Bank tasarrufidagi tashkilotlar




Download 42.99 Kb.
bet2/9
Sana21.09.2023
Hajmi42.99 Kb.
#83206
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1- reja
TOSHMATOV AZIZBEK 20, report (6)
1.Bank tasarrufidagi tashkilotlar.
"Xalq Sug‘urta" — ijtimoiy vazifalarning hal etilishida Hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajaruvchi ishonchli va barqaror tashkilotdir. Biz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlarining mulkiy va shaxsiy manfaatlarini sug‘urta qilishni taʼminlash, mikrosug‘urtalash mahsulotlarini ishlab chiqish va aholining keng qatlamlariga faol rivojlantirib olg‘a surish uchun „Xalq Sug‘urta“ sug‘urta kompaniyasini tuzdik.
"UzPaynet" kompaniyasi O‘zbekistonda 2005-yildan buyon faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu davr mobaynida biz mamlakatda 400 dan ortiq xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlarning xizmati uchun, shu jumladan, kommunal tashkilotlar xizmatiga ham 20 000 dan ortiq to‘lov shoxobchalarining har birida to‘lovni amalga oshirish mumkin. Kompaniya erishilgan natijalar bo‘yicha to‘xtab qolmay, taqdim etilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish va xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlar ko‘lamini kengaytirish uchun doimiy harakat qilib kelmoqda.

Bank mahsulotlari va xizmatlari;


Bank tomonidan anʼanaviy bank mahsulotlari va xizmatlarining barcha yo‘nalishlari, jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun depozit mahsulotlarining keng ro‘yxati, kreditning xilma-xil turlari, akkreditiv operatsiyalari, plastik kartalarni ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish, hisob raqamlarini tezkorlik bilan ochish va yuritish, jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblarini yuritish, interaktiv bank xizmatlari, xalqaro pul o‘tkazmalari, lotereya o‘yinlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Xalq banki o‘z mijozlariga xizmatlardan foydalanishning eng qulay va foydali usullarini taklif etadi.
Yuridik maqomga ega mijozlarni kichik biznes, o‘rta biznes va korporativ mijoz segmentlariga ajratgan holda ular uchun mos moliyaviy xizmatlar va bank mahsulotlari taklif qilinmoqda. Yuridik shaxslar uchun 20 xildan ortiq milliy va horijiy valyutada kreditlar ajratiladi. Bugungi kunga kelib 265 215 ta yuridik mijozlar hisob raqami mavjud bo‘lib, shundan 120 388 tasi (45 %) harakatdagi mijozlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bank nafaqat chet ellik mutaxassislarni jalb qilish bilan shug‘ullanadi, balki xorijiy banklar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Jumladan:
1. AQShning „Cargill Financial Services International, Inc.“ moliya muassasasidan 94 mln. AQSh dollar;
2. „Osiyo taraqqiyot banki“ (ABR)dan chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 50 mln. AQSh dollar;
3. Turkiyaning Aktif bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha dastlabki 2 mln. AQSh dollar;
4. Rossiyaning „Roseksim banki“dan 10 mln Yevro ekvivalentida (11 mln. AQSh dollarga teng);
5. „Transkapitalbank“dan 18 mln. AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari;
6. Yaponiyaning „Yaponiya xalqaro hamkorlik agenligi (JICA)“dan 30 mln. AQSh dollar;
7. Qozog‘istonning „First Heartland Jýsan Bank“ bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha 5 mln AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari jalb qilindi;
8. „ICBC Standard Bank Plc“dan 25 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi;
9. „Deutsche Bank“dan 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi.
Joriy yilda bank tomonidan quyidagi xorijiy kredit liniyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borildi. Jumladan; — „Raiffeisen Bank International AG“ (Avstriya) banki bilan 1 aprelda loyihalarni moliyalashtirish doirasida qiymati 50 mln Yevro miqdoridagi Bosh kelishuv imzolandi. (60 mln AQSh doll. ekv.) Mazkur mablag‘lar hisobidan jami 11 mln. AQSh dollar miqdoridagi nooziq-ovqat sanoat sohasidagi loyihalar moliyalashtirildi. — PJSC „Sovcombank“ (Rossiya) banki bilan 6 aprelda milliy valyutada 419 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ olish bo‘yicha 4 yillik kredit shartnomasi imzolandi. (40 mln AQSh doll. ekv.) Jalb qilingan mablag‘ filiallar tomonidan savdo va chakana kreditlar uchun ajratilmoqda.

Xalq banki


1875 - Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O'zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg'arma kassalar 1875-yilda tashkil etilgan.

1995 - O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O'zjamg'armabank» Davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tashkil etildi.


2015 - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o'zgartirildi.





Download 42.99 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 42.99 Kb.