|
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi
|
bet | 36/434 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #158 |
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi: xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari, tabiiy tolali gazlamalardan: paxta va zig`ir tolalardan to`qilgan gazlamalar, ularning xususiyatlarini bilish. Qo`l ishlari va uni bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalar haqida umumiy ma`lumot va namunalar tayyorlashni bilish. Ushlagich tayyorlash, dazmol bilan ishlash, dazmollash usullarini bilish. Qo`l yuritmali tikuv mashinasining asosiy tuzilishi va ishlash tartibi, tikuv mashinasini ishga tayyorlash, mashinada ipsiz tikishni bilish. Bichish va tikish haqida ma`lumot, gavdadan o`lchov olish, masshtab lineyka, fartuk va bog`ichli qalpoqcha chizmasini chizish, fartuk va bog`ichli qopqoqchani modellashtirish va andoza tayyorlash, fartuk va bog`ichli qalpoqcha bichish, bog`ichli qalpoqchani tikish, fartukni tikish, dazmol usullarini bilish. Xalq hunarmandchiligi to`g`risida umumiy ma`lumot. Milliy kiyimlar haqida tushuncha. Kashtachilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar, ishlatiladigan naqshlar, rang tanlashni va choklardan namunalari tikishni bilish. Milliy o`yinchoq (qo`g`irchoq) turlari, ishlatiladigan asbob-moslamalar, gazlamalar va ularni turlari. Qo`g`irchoq andozasini tayyorlash, andozani gazlama ustiga joylashtirish, bichish va tikishni bilish. To`qish uchun asbob-moslamalar. To`qish usullaridan foydalanib, namunalar to`qish. XTQ va sanitariya-gigiyena talablari. Ko`zoynak uchun g`ilof to`qishni bilish. Gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
|
| |