Оптималлаштирилган ўқув дастури




Download 1,7 Mb.
bet286/434
Sana15.03.2017
Hajmi1,7 Mb.
#158
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   434

Uqtirish xati


Mazkur dasturning asosiy mohiyati quyidagilar bilan belgilanadi: avvalo, darslarning muayyan mavzulari har bir chorak uchun belgilangan bosh mavzulardan kelib chiqadi va saboq chog`ida musiqaning muayyan mohiyatini tushunishga yordam beradi. ikkinchidan, musiqa tinglash, qo`shiq kuylash va musiqa savodi mashg`ulotlari darsning mustaqil qismi emas, balki dars mavzusini ochib beruvchi musiqa faoliyati sifatida qabul etiladi. uchinchidan, dars mavzusining qiziqarli bo`lishi va ta`lim samaradorligini oshirish maqsadida raqs va musiqali ritmik harakatlar, chorak va bolalar cholg`u asboblari-shiqildoq, doiracha, qoshiq va boshqalarda musiqaga jo`r bo`lish hamda musiqa ijodkorligi kabi musiqa faoliyatlari qo`llaniladi. Ushbu faoliyatlar zamirida o`yin xususiyatlari mavjudligi tufayli ular o`quvchilarda katta qiziqish uyg`otadi. Mashg`ulotlarda qo`llaniladigan barcha musiqa faoliyatlari dars mavzusining ajralmas qismi va mantiqan uzviy bo`lagi sifatida amal qiladi. Bu jihatdan «Musiqa madaniyati» o`quv fani kompleks (integral-aralash) dars turiga kiradi va unda darsning umumiy mavzusiga bo`ysunuvchi, o`zaro mantiqan bog`lanuvchi quyidagi musiqa faoliyatlariga amal qilinadi; musiqa idroki (tinglash), kuylash, musiqa savodi, raqs va ritmik harakatlar, chapak va cholg`u asboblarida chalish hamda musiqa ijodkorligi.

Musiqa idroki dars mashg`ulotlarida yetakchi faoliyat sifatida muhim rol o`ynaydi. U ikki holatda amalga oshadi: birinchi holatda ma`lum asar tinglanib, idrok etiladi va uning badiiy tavsiflari dars mavzuiga doir oddiy musiqiy-pedagogik tahlil etiladi. Eshitish orqali asarni tushunish va ongli idrok etish, asarning musiqiy xususiyatlari (janri, tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) hamda badiiy mazmuni haqida ma`lum bilimlarga ega bo`linadi. Ikkinchi holatda musiqa asarlari avval tinglanib (idrok etilib), so`ng u yoki bu faoliyati ko`proq kuylash orqali o`rganiladi, uning badiiy mazmun xususiyatlari amaliy faoliyatda ifodalanadi. Masalan, o`rganiladigan qo`shiq avval o`qituvchi ijrosida (tasma orqali ham) bir–ikki martta tinglanadi, asar hususiyati haqida suhbat qilinadi, so`ng o`rganishga kirishiladi; raqs musiqasi avval tinglanadi, kuy tavsiflari anglab olingandan so`ng, raqs harakatlari ifodasi o`rganiladi. Ko`pincha asar bir necha faoliyat uyg`unligida (tinglash, kuylash, raqs harakati va boshq.) o`rganiladi. Bunday mashg`ulot usuli asarni puxta o`rganish va ayni holda kompleks malakalarning rivojlanishi uchun imkon yaratadi, «Musiqa madaniyati» darsida barcha faoliyatlar muayyan mavzu zamirida mantiqan o`zaro bog`lanadi, natijada darsning mantiqan bir butunligi vujudga keladi. Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg`uloti (tinglash, kuylash, raqs va h.k) qo`llanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar o`rganiladi va uning xususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochiligi va h.k) haqida yangi tushunchalar hosil bo`ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo`lib qolmay, balki o`quvchilarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim-tushunchalar majmuasini (musiqa shakllari, janrlari, cholg`uchilar ijrochiligi, xalq, bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota savodi va boshq.) singdirib borishdan iborat.

Shuni alohida e`tiborga olmoq zarurki, musiqa idroki (tinglash) va musiqa savodi faoliyati o`zaro uzviy bog`lanishi bilan qolgan barcha faoliyatlar amaliyotiga yetakchilik qiladi. Kuylash faoliyati o`quvchilarning musiqa –o`quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo`lib kuylash jarayonida o`quvchi o`z ovoz-ijrosini boshqaradi, o`rtoqlari ijrolarini eshitib kuzatadi va ular bilan birga jo`r bo`lib kuylashga intiladi.

Zotan, tinglash va kuylash o`quv materiallari ta`lim mazmunini tashkil etadi. Ularni tinglash va kuylash faoliyatlari vositasida o`rganish bilan birga, musiqali harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari bilan ham har tomonlama o`zlashtirish va musiqiy tavsiflarni ushbu faoliyatlar vositasida ifodalash imkoniyatlarini yaratadi.

Dasturda raqs va musiqali harakatlarga alohida o`rin berilgan. Bu faoliyatlar o`quvchilarning musiqiy qobiliyatlari, xususan, ritm-usul tuyg`usi va asar badiyatini ifodalash malakalarini rivojlantirish bilan birga, ularning jismoniy rivojlantirish uchun ham muhimdir. Bu ayniqsa, boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun nihoyatda zarur. Darsda o`rganiladigan raqs va harakatlar boshqa dars chog`ida (jismoniy tarbiyada, tanaffuslarda) keng qo`llanishi maqsadga muvofiqdir.

Chapak va cholg`u asboblarida chalish faoliyati ham raqs va musiqali harakatlar singari o`quvchilarning musiqa (o`quv qobiliyatlari) hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. Bu faoliyat boshlang`ich sinflarda milliy cholg`u asboblar bilan tanishish va ularning tovush tembrlarini anglab olish bilan uzviy bog`lanib amalga oshirilishi zarur. Bunda doiracha, qayroq, qoshiq, kichik sopol kabi urib chalinadigan cholg`u asboblaridan foydalanib, o`qituvchi ijrosi yoki magnitofon tasmasi orqali taraladigan kuylarga jo`r bo`lish malakalari rivojlantiriladi.

Musiqa ijodkorligi faoliyati bolalarda musiqiy tafakkur, izlanish va ijodkorlik malakasini o`stira borish uchun ahamiyatga egadir. Bu faoliyat o`qituvchi ijrosida doira chertib jo`rnavozlik qilish, sinf ijrosiga «Dirijorlik» qilish, kuy ohangiga mos harakatlar (xususan, raqs) topish, she`r parchasiga kuy «Bastalash» kabi ijodkorlik amaliyotlari bilan bajariladi. Musiqali harakatlar, cholg`uchilik va ijodkorlik faoliyatlarini amalga oshirishda o`yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Zotan, ushbu faoliyatlar ko`proq o`yin xususiyatlari bilan bog`liq. Dasturda tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasidan ortiq berilgan. Bu o`qituvchiga asarlarni sinf imkoniyatlari va o`quv yilining muhim sanalariga muvofiq tarzda tanlab o`qitish imkoniyatini beradi. Ayni paytda, o`qituvchiga dasturga kiritilmagan, ammo badiiy yuksak, tarbiyaviy jihatidan muhim va o`quvchilar idrok-amaliyotiga mos bo`lgan yangi asarlardan keng foydalanish huquqini ham beradi.

Unda chorak mavzulariga moslab asarlarni deyarli ikki hissa miqdorda tanlash va lozim bo`lganda dasturdan tashqari asarlardan ham foydalanish mumkin.

Nota savodi, cholg`uchilik, raqs va harakatlar, shuningdek, musiqa ijodkorligi faoliyati mazmunida tavsif etilgan asarlar ham shartli ravishda beriladi. Dars sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin.

Bu esa darslarni rejalashtirishda va darslarga tayyorgarlik ko`rishda ijodiy yondoshishni taqazo etadi. Bunda shu narsaga e`tiborni kuchaytirmoq lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg`ulotlar mazmuni har bir faoliyat turiga doir alohida-alohida ko`rsatilgan bo`lsada, ammo darslarni rejalashtirishda va ularni o`tishda musiqa faoliyatlari dars mazmunidan kelib chiqishi va uning mohiyatini ochib berishi lozim bo`ladi. Shunday qilib, darsda musiqa faoliyatlari mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi.

Dastur yakunida yil davomidagi musiqa ta`limi mazmunidan o`quvchilarning olishi zarur bo`lgan bilim, malaka, ko`nikmalarining aniq mezonlariga asoslanib ish tutishga imkon beradi.



Download 1,7 Mb.
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   434




Download 1,7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Оптималлаштирилган ўқув дастури

Download 1,7 Mb.