|
2- mavzu. Parafinlar. Olefinlar. Quyi va yuqori olefinlar. Piroliz va kreking jarayonlari texnologiyasi
|
bet | 10/17 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 41,74 Kb. | | #139927 |
Bog'liq 2- mavzu. Parafinlar. Olefinlar. Quyi va yuqori olefinlar. Pirol-fayllar.orgPiroliz natijasida hosil bo'lgan mahsulot chiqimi, destruksiyaga uchratish darajasi xomashyoning uglevodorod tarkibiga bog'liq. C2-C4 tarkibli gazlar va benzin fraksiyasidagi n-parafinlarni piroliz qilish natijasida, asosan pirogaz hosil boladi (5-jadval). Piroliz jarayoni isitiladigan reaktorlarda olib boriladi. Jarayonga quyidagi texnologik parametrlar ta'sir etadi: temperatura, xomashyoni reaktorga kelish vaqti va suv bug'i konsentratsiyasi (suyultirgich). Temperatura ko'tarilishi bilan reaksiya tezligi ortadi. Piroliz jarayoni unumdorligi xomashyoni reaksiya zonasiga kelish vaqtiga bog`liq.
Piroliz jarayoni isitiladigan reaktorlarda olib boriladi. Jarayonga quyidagi texnologik parametrlar ta'sir etadi: temperatura, xomashyoni reaktorga kelish vaqti va suv bug'i konsentratsiyasi (suyultirgich). Temperatura ko'tarilishi bilan reaksiya tezligi ortadi. Piroliz jarayoni unumdorligi xomashyoni reaksiya zonasiga kelish vaqtiga bog`liq.
Suv bug'ini piroliz reaktorlariga yuborishdan asosiy maqsad, uglevodorodlarni parsial bosimini pasaytirish va oraliq reaksiyalar tezligini kamaytirishdir. Suv bug'i konsentratsiyasi ortishi bilan etilen, buten, butadien hosil bo'lishi ko'payadi, aromatik uglevodorodlar chiqimi kamayadi.
Trubkasimon piroliz pechi 3-rasmda ifodalangan. Piroliz jarayoni 850-870°C sodir bo'ladi.
3-rasm. Piroliz pechining sxemasi: 1-korpus; 2-panel gorelkalar; 3-radiant kameralar; 4-vertikal trubalar; 5-konveksion kamera.
Suyuq yoki gazsimon yoqilg'i 2-gorelkaga yuboriladi va yoqiladi, Piroliz pechining 3-seksiyasi 4-vertikal trubalardan tashkil topgan. Trubalarda piroliz jarayoni sodir bo'ladi va shu yerda temperatura rejimiga alohida e'tibor beriladi. Qisman sovutilgan gaz 5-konveksiya kamerasiga keladi. Bu yerdagi trubalar seksiyasida xomashyo va bug'-ajratgich kerakli temperaturagacha qizdiriladi, shundan so'ng ular trubalarning radiant seksiyasiga boradi va piroliz mahsulotlari keyingi qayta ishlash bosqichiga ketadi.

| |