19
qirqimni maxsus mashinada yo'rmalab, keyin universal mashinada buklab tikish
mumkin . Adipga yelim qotirma qo'yiladigan bo'lsa, adipning teskari tomoniga
qotirmaning yelimli tomoni qaratib qo'yiladi va bort qirqimi tomonidan 0,5-0,6 sm
yetkazmay, ichki qirqimiga 0,7-1,0 sm yetkazmay qo'yib, dazmolda yoki pressda
yopishtiriladi . Tayyor adipni old bo'lakning o'ngi tomoniga uning o'ngini qaratib,
qirqimlarini to'g'rilab, adip tomondan bostirib ko'klanadi. Bunda adip qaytarma
burchaklarida adipdan solqi hosil qilib, qiya sirma yoki to'g'ri sirma qaviqlar bilan
yoki bir ipli zanjirsimon maxsus mashinada adip old bo'lakka bostirib ko'klanadi.
Kiyim taqilmasi etagigacha tushadigan bo'lsa, adipni old bo'lakka bostirib
ko'klashdan oldin uni old bo'lak buklash haqiga biriktirib ulanadi , keyin adip old
bo'lakka bostirib ko'klanadi. Adip qaytarma uchi old bo'lak
tomondan yordamchi
andaza bilan bo'rianadi va shu bo'r chizig'idan ag'darma chok bilan tikiladi. Kiyim
jun gazlamadan tikiladigan bo'lsa, adipda hosil qilingan solqi ag'darma chok
yuritishdan oldin kirishtirib dazmollanadi. Ag'darma chok haqi ip gazlamadan
tikiladigan kiyimlarda qo'lda to'g'rilab qo'yiladi, jun va ipak gazlamalarning choki
yorib dazmollanadi. Adip qaytarma uchini burchaklardagi va bortning pastki
burchagidagi chok haqidan 0,2- 0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi. Adip
qaytarma va bort uchlarini o'ngi tomonga ag'darib, qaytarma qismi old bo'lak
tomondan, bort qismi adip tomondan ziylari ko'klanadi. Bunda adip qaytarma
joyida adip detalidan, bo'rt qismida old bo'lak detalidan 0,1-0,15 sm kant hosil
qilinadi. Ziylarni ko'klashda qo'lda to'g'ri yoki qiya sirma qaviq yoki bir ipli
zanjirsimon maxsus mashinada ko'klanadi. Adipning yuqori qirqimi yelka chokiga
qirqimini bukib, 0,2- 0,3 sm kenglikda ulab qo'yiladi . Izma o'rnini belgilab,
maxsus mashinada yo'rmaladi. Bort dazmollanadi. Modelda ko'rsatilgan bo'lsa,
bezak bahyaqatori yuritiladi. Bahyaqator kengligi modelga bog'liq. Ziylari
ko'klangan ipni so'kib tashlab, bort qaytadan dazmollanadi. Adip old bo'lak bilan
yaxlit bichilgan bortlarni tikishda old bo'lakda adipni bukish chizig'i belgilab
olinadi. Adipning ichki qirqimlariga ishlov beriladi (yuqoridagidek). Belgi-chiziq
bo'ylab adipni old bo'lak o'ngiga buklab, adip qaytarma burchaklari va bort pastki
burchagi belgi-chiziq bo'ylab, ag'darma chok bilan tikiladi. Burchaklardagi chok
20
haqidagi 0,2-0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi va o'ng tomonga
ag'dariladi, ziylari ko'klanadi yoki tekislab, ko'klamay dazmollanadi. Izmaiar
yo'rmalanadi. Agar izmaiar mag'iz qo'yib, ag'darma chok bilan tikilgan bo'lsa,
izmaiar chetidan 2 sm oralikda sirma qaviq bilan adip bostirib ko'klanadi va adipni
izma teshigiga to'g'rilab qirqib,
ichkariga buklab, yashirin qaviq bilan tikib
qo'yiladi. Ko'klangan iplar so'kib tashlanadi va tayyor bort dazmollanadi.
Etakkacha tushgan bostirib tikiladigan qopqoqli taqilmani tikish Taqilma
qopqoqda va old bo'lakda kiyim etagini bukish haqi belgilanadi. Taqilma
qopqoqning ichki qirqimi teskari tomonga bezak bahyaqator kengligidan 0,5-0,7
sm kengroq qilib buklanadi va dazmollanadi. Taqilma qopqoqning pastki tomoni
uning o'ngini
pastga qaratib, old boiakning belgi tomoniga to'g'rilab qo'yiladi va
old bo'lakka ulanadi. Kiyim buklash haqi belgi-chiziq bo'ylab bukib, yashirin
bahyali maxsus mashinada yoki universal mashinada bukib, tikiladi. Taqilma
qopqoq old bo'lagining o'ngini pastga qaratib, teskarisiga ag'dariladi, taqilma
qopqoq ulangan chokni etak ziyiga to'g'rilab, bort va bort uchlari yoqa
o'tqaziladigan belgi-chiziqqacha ag'darma chok bilan tikiladi. Qopqoqni o'ngiga
ag'darib, chokni tekislab, qopqoq gazlamasidan 0,1-0,2 sm kant hosil qilib
dazmollanadi yoki oldin ziylarini ko'klab keyin dazmollanadi. Taqilma
qopqoqning ichki qirqimini bezak bahyaqator kengligidan 0,5-0,7 sm kengroq qilib
buklab bostirib tikiladi. Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, dazmollanadi. Old
bo'lakning ikkinchi tomoni qirqimi teskari tomonga belgi-chiziq bo'ylab
dazmollab, universal mashinada bostirib tikiladi. Taqilma qopqoqli qo'sh ignali
maxsus mashinada tikishda qopqoq gazlamasining qirqimlarini
teskari tomonga
buklagich yordamida bukiladi. Asosiy detal qirqimi ikkinchi buklagich yordamida
o'ngi tomonga bukiladi va bir yo'la ikkita bahyaqator yuritib, taqilma qopqog'i old
bo'lakka bostirib tikiladi.
21
Bostirma chok bilan tikiladigan qopqoqli taqilma. Kiyim old bo'lak kesimiga
to'g'rilab, ustki va ostki qopqoqning o'ngini old bo'lak teskarisiga qo'yib, biriktirib
tikiladi. Chok kengligi 0,7-l,0sm. Biriktirma chok haqi qopqoq tomonga
to'g'rilanadi yoki yotqizib dazmollanadi. Qopqoqlari yuqori tomonining o'ngini
ichkariga qaratib, kertimlaigacha burchaklari 0,6 sm kenglikda ag'darma chok
bilan tikiladi. Burchaklaridagi chok haqidan 0,2-0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib
tashlanadi va o'ngi tomonga ag'darib to'g'rilanadi
Ostki qopqoqning old bo'lagi o'ngiga ag'darib o'tkaziladi, qirqimlarini 0,5- 0,7
sm ichkariga bukib, ostki qopqoq ulangan chokni 0,1-0,2 sm yopib, bukilgan
ziydan 0,1 sm kenglikda bostirib tikiladi. Pastki uchini 0,5-0,7 sm kenglikda
ichkariga buklab, old bo'lak kesirrudan 1 sm pastroqda bostirib tikiladi. Ustki
qopqoqni old bo'lak o'ngiga aylantirib o'tkazib, mo'ljaldagi
qopqoq kengljgida
buklab, ziyidan modeldagi kenglikda bostirib tikiladi. Bunda ochiq qirqimni
bukishda qopqoq ulangan chok yopilib turishi kerak. Qopqoqning pastki burchagi
modelda ko'rsatilgan shaklda bukib, bahyaqator yuritib puxtalanadi. Tayyor
taqilma dazmollanadi