|
Manzarali ko‘kalamzorlashtirishga
|
bet | 11/11 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 34,54 Kb. | | #258269 |
Bog'liq 1‑Modul. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlashning nazariy -fayllar.orgManzarali ko‘kalamzorlashtirishga avtomobil yo‘llarini dekorativ manzarali ko‘kalamzorlashtirish kiradi.
Avtomobil yo‘llari mintaqasida joylashgan daraxtlar atrof-muhitni himoya qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga va avtomobil yo‘llarini foydalanish ko‘rsatkichlarini uzaytirish uchun xizmat qiladi.
Daraxtlar avtomobillardan keladigan shovqinni ma’lum darajada pasaytiradi.
Yemirilishga qarshi ko‘kalamzorlashtirish yo‘lni yog‘in suvlarining buzuvchi ta’siridan, shamolning yemiruvchi xususiyatidan himoya qilish uchun ishlatiladi. Asosan yo‘l cheti, qiyalik va suv oqib ketadigan ariqchalarning himoya qilinmagan tuproq yuzasi yemiriladi.
Tuproqni yemirishdan samarali himoya qiladigan choralardan biri unga ildizi 20 sm va undan ko‘p tuproqqa kirib zich va mustahkam chim qatlami hosil qiladigan o‘simlik ekish hisoblanadi.
O‘simlik qatlami tuproqni himoya qilishdan tashqari yo‘lni estetik bezash elementi ham bo‘ladi.
Shovqin, gaz va changdan himoya qiladigan daraxt va butalarning ekilish sxemasi
Yo‘ldan 1-qator – past buta Yo‘ldan 2-qator – baland buta Yo‘ldan 3-qator – tegishli daraxt navi
Yo‘ldan 4-qator – asosiy daraxt navi Yo‘ldan 5-qator – tegishli daraxt navi Yo‘ldan 6-qator – baland buta
Qordan himoya qiladigan ko‘kalamlash-tirishning maqsadi yo‘lda qor to‘planishini oldini olib, qorning qalinligiga qarab daraxtlar qatori va orasidagi masofasi belgilanadi.
Ko‘kalamlashtirishning bu turi bitta yoki bir nechta tasma ko‘rinishida hosil qilinadi, qorning kelishi kam bo‘lsa archa yoki butalardan yashil to‘siq ekiladi.
Avtomobil yo‘llari qumli cho‘llardan o‘tgan joylarda daraxt-buta ekinlari ekish orqali himoyalash va qumlarni mustahkamlashga erishiladi.
Yo‘l bo‘yidagi ihotazorlar yo‘llarining foydalanish muddatini uzaytirish bilan birga, haydovchi va yo‘lovchilarga mikroiqlimni nomoyon etadi.
Shovqin, gaz va changdan himoya qiladigan ko‘kalamzorlashtirishga yo‘lning aholi punktlaridan, ularga yaqin joydan o‘tadigan, kurort zonalar, davolash muassasalari, qo‘riqxonalar, ov qilish joylari, milliy bog‘lar, qimmatli qishloq xo‘jaligi ekiladigan dalalar yaqinidan o‘tadigan qismlari yoqasiga ekiladi. Ko‘kalamlashtirishning bu turi maxsus tanlangan, bir necha qator qilib zich ekilgan daraxt va butalardan iborat bo‘ladi, yo‘ldan shovqin, gaz va yo‘l qoplamasi ustida yig‘iladigan chang kelishiga samarali to‘siq bo‘ladi.
Dekorativ ko‘kalamlashtirish AYni atrof-muhit bilan uyg‘un qiladi. Ko‘kalamlashtirishning bu turida yangi daraxtlar, butalar ekilishidan tashqari yo‘l yoqasidagi o‘simliklar saqlanadi, ular atrofidagi manzara bilan uyg‘un bo‘ladigan yoki jozibasiz joylarni berkitadigan o‘simliklar bilan to‘ldiriladi.
Dekorativ o‘simliklar harakat xavfsizligini ta’minlash uchun ham ekiladi, ular uzoq masofadagi, ayniqsa qatnov qismidan ko‘rinmaydigan joydagi yo‘l trassasini belgilab turadi; haydovchilarni yo‘l birikishi yoki kesib o‘tishidan ogohlantiradi, yon tomondan keladigan shamoldan himoya qiladi va hk.
http://fayllar.org
|
| |