Bolalar kiyimlaridagi turli bichimdagi yenglarga ishlov berish




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana18.12.2023
Hajmi0,51 Mb.
#122416
1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalar kiyimlaridagi turli bichimdagi yenglarga ishlov berish 
Bolalar kiyimlaridagi turli bichimdagi yenglarga ishlov berish. Englarni yeng 
o’miziga maxsus 302 kl va 541 kl "Dyurkopp" maShinalarida 1 sm chok bilan old 
bo’lakdan o’mizning yuqori qismida 1,52 sm, old bo’lakdagi o’mizning pastki 
qismida 0,71,5 sm, boShqa joylarida salgina solqi hosil qilib o’tqaziladi. Yeng 
o’tqazilib bo’lgandan keyin, yengdagi solqilar dazmollab kiriShtiriladi, uning 
o’tkazma choklari esa yorib dazmollanadi. Yeng o’tqazilayotganda bort qotirmasi 
qo’Shib tikib yuboriliShi ham mumkin. Bunday holda old bo’lak bort qotirmasi 
bostirib ko’klaniShi paytida baxyaqatorni yeng o’miziga parallel qilib, uning 
qirqimidan 1,52 sm masofada yuritiladi. Qotirmaning ortiqcha joylari old 
bo’laqtsagi yeng o’mizi qirqimlariga tekislab qirqib taShlanadi. Chok yorib 
dazmollanadi. Reglan yengni o’tkazayotganda o’miz qirqimi cho’zilib ketmasligi 
uchun, Shu o’miz qirqimi bo’ylab, undan 0,5 sm. masofada yelim uqa tarangroq 
qilib qo’yiladi. Yeng o’miziga 1 sm chok bilan solqi hosil qilib, yeng tomondan 
tikiladi. O’mizning yon tomonlardagi chokining kertimlari orasidagi qismi yorib 
dazmollanadi. , Yengni o’miz ochiq vaqtida, ya’ni kiyim yon choklari tikilmasdan 
oddin o’tkazsa ham bo’ladi. Bunday holda yelka choki tikilgandan keyin yeng 
o’mizga o’tkazilaveriladi. Buning uchun oldin yengning tirsak choki, kesimi tikib 
olinadi. Agar yengning old choki kiyim yon chokiga to’g’ri keladigan bo’lsa, yeng 
bilan o’miz kertimlarini birbiriga to’g’rilab, yeng o’mizga boShdanoyoq to’la 
o’tkaziladi. Kiyim yengining old choki bilan kiyim yon choki birdaniga tikiladi. 
Choklar yorib dazmollanadi va yeng uchiga iShlov beriladi. Yaxlit bichilgan 
yengda, ya’ni old bo’lak va ort bo’lak bilan birga bichilgan yoki bir qismi old 
bo’lak (ort bo’lak) bilan bichilib, ikkinchi qismi ort bo’lakka (old bo’lakka) 
o’tkaziladigan yengda ikkita chok bo’ladi. Ulardan biri yelka chokining davomi
ikkinchisi esa yon chokning davomi bo’ladi. Agar yengning bir bo’lagi o’tkazma 
bo’lsa, u tegiShli detalga 1 sm kenglikdagi chok bilan o’tkaziladi va yorib 
dazmollanadi. Keyin yeng ostki choki kiyim yon choki bilan bir vaqtda biriktirib 
tikiladi. Yenglarga ishlov berish va o’mizga o’tkazish. Konstruksiyasiga ko’ra 
yenglar reglan, o’tkazma va yaxlit bichilgan bo’ladi. Birinchi va ikkinchi 


23 
cho’ziluvchanlik guruhidagi polotnolardan tikiladigan kiyimlarda yenglarga klinlar 
qo’yilishi mumkin. Yenglarga ishlov berish uch bosqichdan iborat: yeng 
qirqimlariga ishlov berish, o’mizga o’tkazish va yeng uchiga ishlov berish. 
O’tkazma yenglarga ishlov berish ikki xil usulda bajariladi: yengni ochiq o’miz 
bilan biriktirish yoki yopiq o’mizga o’tkazish 
 
Ikkala usulda ham yengni biriktirish vaqtida yeng qiyalamasi va o’mizdagi 
kertimlar moslanadi. Yengni ochiq o’mizga o’tkazishda kiyim yon qirqimlari 
biriktirilgunga qadar o’miz qirqimiga yeng biriktiriladi, so’ng tirsak qirqimlari va 
buyum yon qirqimlari bir vaqtda yeng uchidan boshlab biriktirib tikiladi. Yopiq 
o’mizga biriktirishda yeng yon qirqimlar biriktirilgandan so’ng o’mizga 
o’tkaziladi. Ikkala holda ham biriktirish vaqtida yeng o’tkazma chokiga tasma 
qo’shib tikiladi. Yeng uchiga ishlov berishda yassi chok, kettel yoki mag’izlash 
usulida, bezak tasma va manjetlar bilan ishlov beriladi. Manjetlar yon qirqimlari 
biriktirilib, o’rtasidan bukiladi va yeng uchiga tikib-yo’rmalanadi. Taqilmali yeng 
uchiga mag'iz qo'yib tikish. Chizmaga mo'ljallangan maxsus chilvir qirqimlarini 
yeng qirqimiga qaratib qo'yiladi va izmalar hosil qilib, universal mashinada yengga 
bostirib tikiladi yoki qo'lda to'rsimon qaviqlar bilan puxtalab qo'yiladi. Yeng 
shakliga moslab bichilgan mag'iz parchasining o'ngini yeng o'ngi tomoniga qaratib, 
yeng uchi va taqilma ag'darma chok bilan tikiladi. Ag'darma chok yuritishdan oldin 
mag'izni yengga to'g'ri sirma qaviq bilan ko'klab olsa ham bo'ladi. Ag'darma chok 


24 
yuritgandan keyin burchaklardagi chok haqidan 0,2-0,3 sm qoldirib, ortiqchasi 
qirqib tashlanadi. Mag'iz yengning teskarisiga ag'darib o'tkaziladi, yeng detalidan 
0,1-0,2 sm kant qilib, ziylari ko'klanadi va dazmollanadi. Ziylarini ko'klamay, 
to'g'ridan to'g'ri dazmollasa ham bo'ladi. Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, 
izmalarga moslab taqilma chok tomoniga tugmalar chatiladi. Mag'izning ochiq 
qirqimlarini 0,5-0,7 sm teskarisiga bukilgan ziydan 0,1 sm oraliqda universal 
mashinada buklab tikiladi va qo'lda 3-4 ta qiya yashirin qaviqlar bilan chatib 
qo'yiladi. Bunda qaviqlar orasi 3-4 sm bo'ladi. Tayyor yeng dazmollanadi. Yeng 
uchini mag'iz chok bilan tikish Mag'iz detalining o'ngini yeng o'ngi tomoniga 
qaratib qo'yib, qirqimlarini to'g'irlab 0,3-0,5 sm kenglikdagi ag'darma chok bilan 
tikiladi. Mag'izni chok atrofidan aylantirib yeng teskarisiga o'tkaziladi va ziylari 
to'g'ri sirma qaviq bilan ko'klanadi (65- a rasm). Mag'izning ochiq qirqimi maxsus 
mashinada yo'rmalanadi. Yengning o'ng tomonidan ag'darma chok yonidan (0,1 sm 
oraliqda) bahyaqator yuritib, mag'izning ikkinchi uchini ilib puxtalanadi. 
Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, yeng dazmollanadi. Yengning mag'iz choki ikki 
qavat mag'iz qo'yib tikilishi ham mumkin (65- a, b, d rasmlar). Bunda mag'iz 
detalining teskarisini ichkari tomonga qaratib, uzunasiga ikki buklab dazmollanadi. 
Shu mag'izning ochiq qirqimlarini yeng qirqimiga to'g'rilab, yeng o'ngi tomoniga 
qo'yib, ag'darma chok bilan tikiladi. Mag'izni chok atrofidan aylantirib o'tkazib, 
ziylari ko'klanadi va o'ngi tomonidan ag'darma chokdan 0,1 Sm oralig'ida 
bahyaqator yuritib puxtalanadi. Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, yeng 
dazmollanadi. Yeng uchidagi mag'iz chokni maxsus buklagich orqali ham tikish 
mumkin Bunda mag'iz detalining ikkala qirqimini buklagich yordamida buklab, 
uning orasiga yeng detalini joylab, bitta bahyaqator yuritib tikiladi. Tayyor yeng 
dazmollanadi. Yengni yeng o'miziga o'tqazish. Yeng o'mizi cho'zilib ketmasligi 
uchun, yeng o'miziga yelka qirqimidan boshlab 10-12 sm uzunlikda, o'miz 
qirqimidan 1-1,3 sm oraliqda universal mashinada bahyaqator yuritiladi. Yengni 
yeng o'miziga ko'klab o'tqazish uchun oldin yeng qiyamasining qirqimidan 0,2-0,3 
sm oraliqda birinchi bahyaqator yuritiladi. Shu bahyaqatordan 0,5 sm oraliqda 
ikkinchi bahyaqator yuritiladi. Bu bahyaqatorlar ipining bittasini tortib, solqi hosil 


25 
qilinadi. Yengning qiyma qismida bir tekis taqsimlanadi. Keyin yengni asosiy detal 
ichiga o'ngini ichkariga qaratib kiritiladi, yeng va o'mizida kertimlar bo'lsa, ularni 
bir- biriga to'g'ri keltirib, yeng tomondan to'g'ri sirma qaviqlar bilan ko'klab 
o'tqaziladi. Ko'klash chokining kengligi 0,7-0,8 sm, qaviqlar yirikligi 0,5 sm 
bo'ladi. Yeng solqilarini taqsimlashda ko'p solqi yeng qiymasiga to'g'ri keladi, 
qolgan joylarida deyarli solqi bo'lmaydi. Ko'klab o'tqazilgan yengdagi solqilar 
dazmolda kirishtiriladi. Bunda dazmol tagi faqat 2-3 sm kenglikda yuritiladi. 
Shundan keyin ko'klangan qaviqqatordan 0,1-0,2 sm oraliqda bahyaqator yuritilib, 
universal mashinada tikib o'tqaziladi. Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, yeng 
o'tqazma choki yana dazmollanadi. Yeng o'miz qirqimlari maxsus mashinada 
yo'rmalanadi. Yeng maxsus mashinada o'tqaziladigan bo'lsa, yeng o'miziga ko'klab 
o'tqazmay, to'g'ridan-to'g'ri mashinada o'tqazilaveradi. 

Download 0,51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kiyimlaridagi turli bichimdagi yenglarga ishlov berish

Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish