3
Ish o`rnini tashkil qilish, sanitariya gigiеna va хavfsizlik tехnikasi qоidalari.
(ish uchun zarur asbob-uskunalar, jihoz va moslamalar)
Bolalar kiyimlarigi har qanday tikuv buyumlariga qо‘yilaganidek 2 xil talab
qо‘yiladi.
1. Iste’molchi talabi
2. Ishlab chiqarish talabi.
Iste’molchining talabi о‘z navbatida quyidagilarga bо‘linadi. Gigiyenik talab;
1. Ekspluatatsion talab;
2. Estetik talab.
Gigiyenik talab deganda shuni tushuniladiki, kiyimdan foydalanganda odam
sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi kerak. Bolalar terisi juda nozik bо‘lib
ular uchun
kiyimlarni loyihalash jarayonida gigiyenik talab asosiy talablardan biri hisoblanadi.
Bolalar kiyimlari erkin harakatlanish vaqtida xalaqit bermasligi kerak. Bolalar
kiyimlari tanaga yopishib turmasligi, ularni erkin nafas olishiga qulay bо‘lishi
lozim. Yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo о‘tkazuvchan bо‘lishi,
quyosh
nurini qaytaruvchan bо‘lishi, namni shimuvchan bо‘lishi kerak. Bunda gazlama
asosiy rol о‘ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab qilinadi.
Ayniqsa chaqaloqlar guruhi uchun 100% tabiiy tolali gazlamalar tavsiya etiladi.
Tikuvchilik ustaxonalari keng, yorug‘, quniq va ozoda bo’lishi kerak. Devor va
mebellaming rangi katta gigenik va pedagogik ahamiyatga ega.
Shuning uchun
devorlar och, sokin ranglarga bo'yalishi lozim. Ustaxona tabiiy va sun’iy jihatdan
yaxshi yoritilgan boTishi kerak. Ustaxonalar ikki kishilik o‘quv stollari, yozuv
taxtasi, magnitli taxta, kerakli miqdorda tikuv mashinalari va qo‘l ishlarini bajarish
uchun ish stollari, bichish stoli va manekenlar bilan jihozlanadi. O‘tirish uchun
imkon boricha baland-pastligi rostlanadigan vintli o'rindiqlar qo‘yiladi.
Tikuv ustaxonasida ko‘zgu va kiyim ilgichlar bilan jihozlangan, kiyib ko'rish
kabinasi bo‘lishi kerak. Tikuv buyumlarini namlab - isitib ishlash uchun dazmol,
dazmol taxtasi, dazmol tagliklari bilan jihozlangan alohida joy ajratiladi.
4
Asbob - uskunalar,
jihozlar, ko‘rgazmali qo’llanmalar, ish namunalari maxsus
shkaflarda saqlanadi. Ustaxonada albatta birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun
zarur bo'lgan dori-darmonlar bilan ta’minlangan aptechka bo’lishi zarur.
Tikuv ustaxonalarida quyidagi ko'rsatmalar ko‘rinadigan joylarga osib qo‘yiladi:
1 . Tikuv ustaxonasining ichki tartib-qoidalari.
2. Havfsizlik texnikasi qoidalari.
3. Mehnat, hunar haqida hikmatli so‘z!ar.
4. Maxsus adabiyotlar, albomlar joylashtirilgan vitrina.
Tikuvchilik ustaxonasini jihozlash, ish o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etish havfsizlik
texnikasi, sanitariya-gigieniya qoidalariga va estetik talablarga mos ravishda
bajarilganda m ehnat ko'nikm
alarini shakl la nt i rishga, m ehnatga to ‘g ‘ri m
unosabatni va m ehnat madaniyatini tarbiyalashga imkon yaratiladi. .
mashinaiaming aylanib turadigan qismlari kiyim yoki sochni o ‘rab ketishi,
dazmolda biror joy kuyib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi
va hokazo natijasida inson jarohatlanib qolishi mumkin. Havfsizlik texnikasi
qoidalari shunday noxushliklar yoki baxtsiz hodisalarning
oldini olishga xizmat
qiladi. Tikuvchilikda talabalar uchun bu qoidalar asosan ikki guruhga bo’linadi:
1. Qo'l va mashina opeiasiyalarida ishlovchilar quyidagilarga rioya qilishi kerak:
— mashinalar, asbob va moslamalaming ishga yaroqligi tekshirib turiladi. Ish
boshlashdan oldin ish o ‘rni saranjomlanib olinadi, mashinada bamioqqa igna kirib
ketishining oldini oladigan saqlagich, yuritgich tasma to‘sig‘i, mashinani ishga
tushirish joylarida izolyasiya g‘iloflari bor-yo‘qligini tekshiriladi va hokazo;
— elektr simlariga ip, latta, simchalar osmasliklozim, aks holda qisqa tutashuv yuz
berishi mumkin.
Simlarda nuqson sezilsa, darhol elektromontyorga xabar berish,
ochilib qolgan simlarga qo‘l tekkizmaslik kerak;
— narsalarni ishlayotgan mashina ustidan uzatish mumkin emas;
— elektr dvigatelni o'chirmasdan mashinaga moy surish, uni tozalash,
mashina
shkiviga tasma kiydirish man etiladi.
— ish o'rnida asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning
aylanayotgan qismlari yoniga qo‘yilmasligi kerak;
5
— ish o‘rinlari orasidagi yo‘lni to‘sib qo‘ymaslik lozim.
2. Dazmol bilan ishlaganda quyidagilarga rioya qilishlari kerak.
— elektr dazmolda ish boshlashdan oldin shnur izolyasiyasi tekshirib ko'rilishi
lozim;
— dazmol, shtepsel rozetkasi, vilkaning tok o‘tkazuvchi qismlariga qo‘l tekkizish
mumkin emas;
-dazmolning tuzukligiga ahamiyat berish zarur (korpusda qisqa tutashuv bo’lsa,
ishlayotganda qo‘lga salgina igna sanchilgandek boladi);
— ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak;
— dazmolning o‘ta qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim;
— dazmol, shtepsel rezetkasi, vilka buzuq bo‘lsa, ishni to‘xtatib, elektromontyorni
chaqirish kerak.