mag’iz chok 
Ochiq qirqimli Yubka etagi, shim pochasini titilishdan asrash va qirqimlarni 
bezash uchun ishlatiladi. Bo’lakning o’ng tomoniga bezak gazlamaning ko’ndalang 
yoki bo’ylama ipi bo’yicha qiya yo’nalishda bichilgan gazlama bo’lagi o’ngini 


12 
ichkariga qilib qo’yiladi. Asosiy bo’lak bilan gazlama bo’lagi qirqimlari bir-biriga 
tekislanadi va ichkaridan baxyaqator yuritiladi, so’ng chok qirqimlarini gazlama 
bo’lagi bilan aylantirib o’rab chok eniga teng mag’iz hosil qilinadi. Mag’iz 
gazlama bo’lagini tikish chokiga yoki undan ichkaridan tikib puxtalanadi. (2 chok). 
Ichki chok kengligi 0.3-0.5 sm. Ustki chok kengligi 0,1-0.2 sm. Qiya bichilgan 
mag’iz kengligi 2,0-2,5 
Bolalar yengil kiyimlarining yeng o’mizlarini, bo’yin o’mizlarini ishlash uchun 
qo’llaniladi. Mag’iz asosiy bo’lak teskarisiga, o’ngini ichkarisiga qilib 
qo’yiladi. Qirqimlari tekislanib (1 chok) tikiladi. Tikilgan bo’lak o’ngiga 
ag’dariladi va chok berkitiladi.
Jiyakli qirqimlarni ishlashda va kiyimni bezash uchun ishlatiladi . Jiyakli 
uzunasiga shunday qo’yiladiki, uning pastki cheti ustki chetiga nisbatan chiqib 
turadi va shu holatda dazmollab yotqiziladi. So’ngra mag’iz qo’yilishi kerak 
bo’lgan bo’lak qirqimi tayyorlangan jiyak ichiga kiritiladi va tesma ustki ziyi 
bo’yicha baxyaqator yuritiladi, bunda tesmaning ikkinchi ziyi baxyaqator tagida 
qolishi shart. Chok kengligi 0.1 sm 
III. BEZAK CHOKLAR 
1. Taxlamalar 


13 
Bolalar kiyimlarida, ko’ylaklarida, bezak vazifasida, kiyimlarda yengil 
harakatlanish uchun ishlatiladi. Bir yoqlama taxlamalar barcha bukilgan ziylari 
kiyim o’ngida bir tomonga, teskarisida esa boshqa tomonga yo’nalgan bo’ladi. Har 
bir taxlama teskari tomondan uchta chiziq -o’rta chiziq 1 (ichki bukish chizig’i), 
yon chiziq 2 (tashqi bukish chizig’i), tikish oxirini belgilaydigan chiziq bilan 
belgilanadi. Taxlamalar kengligi fasonga bog’liq. Bitta taxlama bo’lsa. Uning 
chuqurligi 4 - 8 sm, bir nechta bo’lsa, chuqurligi 2 -3 sm bo’lishi mumkin. Bo’lak 
belgilangan o’rta chiziq 1 bo’yicha o’ngini ichkariga qilib qayiriladi va yon chiziq 
bo’yicha qo’lda ko’klab olinadi. So’ngra mashinada 2 va 3 chiziq bo’ylab biriktirib 
tikiladi. Baxyaqator o’ng tomondan ko’ndalang yo’nalishda to’g’ri yoki oval 
chiziq tarzida tugatiladi.. Chok kengligi fasonga bog’liq. Baxyaqator yuritilgan 
joydagi ko’klash iplari so’kib tashlanadi. Fasonga muvofiq taxlama bir tomonga 
bukilib, qotirib dazmollanadi. 
Bir - biriga qaragan taxlama Bolalar kiyimlarida, bezak vazifasida, kiyimlarda 


14 
yengil harakatlanish uchun ishlatiladi. Bir -biriga qaragan taxlama ham bir 
yoqlama taxlama singari 3 ta chiziq bilan o’rta chiziq -1, yon chiziq -2, tikish oxiri 
-3. (chizma -a) Taxlamaga qo’shimcha qoldiriladi. Qo’shimchaning eni bir taxlama 
chuqurligini 4 ga ko’paytirilganiga teng. Agar bir taxlama chuqurligi 3 sm bo’lsa, 
taxlama uchun 12 sm qo’shimcha olinadi. Bir -biriga qaragan taxlamani hosil 
qilish uchun bo’lak belgilangan o’rta chiziq - 1 bo’yicha o’ngini ichkariga qilib 
qayriladi. Yon chiziq -2 bo’yicha oxirgi tikish chizig’i -3 gacha tikiladi. Taxlama 
ikki tomonga yorib, (belgilangan o’rta chiziq tikish chokida aniq yotishi kerak) 
dazmollanadi. Taxlama kiyish vaqtida buklanib qolmasligi uchun o’ng tomondan 
puxtalash tavsiya etiladi. (chizma b) Taxlama chuqurligi fasonga bog’liq. 
Murakkab taxlama chok kiyimlarni bezash uchun ishlatiladi. Ikki tomondan 2 ta 
parallel chiziq chiziladi: o’rta chiziq (ichki bukish chizig’i) va yon chiziq (tashqi 
bukish chizig’i). Taxlamani tayyorlash uchun teskari tomondan (chizma –a). O’rta 
chiziqdan gazlama bo’lagi qo’yiladi, kengligi bezak chok kengligiga mos va o’rta 
chiziq bo’yicha baxya qator yuritiladi. Asosiy bo’lak o’ngi ichkariga qaratilib 
baxya qator bo’ylab gazlama bo’lagi esa qarama-qarshi tomonga bukiladi. Chok 
bir tomonga qaratilib (dazmollanadi yoki vaqtincha ko’klanadi) asosiy detalning 


15 
o’ngiga baxya qator yurgiziladi. Bu chok taxlamani mustahkamlaydi (2) 
2. Bo’rttirma chok 
O’tkazma chok kiyimlarda shakldor bo’rttirmalarni ishlash uchun, kiyim 
koketlarida ishlatiladi. Bo’lakda bitta chiziq belgilanadi. Tagiga gazlama bo’lagi 
qo’yiladi. Belgilangan chiziq bo’ylab baxyaqator yuritiladi (1-chok). Gazlama 
bo’lakchasi ikki buklanib bir tomonga, asosiy bo’lak esa boshqa tomonga 
buklanadi va birinchi baxyaqatorda ikkinchi baxyaqator yuritiladi (2-chok). Chok 
haqqi bilan gazlama bo’lagi bir tomonga qaratib dazmollanadi. Chok kengligi 0,1-
0,2 sm. Gazlama bo’lak kengligi 2-3 sm. 
Bukma chok erkaklar bashang ko’ylaklarida, ayollar ko’ylaklarida bezak uchun 
ishlatiladi. O’ng tomondan bitta chiziq belgilanadi. Bajarish vaqtida bo’lak 
belgilangan chiziqdan teskari tomon ichiga buklanib tikiladi. Chok kengligi 0,1- 03 
sm. 


16 
Shnurli qo’yma chok kiyimlarda sifatli bezak uchun ishlatiladi. Bo’lakning o’ng 
tomonidan ikkita yonma yon chiziq belgilanadi. Asosiy bo’lak teskarisiga paxta 
tolali gazlamadan bo’lak qo’yiladi. O’ngdan belgilangan chiziq bo’yicha (1-chok) 
baxyaqator yuritiladi, so’ngra ularning orasida shnur qo’yib shnur yonginasidan 
ikkinchi (2- chok) baxyaqator yuritiladi. 
Boshlang’ich ishlov berishga detallarni turg’unlashtirish, kiyim qirqimlariga 
ishlov berish kiradi. Kiyimning yoqasi, bortlari, cho’ntak qopqoqlari va 
manjetlariga turg’unlik berish uchun ularga yelim kukuni qoplangan xilma-xil 
qotirmalar ishlatiladi. Bunday qotirmalar kiyimni kimyoviy tozalashda 
ishlatiladigan xlorli eritmalarga, sovun eritmasiga, qaynatishga va yuvishga 
chidamli bo’ladi. Bu qotirmalar kiyim tashqi ko’riniShini yaxshilaydi va berilgan 
dastlabki shaklni uzoq vaqt saqlay oladigan bo’ladi. Qotirma asosiy detal Shaklida, 
chok haqlari qoldirmay yoki ag’darma chok bilan tikiladigan cheti chokka 0,10,2 
sm kirib turadigan qilib bichiladi. Detallar tiqilmasdan oldin, ularga qotirma 
yopishtiriladi. Yopishtirishda qotirma namlanmaydi, dazmollovchi sathning 
harorati 140160°S, ta’sir etish vaqti 1030 sek, bosim 0,5 Mpa bo’ladi. Qiz bolalar 
ko’ylaklari tikilayotganda biriktirma choklarning barcha qirqimlari maxsus 51A kl, 
851 kl, 208A kl, 8515 kl mashinalarida yo’rmalanib chiqiladi. Yorib 
dazmollanadigan choklarning qirqimlari chok tikilmasdan oldin, bir tomonga 
yotqizib dazmollanadigan choklarning qirqShmlari esa chok tikilgandan keyin 


17 
yo’rmalanadi Tabiiy Shoyi, duxoba kam titiladigan bo’lgani uchun ularning 
qirqimlarini arratiShsimon qilib kertib qo’yilsa ham bo’ladi (b). Sintetik 
materiallarning qirqimlariga issiqlik ta’sir ettirib, eritilib, so’ngra sovutilsa, 
qirqimlari titilmaydigan bo’ladi. 
Adiplar ichki qirqimi, yeng uchi mag’izi, cho’ntak mag’izi, yoqa o’mizi 
mag’izining ichki qirqimlari yo’rmalanadi (v). Asosiy dyotal qirqimlari bukilib, 
yopiq qirqimli qilib tikiladi (g). Ayrim detallar qirqimi mag’iz qo’yib tikiladi (d). 
Maxsus moslama (mag’izlagich) yordamida detal chetiga maxsus tasma ikki 
buklanib bostirib tikiladi (e). Mag’iz chok bilan yeng uchi, kiyim etagi, yeng va 
yoqa o’mizlari tikiladi. Bezak beykani qo’sh ignali mashinada maxsus moslama 
(buklagich) bilan bukib, bir yo’la ikkita parallel baxyaqator yuritib tikish mumkin. 


18 

Download 0,51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yelka , yoqa ,o’miz qirqimlariga ishlov berish

Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish