|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 52/434 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #158 |
Elektrotexnika ishlari: bitta xonani yoritish zanjir sxemasini o`rganish. Stol lampasini elektr zanjirini tuzish va tayyorlash.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: o`quv xonalarida mebel va qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash, taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash.
“Servis xizmati” bo`yicha quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo`yiladigan talablar, sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari; un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati hamda ahamiyati; pazandachilik xonasida ishlash uchun sanitariya-gigiyena talablari, oshxona asboblarida metall, chinni, sopol, plastmassa, shisha idishlardan to`g`ri foydalanishning ahamiyati; sovutgich va muzlatgich, termos, mikroto`lqinli elektrpechlarning tuzilish va ahamiyati, foydalanish texnologiyasi; qandolatchilikda ishlatiladigan texnologik jihozlardan: ko`pirtirgich (mikser)ning turlari, tuzilishi, ahamiyati, undan foydalanish qoidalari; sut va sut mahsuloti turlari; sut mahsulotlari sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish sharoiti va muddati; xamir turlari; o`zbek milliy taomlarini (suyuq ovqatlar) tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari; o`zbek milliy taomlaridan parxez taomlar tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish tartibi; dasturxon, salfetka-sochiqlarning turlari, ulardan foydalanish, saqlash va yuvishni bilish.
|
| |