• Men amaliyot o’tagan filialida asosiy dasturiy ta’minot IABS hisoblanadi. IABS
  • internet orqali kelib tushgan hujjatlar asosida mijozga xalqaro yoki milliy valyutadagi plastik kartasini pochta xizmati orqali yuborilishini yoʼlga qoʼyish




    Download 42.99 Kb.
    bet8/9
    Sana21.09.2023
    Hajmi42.99 Kb.
    #83206
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1- reja
    TOSHMATOV AZIZBEK 20, report (6)

    internet orqali kelib tushgan hujjatlar asosida mijozga xalqaro yoki milliy valyutadagi plastik kartasini pochta xizmati orqali yuborilishini yoʼlga qoʼyish;

  • Bosh ofis, hududiy boshqarmalar va filiallardagi axborot texnologiyalari qurilmalarni bosqichma-bosqich zamonaviy qurilmalar bilan almashtirish;

  • IP-telefoniya tizimini yanada takomillashtirish. Bosh ofis binosidagi mavjud IP-telefoniya tizimidan foydalanishni zamonaviy usulga oʼtkazish hamda har bir filiallar bilan video aloqa boʼlishni tashkillashtirish;

  • jismoniy shaxslarga kredit ajratish va depozit qabul qilish amaliyotlari uchun lozim boʼlgan birlamchi hujjatlarini masofadan almashinuvi amalga oshirish.


    Men amaliyot o’tagan filialida asosiy dasturiy ta’minot IABS hisoblanadi.
    IABS - bankning moliyaviy hujjatlari aylanishini, bankning buxgalteriya hisobi va boshqaruv hisobini amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlarga muvofiq avtomatlashtirish, shuningdek, bankning texnologik jarayonlarini samarali boshqarishni axborot-tahliliy ta’minlash uchun mo’ljallangan. Bugungi kunga kelib, "IABS" kompyuterining yangi oltinchi versiyasini ishlab chiqish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. “IABS” ShK O’zbekiston Respublikasining 8 ta bankida ishlaydi.
    Hozirgi vaqtda dunyoning rivojlangan mamlakatlari bank tizimida mijozlar bilan o’zaro munosabatlarini boshqarishda CRM (Customer Relationship Marketing) dan qo’llanish juda keng amaliyotga kiritilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu tizimni sotish xajmlari yildan – yilga ortib borishiga qaramay unga bo’lgan ehtiyoj hozirda juda kattadir. Olimlar tahliliga ko’ra Sears, Roebuck and Co.,Burger King Corp. va boshqa AQShning mashhur deb tanilgan kompaniyalari marketologlari o’zlarining faoliyati natijalariga ko’ra kompaniyalarining o’sib borayotgan talablariga asosan ular bilan qayta aloqa usullari yordamida o’z mijozlari to’g’risida aniq va muhim ma’lumotlarga erishish lozimligi to’g’risidagi xulosaga kelganlar. Ular mijoz to’g’risida barcha ma’lumotlarning to’la - to’kis bilgan holda, kompaniya unga o’z xizmatlarini taklif qilganda mijoz undan voz kecha olmaydi va albatta qabul qiladi degan fikrga kelganlar. CRM (Customer Relationship Marketing / Management) o’z mohiyatiga asosan programma mahsuloti ham emas, texnologiya ham emas. CRM

    • bu «mijozga yo’naltirilganlik» tamoyiliga asoslangan biznesni doimiy rivojlantirish bo’yicha biznes – strategiyani shakllantirishdan iboratdir. Ushbu biznes strategiya barcha mijozlar faoliyatining barcha jarayonlarida oldi – sotdini amalga oshirish to’g’risida barcha ma’lumotlarni yig’ish va tahlil etish bo’yicha ilg’or boshqaruv hamda informatsion texnologiyalardan foydalanadi. CRM - bu turli buyurtmalar bilan biznes jarayonlarining avtomatizatsiya qilish uchun muomalaga modullar yig’indisidir. Dunyodagi yetakchi CRM tizimi kompaniyalarning faoliyatini asosini hozirgi zamon mashhur o’nta kredit muassasalari mijozlari bilan ishlashdagi mantiqiy biznesni tashkil etadi. CRM tizimidan tashqari amaliyotda mijoz bilan o’zaro munosabatlarini olib borishda tajribadan o’tgan an’anaviy tizimlar ham mavjud. Lekin ular alohida olingan tijorat bankining har bir mijozga moslasha olishligini to’la ta’minlay olmaydilar. CRM tizimi texnik jihatdan tijorat bankining mijozlari to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni yig’ish, ularni qayta ishlash, tahlil etish va ma’lumotlarni operativ ravishda doimo yangilab turilishini ta’minlovchi maxsus vosita va programma ta’minotidan iborat. Bundan tashqari texnik jihatdan mijozlarning xo’jalik moliya faoliyati, marketing, sotuv, xizmat ko’rsatish sohasidagi biznesjarayonini to’liq avtomatlashtirishga imkoniyat yaratadi. Ushbu faoliyat yordamida har bir iste’molchining kompaniya faoliyatidagi ishtiroki va uning mahsulotlarining yaratilishi, ishlab chiqarilishi hamda servis xizmat ko’rsatish jarayoniga bevosita ta’sir ko’rsatishiga erishiladi. CRM tizimida ma’lumotlar, ya’ni sodda mijozlar bazasidan boshlab murakkab bank operatsiyalari bazasigacha saqlanishi mumkin. Bundan tashqari CRM tizimida juda katta analitik va marketing ma’lumotlar bazasi ham saqlanadi. Bunda bankning kafillangan mijozlari to’g’risidagi to’liq ma’lumotlardan tashqari, bank xizmatlari mahsulotlarini sotish rejasi to’g’risidagi ma’lumot ham saqlanadi. Har bir mijoz bilan ichki xujjat aylanishi to’g’risidagi ma’lumotlar tarixi CRM tizimining yagona ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Xalqaro amaliyot tajribasi shundan dalolat beradiki CRM tizimini amaliyotga kiritilishi va uning rivojlanishi barcha sohalar uchun samarador emas. Ushbu tizimni amaliyotga kiritish uchun investitsiyalar qilish quyidagi kompaniya va muassasalar uchun maqsadga muofiq xisoblanadi: - mijozlari va boshqa sohalar bo’yicha juda katta xajmdagi ma’lumotlar yig’ish, qayta ishlash va tahlil etuvchi muassasalar. Bularning tarkibiga tijorat banklari, kredit kartochkalarga xizmat ko’rsatuvchi kompaniyalar, sug’urta kompaniyalari va uyali telefon kompaniyalari kiradi; - o’z mijozlarining tarkibida yuqori darjadagi talabga ega va moliyaviy barqarorlari mavjud kompaniyalar. Ta’kidlab o’tilgan omillar eng avvalo tijorat banklari uchun o’z faoliyati natijasida mijozlari to’g’risida juda katta ma’lumotlarga ega bo’ladilar. Mijozlarning barcha hisobotlari, eksport-import operatsiyalari to’g’risidagi to’liq ma’lumotlar bilan birga ularning pul oqimlari to’g’risida ham yetarli ma’lumotga ega bo’ladilar. Shu bilan birgalikda mijozlar o’zlariga xizmat ko’rsatayotgan banklaridan ko’rsatilayotgan xizmat turlarini ko’paytirishi, ularning sifatini oshirishi va servisni doimo rivojlantirish talab etadi. Ushbu omillar esa aynan bank tizimida CRMning keng rivojlanishiga olib keldi. CRM tizimini sotib oluvchilar tarkibida aynan tijorat banklarining ulushi yuqoriligini e’tirof etadilar. Bunga asosiy sabablardan biri o’z faoliyatining xususiyatidan kelib chiqqan holda turli tijorat banklari va ularning bo’limlari turli maqsadlarni ko’zda tutadilar. Shunga asosan tijorat banklari va ularning mutaxassislari o’z mijozlari bilan o’zaro munosabatlarni boshqarishda CRM tizimini kiritishda o’zlariga mos faoliyat yuritishdagi daromad olishga harakat qiladilar. Tijorat banklarida CRM tizimidan va ulardagi ma’lumotlardan asosiy foydalanuvchilar bo’lib, mijozlar bo’limi bilan o’zaro munosabatlarini boshqaruvchi menejerlar hisoblanadi. Tijorat banklari o’z faoliyatiga CRM tizimini kiritishda quyidagi maqsadlarni qo’yadilar: Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bank mijozlari uchun ko’zga ko’rinmaydigan CRM tizimi texnologiyalarni yangi avlodlaridan foydalanishlikni taqazo etadi. Har bir tijorat banki o’z faoliyatida turli dasturlardan foydalanadilar. Ayrim tijorat banklari Outlookdan, ayrimlari Exceldan foydalanadilar. Bank faoliyatida CRM tizimini amaliyotga kiritilishi esa, tijorat banklari xizmatchilarining ish o’rinlarini o’zgarishligini, bank marketingi funksiyalarini demarkazlashuvini va mijozlar to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash hamda undan foydalanish tartibiga o’zgartirishlar kiritilishini taqazo etadi.

    Elektron hujjatlar mas'ul shaxslar imzolari o’rnini bosuvchi - elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Elektron hujjatlarni qabul qilish va qayta ishlash jarayonida ularning biror ko’rsatkichlarini o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi. Elektron hujjatlar asosida hisob-kitob operatsiyasi amalga oshirilayotganda pul hisob- kitob hujjatining asl nusxasi bankka taqdim qilinmaydi. Elektron hujjatdagi barcha ma’lumotlarning to’g’riligiga mijoz javobgar hisoblanadi.
    Bankning ichki operatsiyalari bank xodimlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq o’rnatilgan shakllarda rasmiylashtiriladigan hujjatlar bo’yicha amalga oshiriladi. Bunga, xususan, memorial orderlar, kirim va chiqim kassa orderlari, ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo’yicha memorial orderlar, kredit bo’limi hamda bankning alohida operatsiyalari bo’yicha tayinlangan mutasaddi xodimining farmoyishlari va boshqalar kiradi.
    Bank tomonidan beradigan kvitantsiyalarda so’z bilan yoziladigan summa satrning boshidan katta harf bilan boshlanishi shart. "Summa raqam bilan" rekvizitidagi summadan oldin va keyin qolgan bo’sh joyga ikki parallel to’g’ri chiziq tortib qo’yiladi. Pul omborida saqlanayotgan qimmatliklar va hujjatlarni kirim qilish va hisobdan chiqarishga doir kirim-chiqim orderlarida yakuniy summalar so’z bilan qayta yoziladi.

    Xulosa:
    Men 12-iyun 2023-yildan19-avgust 2023-yilgacha AT Xalq Banki Bòston shahar Ellikqal'a tumani fillialiga amaliyot òtash uchun keldim. Men bankning ichki va tashqi ishlari, hodimlari soni, bòlimlari, texnik ishlari bilan tnishdim. Men amaliyotda kredit tizimi bilan ishlashni, kommunal va bir martalik tòlovlarni, pul òtkazmalari, chet el valyutalari bilan ishlashni," Humo" kartalari orqali tòlov qilishni, eng muhimi mijozlar bilan suhbatda bòlish orqali ishga masulyat bilan qarab ishlashni òrgandim. Kelajakda albatta shu òrganganlarim, nazariy va amaliy bilimlarimga asosan ishlashga va o'zi ustimda yanada kòproq shuģullanishga, kasbimga masulyat bilan yondoshishga va'da beraman.
    Men amaliyot òtash uchun 12.06.2023 sanasida AT Xalq Banki Bòston shahar Ellikqal'a fillialiga keldim.Birinchi kunimda menga nazoartchim Safarbayev Rasulbek aka bank hodimlarini tanishtirdi hamda menga bu yerdagi ishlashni jarayoni haqida tushunchalar berdi. Shu kuni men kredit tizimi bilan qanday ishlash kerakligini òrgandim. Shu bilan birga qarzdorligi bor mijozlar bilan suhbat olib bordim va ularga qarzdorligi tòlashi haqida eskartma berdim.
    Menga nazoratchim tomonidan plastik kartalar bilan ishlash, "Humo" kartalari orqali tòlovlar, pul òtkazmalarini nazorat qilish tushuntirildi. Men bugun plastik kartalarni belgilangan tartibda mijozlarga tarqatish bilan shuģullandim.
    Bundan tashqari, kun bòyi bajarilgan kommunal, omonat va bir martalik tòlovlar bòyicha pul òtkazmalarini nazorat qilish va "Humo" kartalari orqali mijozlar tòlovlarini amalga oshirdim.
    Amaliyot kunimda Oliy òquv yurtlarida tòlov kantrak asosida òqish uchun ta'lim kreditlarini berish tòģrisidagi qarori bilan tanishdim. Bu qaror 318-sonli bòlib, 2001-yil 26-iyulda qabul qilingan. Mijozlarga bank kartalari asosida naqd puksiz hisob-kitoblar tizimi hamda bank xizmatlari afzalliklari, qulayliklari, va yangi iahlab chiqarilgan xizmat turlari bilan tanishdim. Kommunal va omonat, bir martalik aholi tòlovlarini qabul qildim. Bundan tashqari, nazoratchim tomonidan xorijiy E76 zalqaro pul ótkazmalari bòyicha aholiga uzluksiz xizmat kórsatish hamda "Òzbekiston eksporti" miliy tizimi bilan ham òtkazmalar amalga oshirish haqida tuahunchalar berildi. Mikro kreditlar bilan ishlashdik hamda valyuta bilan kelib tushgan masalalarni kòrib chiqdik. Valyuta ayriboshlash bilan shuģullandim. Nazoratchim bilan birga Ipoteka kreditlari olish bòyicha kelib tushgan buyurtmanomalarni kòrib chiqdik, buyurtmanomalar asosida kreditlar berildi, hamda uni qaytarish shartlari tushuntirildi.Kreditlarni berish hamda qaytarib olish bòyicha, shu bilan birga foiz tòlovlari haqida tushunchalar oldim. Yirik kupyuralarni maydalash, naqd xorijiy valyutalarni xorijiy jismoniy shaxslarga jònatishlarni amalga oshirdim.
    Va yana yangi HUMO kartalarni ochish bilan shug`ulandim nafaqat HUMO balki UZKARDni ham ochishni o`rgandim. Ko`pchilik mijozlar bir martalik yordam puli uchun pensiya uchun karta ochtirishga kelishadi , ularga davlat tomonidan karta ochish puli qoplab beriladi.
    Ishonamanki bankdagi amalyotim jarayonida o’rganganlarim kelajakdagi kasbiy faoliyatimda yordam beradi.


    Download 42.99 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 42.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    internet orqali kelib tushgan hujjatlar asosida mijozga xalqaro yoki milliy valyutadagi plastik kartasini pochta xizmati orqali yuborilishini yoʼlga qoʼyish

    Download 42.99 Kb.