• 2. Bank balansi hisoboti
  • Bank Ustavining 15-bandiga asosan




    Download 42.99 Kb.
    bet5/9
    Sana21.09.2023
    Hajmi42.99 Kb.
    #83206
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1- reja
    TOSHMATOV AZIZBEK 20, report (6)
    Bank Ustavining 15-bandiga asosan:
    Bank o‘z aksiyalarini sotib olish uchun Markaziy bankdan oldindan ruxsat olishi shart. Bank sotib olgan o‘z aksiyalarining miqdori bank ustav kapitalining o‘n foizidan oshmasligi kerak.
    Bank o‘z aksiyalarini sotib olish uchun oldindan ruxsat olish maqsadida bank o‘z aksiyalarini sotib olish sabablarini ko‘rsatib, bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishining qarori va arizasini Markaziy bankka taqdim etadi.
    2. Bank balansi hisoboti.

    Tijorat banklarida har kuni qonun va me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda bir qator operatsiyalar bajaradilar. Operatsiyalarning bajarilishi va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirilishi to’g’risida hisobot tuzilishlari va ularni tegishli tashkilotlarga takdim etishlari lozim. Tijorat banklari tomonidan tuziladigan eng asosiy hisobot kundalik balansidir.


    O’zbekiston Respublikasi banklari buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida kundalik balans tuzadilar. Bunday hisobot shakli va hajmi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilab qo’yilgan. Tijorat banklarining filiallari har kuni hisobvaraqlarning kun ohiridagi qoldiqlari bo’yicha ikkinchi tartib hisobvaraqlari yuzasidan balans hisoboti tuzib, tijorat bankining viloyat bo’limiga taqdim etadi. Tijorat banklari filiallari bu ma’lumotlarni alohida fayl bilan so’m va tiyinlarda modem bo’yicha jo’natadilar.
    Tijorat banklarining viloyat boshqarmalari olingan balanslarni tekshirib, o’z tizimlari yuzasidan viloyat bo’yicha jamlanma balans tuzadilar, uni Markaziy bankni hududiy bosh boshqarmalariga taqdim etadilar. Markaziy bank bosh boshqarmalari butun viloyat bo’yicha balansning hamda Markaziy bank bo’yicha jamlanma balansni umumlashtiradilar va uni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ishlab chiqqan maxsus dastur yordamida modem orqali jo’natadilar.
    Buxgalteriya hisobi va hisobot departamentida balanslar tijorat banklari bo’yicha alohida, Markaziy bank bo’yicha jamlama balans tuziladi. Markaziy bank balansi Buxgalteriya hisobi va hisobot departamentida tahlil qilinadi, tijorat banklarining balansini esa tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti tahlil qiladi. Tahlil natijalari bo’yicha kamchiliklar tegishli banklarga ma’lum qilinadi.
    Kunlik balansdan tashqari bankda boshqa hisobotlar ham tuzib boriladi, har bir hisobotning belgilangan shakllari, ularni topshirish muddatlari alohida belgilanadi.
    Hisobotlarning maqsadi, topshirish muddatlari va shakllari «O’zbekiston Respublikasi banklarida statistika hisobotlarini tashkil etish qoidalari» nomli 221-yo’riqnomada bayon etilgan. Bu hisobot shakllariga qo’yidagilar ilova qilinadi:

    • 19909 - «Tovar moddiy boyliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’langan summalar» nomli‚ 29802 - «Puli to’lanadigan hisobvaraqlar» nomli, 16505 - «Bitkazilmagan qurilish» nomli hisobvaraqlar bo’yicha qoldiqlar qaydnomasi;

    • aniqlanguncha o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha o’tkazilgan summalar qaydnomasi, shuningdek qaydnomaga «Kliring transaktsiyalari degan 17301, 23202, «Aniqlanish jarayonidagi transaktsiyalar 17305, 23206 hisobvaraqlar bo’yicha qoldiqda turgan har bir summa ham kiritiladi. Yuqorida aytilgan hisobvaraqlarda qoldiq bo’lmasa, bu haqda balans hisobotiga yozib qo’yiladi.

    Har bir hisobot shakli va qaydnomalarini bank rahbari hamda bosh buxgalteri mufassal ko’rib chiqishi va imzolashi kerak. Kassa operatsiyalari bo’yicha hisobotlariga ulardan tashqari katta kassir yoki kassa mudiri ham imzo chekadi. Banklarda xududiy viloyat boshqarmalari, shuningdek Qoraqolpog’iston Respublikasi boshqarmasi tegishlicha o’z banklariga hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hisobot topshiradilar.
    Yuqori banklarga kelib tushgan buxgalteriya hisobotlari tekshiriladi, tahlil qilinadi va uning asosida zarur boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.
    Hisobot ma’lumotlarida nomuvofiqlik borligi aniqlansa, uning sabablari eng qisqa muddatda topilishi va tartibga solinishi lozim. Banklarning viloyatlardagi (har kuni), respublikalardagi (har oyda) rahbarlari balanslarni ko’rib chikishlari hamda bosh buxgalterning ularga qarashli banklarda buxgalteriya ishi, buxgalteriya hisobi va hisoboti ahvoli, shuningdek, bu ishda aniqlangan kamchiliklarni qanday bartaraf etilayotgani to’g’risidagi axborotni tinglashi kerak.
    Yillik buxgalteriya hisoboti tarkibi, mundarijasi va uni taqdim etish tartibi O’zbekiston Respublikasi banklarining aloxida ko’rsatmalari bilan belgilab qo’yiladi. Respublika tijorat banklari buxgalteriya balanslarini nushasini va boshqa shakldagi hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli departamentlariga taqdim etadilar.
    Hozirgi kunda banklar «balans hisoboti» deb yuritiladigan hisobot tuzadilar.
    Balans ikki qismidan, ya’ni aktiv va passiv qismlardan iborat. Aktiv va passiv tomonlarning o’zaro tengligi balans to’g’ri chiqarilganligi‚ bank ish kuni to’liq yakunlanganligini bildiradi. Balansning aktiv tomoni naqd pullar, Markaziy bank vakillik hisobvarag’i, xorijiy valyutadagi pul mablag’lari, majburiy zahiralar fondi, qimmatbaho qog’ozlarga qo’yilmalar, kreditlar, sarmoyalar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar kabi asosiy hisobvaraqlardan tashkil topgan. Passivlar qismi o’z ichiga depozitlar, boshqa banklardan olingan kreditlar, bank chiqargan qarz majburiyatlari, aktsionerlik kapitali kabi hisobvaraqlarni oladi.
    Endi bank balansi aktiv va passivlarining qisqacha tavsiflarini qo’rib chiqamiz. Aktivlar tavsifini «naqd pullar»dan boshlaymiz.
    Naqd pullar - bank mablag’lari toyifasi bo’lib, bankning to’lov faoliyatining ahvolini belgilaydi va mijozlarning naqd pulga bo’lgan talablarini qondirish uchun bankning mijoz oldidagi o’z majburiyatlarini bajarish qobiliyatini ochib beradi.
    Banklarning vakillik hisobvarag’i
    Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i bo’lib, unda ayni paytda bankda mablag’lar borligi aks ettiriladi. Har qanday bankning hisobvarag’i Markaziy bankda turadi va aktiv hisobvaraq bo’lib hisoblanadi. Mablag’ o’tkazish yoki mablag’larning tuzilishi bo’yicha bank amalga oshiradigan hamma operatsiyalar vakillik hisobvarag’ida aks ettiriladi.
    Xorijiy valyutadagi pul mablalari - tijorat banklarining valyuta bozoridagi operatsiyalari xajmini belgilaydi.
    Majburiy zahiralar fondi Markaziy bankdagi alohida hisobvarag’ida turadigan bank mablag’lari bo’lib, O’zbekistonning hamma tijorat banklari tomonidan majburiy tartibda zahiralanadi, bu esa tijorat bankning likvidligini saqlab turishiga ma’lum darajada kafolat bo’ladi. Majburiy zahiralar fondiga ajratmalarning foiz stavkalarini belgilash Markaziy bank tomonidan o’tkaziladigan tijorat banklari likvidligini saqlab turishining eng ta’sirchan mexanizmi hisoblanadi.
    Qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalari tijorat bankning fond bozoridagi operatsiyalarini aks ettiradi va balans aktivining boshqa ko’rsatgichlari bilan taqqoslanganda, qimmatli qog’ozlar bilan bo’ladigan operatsiyalarda bankning amaliy faolligini ifodalaydi. Tijorat bankining qimmatli qog’ozlari emitentlar maqomiga qarab ikki toifaga bo’linadi:

    • Hukumat yoki Markaziy bank chiqargan qimmatli qog’ozlar;

    • Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar chiqargan qimmatli qog’ozlar kiradi.

    Hukumat yoki Markaziy bank chiqargan qimmatli qog’ozlar yuqori darajada likvidligi bilan ajralib turadi, ammo bu qog’ozlarning daromadliligi boshqa emitentlar chiqargan qimmatli qog’ozlarnikidan bir muncha past buladi.
    Kreditlar-tijorat banklarining ssudaga doir operatsiyalari bank foyda olishining belgilovchi moddasi hisoblanadi. Balansda kredit muddatlari (ya’ni qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli ssudalar) va xalq xo’jaligidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning qaysi mulkchilik shakliga berilishiga qarab klassifikatsiya qilinadi.
    Sarmoyalar-bankning xo’jalik yurituvchi boshqa sub’ektlar, moliya. tashkilotlari faoliyatidagi .ulushli ishtirokini ko’rsatadi. Bank sarmoyalari korxona faoliyatini boshqarish yo’li bilan foyda, dividendlar yoki boshqa turdagi daromad olish maqsadida bank turli loyihalarga yo’naltirilgan mablag’lar hajmini ifodalaydi.
    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar-bank aktivlarining asosiy moddalaridan biri bo’lib hisoblanadi, chunki bank o’z faoliyatini tashkil qilish uchun moddiy bazaga, operatsiyalarni bajarish uchun shart-sharoitga ega bo’lishi lozim. Bankning asosiy vositalariga bino-inshootlariga, kapital qurilish uchun bank tomonidan qilingan harajatlar, ofis va ish mebeli, jixozlar, kompyuter va boshqa hisoblash texnikasi, aloqa vositalari va hokazolar kiradi. Markaziy bank belgilangan me’yorlar tijorat bankining kapital xarajatlari miqdorini bank aktivining 10 foiz miqdorida cheklaydi.
    Endi bank balansining passiv qismidagi moddalar bilan tanishib chiqamiz.
    Bank balansining passiv qismi depozitlardan boshlanadi. Depozitlar-bankning boshqa sub’ektlardan xarid qilingan manbalarni ifodalaydi. Ular talab qilib olinadagan, jamg’armali va muddatli depozitlarga bo’linadi. Talab qilib olinadigan depozitlardan tashqari barcha depozitlar kredit resurslarning eng barqaror manbalaridan hisoblanadi. Jalb qilingan manbalardan muddatli depozitlar ulushining oshishi qo’yilmalarni uzoqroq muddatga, shu bilan birga, yuqoriroq foiz bilan amalga oshirish imkonini beradi, bu esa bankning omonatlar (depozitlar) bo’yicha foiz xarajatlarni qisqartiradi va foyda olish hamda likvidlik manfaatlariga hizmat qiladi.
    Boshqa banklardan olingan kreditlar - tijorat bankining bo’sh mablag’larini qayta taqsimlash borasida boshqa moliya muassasalari bilan o’zaro munosabatlarini ifodalaydi. Ammo, banklararo kreditlar bir tomondan boshqa mablag’larga nisbatan olishga osonroq hisoblangani bilan ikkinchi tomondan eng qimmat kredit manbalari bo’lib sanaladi. Tijorat bankining jalb qilingan mablag’larda banklararo kreditlari ulushining kattaligi uning depozit siyosati yaxshi ishlab chiqilmaganligini ko’rsatadi.
    Bank chiqargan qarz majburiyatlari moddasida Tijorat banki tomonidan chiqarilgan qarz majburiyatlari aks ettiriladi. Qarz majburiyatlarini chiqarishga bankka uzoq muddatli manbalarni bank uchun qulay shakllantirsh imkonini beradi. Bundan tashqari, bu katta xajmdagi qarz mablag’lari bank uchun qulay bo’lib hisoblanadi, chunki uning pulini to’lab va qaytarib olish sanasi oldindan ma’lum bo’ladi, bu esa o’z navbatida bankning to’lay olmaslik xavfini kamaytiradi.
    Bank passivlarining asosiy moddalaridan biri aktsiyadorlik kapitalidir. Tijorat bankining aktsiyadorlik kapitali, bankning o’z mablag’lari hajmini ifodalaydi. Markaziy bank tijorat banklarining kapital hosil qilish darajasi va tuzilmasini tartibga solib turadi, bu esa bank operatsiyalarini daromadliligini - yaxshilaydi, umuman tijorat faoliyati muvaffaqiyatli bo’lishini ta’minlaydi.
    Bank tizimiga ishonchni mustahkamlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat bankning moliyaviy faoliyatining sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib bormokda. O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonunning 42-moddasiga, shu bilan birga «O’zbeksiton Respublikasi Markaziy bank to’g’risida»gi va «Buxgalteriya hisobi» to’g’risidagi Qonunlarga muvofiq banklarning e’lon qilinadigan hisobotlariga doir O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablari to’g’risida Nizom ishlab chiqildi. Ushbu Nizomning ishlab chiqilishi Tijorat banklari yillik hisobotlarining ochiq matbuotda e’lon qilinishi dunyoda muayyan darajada oshkoraligi bilan ajralib turadigan bank tizimini yaratish uchun dastlabki qadam bo’ldi. Nizomga ko’ra barcha banklar o’z yillik hisobotlarini, jumladan, balans hisobotini matbuotda e’lon qilishlari lozim. Quyida respublika banklaridan birining yillik taxminiy balans hisoboti ma’lumotlarini keltiramiz.
    Bankning balansi hisoboti:
    Ming so’m hisobida

    1. Naqd pullar

    94894

    2. Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i

    443382

    3. Xorijiy valyutadagi pul mablag’lari

    598

    4. Majburiy rezervlar fondi

    148742

    5. Qimmatli qog’ozlarga yo’naltirilgan investitsiyalar

    673

    6. Moliya muassasalari, korxonalar va tashkilotlarga, aholiga berilgan qarzlar

    1350818

    Shu jumladan:

    1. boshqa banklarga berilgan qarzlar

    2. xorijiy valyutada berilgan qarzlar










    7. Investitsiyalar

    13650

    8. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar

    553322

    9. Boshqa aktivlar

    1798181

    Jami aktivlar

    4412260

    M a j b u r i y a t l a r




    1. Depozitlar, shu jumladan:

    1975761

    a) Xorijiy valyutada







    b) Talab qilib olinguncha saklanadiagn

    1566974

    v) Jamg’arma

    21068

    g) Muddatli

    484138

    2. Boshqa banklardan olingan kreditlar

    640875

    Z. To’lanmagan aktseptlar







    4. Boshqa passivlar

    1171676

    Majburiyatlarning hammasi

    3884729

    S A R M O Y a




    1.Aktsiyadorlik sarmoyasi

    202914

    2.Rezerv sarmoyasi

    286894

    Z.Taqsimlanmagan foyda

    37723

    4.Sarmoyaning hammasi

    527531

    JAMI PASSIVLAR

    4412260

    BALANSDAN TAShQARI HISOBVARAQLAR




    1.Bank tomonidan berilgan kafolatlar va kafilliklar

    241980

    2.Boshqa ko’zda tutilmagan holatlar hisobvarag’i

    111880232

    Balansdan tashqari hisobvaraqlar bo’yicha jami

    112122212

    Yuqoridagi 2003 yil 1 yanvar holatiga berilgan balans hisobotida bank aktivlari 4412260 ming so’mni, bank passivlari ham 4412260 ming so’mni tashkil etgan (majburiyatlar 3884729,0 ming so’m‚ sarmoya 527531,0 ming so’m). Hisobot balansida balansdan tashqari hisobvaraqlari bo’yicha ham ma’lumot berilgan bo’lib, ular bank tomonidan berilgan kafolatlar hamda boshqa ko’zda tutilmagan holatlar bo’yicha hisobvaraqdardir.
    Lekin balansdan tashqari hisobvaraq ma’lumotlari balans natijasiga ta’sir ko’rsatmaydi, chunki ular balansdan tashqarida hisobga olinadi.
    E’lon qilinayotgan tijorat banklari balanslarining shakli Markaziy bank tomonidan dunyo andozalariga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, xalqaro buxgalteriya hisobi tizimida qo’llaniladigan tuzilishga ega. Demak, tijorat banklari balansining aktivlari ularning likvidlilik darajasiga qarab joylashtirilgan bo’lib, turli moliyaviy tavakkalchiliklarga duchor bo’lish darajasi ham hisobga olinadi. Balans passivlari esa muddatlilik darajasiga va qiymatiga qarab muayyan tartibda joylashtiriladi.

    Download 42.99 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 42.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bank Ustavining 15-bandiga asosan

    Download 42.99 Kb.