Yo‘l poyini va yo‘l mintaqasini saqlash
Yo‘l poyini saqlash bo‘yicha ishlar uning geometrik shaklini
saqlanishiga, yo‘l poyi, yo‘l yoqasi va yo‘l yon qiyaligining ustivor-
ligini va mustahkamligini ta’minlashga, suv o‘tkazuvchi va suv
qochiruvchi qurilmalarni doimiy ishchi holatda saqlab turishga
yo‘naltirilgan.. Yo‘l poyini yilning davrlari bo‘yicha saqlashning
asosiy vazifalari quyidagilar:
-bahorgi davrda – yo‘l poyi gruntlarini qor va grunt
suvlaridan namlanib ketishini bartaraf qilish;
-yozgi davrda yo‘l yon qiyaligi va yo‘l chetini, suv qochiruvchi
qurilmalarni tozalash va ularning no‘qsonlarini bartaraf
qilish bo‘yicha ishlarni bajarish;
-kuzgi davrlarda – yo‘l poyini atmosfera yog‘inlaridan ko‘p
namlanishini oldini olish, uning tarkibiy qismidagi
tuproqlarning eng kam namligini ta’minlash.
-kuzgi davrlarda – yo‘l poyini atmosfera yog‘inlaridan ko‘p
namlanishini oldini olish, uning tarkibiy qismidagi
tuproqlarning eng kam namligini ta’minlash.
O‘tuvchi va past turdagi qoplamali yo‘llarni saqlash. Qoplamaning ravonligini yaxshilash va yo‘l to‘shamasi ustki yuzasi bo‘yicha mineral materialni bir tekis taqsimlash maqsadida qoplamani qiyalab tekislash amalga oshiriladi, ba’zi chuqurlar, g‘ildirak izlari bartaraf qilinadi.
Yozgi davrlarda yomg‘irdan keyin zarurat bo‘lganda pardozlash ishlari bajariladi. Kuzda pardozlash shunaqangi hisob bilan qilinadiki, bunda qoplama qishgi ekspluatatsiyada tekis, g‘ildirak izi va ko‘ndalang to‘lqinlarsiz bo‘lishi ta’minlansin. Yilning quruq va issiq davrlarida normal harakat sharoitini ta’minlash uchun qatnov qismining changlanadigan qoplamasida va mustaxkamlanmagan yo‘l yoqasida, ayniqsa aholi yashash joylari va avtobus bekatlari chegarasida changsizlantirish bo‘yicha ishlar bajariladi.
|