Jamoa bo`lib kuylash
1. «O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi» A.Oripov she`ri, M.Burhonov musiqasi.
2.«Aziz ustozlar» To`lqin she`ri, S.Babayev musiqasi.
3.«Oq paxta terdik» P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.
4.«Oy Vatanim» P.Qambar she`ri, Sh.Yormatov musiqasi.
5. «Shaftoliga savolim» P.Mo`min she`ri, N.Norho`jayev musiqasi.
Musiqa savodi
Quyi sinfda olingan bilim va malakalarga asoslanib,aytim mashqlari va qo`shiqlarini nota bilan kuylash Ton va yarim ton haqida o`quvchilar bilimini mustahkamlash. Lad haqidagi bilim va malakalarni mustahkamlash. Major va minor uchtovushliklar va tovushqatorlarini jo`rlik va jo`rsiz eshitish hamda taqqoslab aniqlash, so`ng kuylash.4/4 o`lchovini aytim mashqlari va asarlar misolida o`rganish.
3/4 va 4/4 o`lchovlarini kuchli va kuchsiz hissalarga taqqoslash yo`li bilan farqini ajratish.CHORAK, yarim va butun notalarni hamda shu o`lchovdagi pauzalarni bilish.
2/4,3/4,4/4 o`lchovli mashq va qo`shiqlarni tinglash va kuylash.
Musiqa tavsiflarini raqs harakatlarida ifodalash («Yali-yali», «Qashqarcha», «Ufori», «Andijon polkasi»).
Urma cholg`u asboblarida, chapakda yoki barmoq uchi bilan chertib, musiqa usuliga ritmik jo`r bo`lish.
|