1 Yo‘l inshootlarini muntazam nazorat qilib turish va ularni qo‘riqlash;
2 Yo‘l inshootlarini toza saqlash;
3 Yil davomida yo‘lning barcha inshootlarida sodir bo‘lgan joriy nuqsonlarni tezda bartaraf etish;
4 Yo‘l uchun ajratilgan mintaqani ko‘kalamzorlashtirish va uni saqlab turishni muntazam nazorat qilish;
5 Yo‘l harakati ishtirokchilari uchun xavfsizlikni va qulayligini ta’minlash;
6 Yo‘l inshootlarning xizmat qilish sharoitini o‘rganish va tahlil qilish;
3-mavzu: AVTOMOBIL YO‘LLARINI SAQLASh TEXNOLOGIYaLARI
Reja:
1. Avtomobil yo‘llarini bahor, yoz va kuz davrlarida saqlash ishlari. Yo‘llarni saqlash ishlari texnologiyasi va uni tashkil etish.
2.Yo‘l poyini, to‘shamasini va qatnov qismini saqlash.
3. Yo‘l jixozlarini, yo‘l xizmat bino va inshootlari saqlash.
Yo‘lni saqlash ishlaridan asosiy maqsad, yo‘lning qatnov qismini TFK sifatlarini barqaror ushlab turishdan iborat bo‘lib, bunda TVlarining ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan nuqsonlar, muzlab ko‘pchish, ortiqcha namlanish, tabiiy iqlim ta’siridan keladigan buzilishlarni yo‘qotishdir. Bular muntazam ishlar sirasiga kirib, ular yo‘llarni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlarning texnika vositalari, moddiy va mehnat resurslari bilan bajariladi.
Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini saqlashning asosiy vazifasi - yilning istalgan vaqtida avtomobil harakatini uzluksizligini va xavfsizligini ta’minlash shartlari bo‘yicha qo‘yilgan talablarga muvofiq, yo‘llarni saqlash va doimiy qarashni ta’minlashdan iboratdir.
Avtomobil yo‘lidagi barcha elementlarni va sun’iy inshootlarni, yo‘lning qatnov qismini, yo‘l poyini hamda yo‘l mintaqasida saqlash ishlarini tashkil qilish ishlari ikki guruhga bo‘linadi.