Bahor, yoz va kuz davrida supurish va qoplama chang bo‘lishini oldini olish, yo‘l inshootlarni va yo‘l belgilarini oqlash, yo‘l to‘siqlari, ariqlar va yon ariqchalar, lotoklar, suv o‘tkazuvchi quvurlar, yo‘l o‘tkazgich, ko‘priklarning, tayanch qismini tozalash va yuvish, yo‘l chekkasini chiqindi va begona o‘tlardan tozalash, daraxtlarni butalash va parvarishlash daraxtlarni oqlash, kam hajmli mayda ta’mirlash ishlarini bartaraf etish va h.k
Bahor kelishi bilan barcha turdagi qoplamalar qishki sirpanchiqda ishlatilgan materiallardan tozalanadi. Bugungi kunda saqlash ishlarida zamonaviy universal mashinalarni ishlatish davr talabi bo‘lib qolmoqda.
Yozda takomillashtirilgan qoplamalarni saqlashda suv sepuvchi mashinalar yoki mexanik chyotkalar bilan tozalashdan iborat bo‘ladi. Yozda quyosh nuri ta’sirida qoplamaning ayrim joylarida ortiqcha bog‘lovchi materiallar chiqib qolishi mumkin. Bunday uchastkalarga oz miqdorda (0,1 ÷ 0,2 l/m2) organik eritmalar (kerosin, solyarka, moy) bilan ishlov berib, ketidan mayda tosh yoki yirik qum sepiladi va 0,5 soatdan keyin mashina bilan supirib tashlanadi.
Kuzda turli qoplamali yo‘l to‘shamalarini saqlash ishlari qishga tayyorgarlik ishlaridan iborat bo‘ladi: qoplama tozalanib, yoriqlar berkitiladi va qoplama yuzasidagi suvlarning oqib ketishi bo‘yicha choralar ko‘riladi
Yilning turli faslardagi ishlar qoplama turlariga qarab belgilanadi. Gruntli yo‘llarni saqlash ishlarida yuzani avtogreyder yoki boshqa mashina bilan tekislash va chuqur izlarga grunt tashlab, katok bilan zichlash ishlari amalga oshiriladi. Mayda chaqiq toshli qoplamali yo‘llarda ko‘ndalang va bo‘ylama chuqur ishlari yo‘qotiladi, qatnov qismidan suv ketgaziladi, yilning quruq fasllarida chang suv sepish yoki emulsiya bilan bostiriladi. Bahor, yoz va kuzda vaqti-vaqti bilan tekislab qo‘yiladi.
Qoplamani loydan tozalash bahor, yoz va kuzda muntazam bajariladi. Yo‘lning qatnov qismini loy bo‘lishi, ilashish koeffitsientini pasaytiradi. Chuqurchalarda qolgan loy qurib, chang hosil qiladi. Qoplamani yeyilishi natijasida ham chang hosil bo‘ladi. Changga qarshi bog‘lovchi materiallar sepiladi.
|