• Toshkent-2023. Topshiriq.
  • Abrorbek Komilov
  • Kafolatlangan tolov xati (namunasi)
  • 2 -topshiriq. Bajardi: Kamilov Abrorbek Guruh: 121-20 eto' Tekshirdi: Raximova Umida Toshkent-2023. Topshiriq




    Download 20.01 Kb.
    Sana16.05.2023
    Hajmi20.01 Kb.
    #60398
    Bog'liq
    Sultonova Nilufar (1), onkologik-kasalliklarda-psixologik-diagnostika-metodikalarini-tatbiq-etish-xususiyatlari, Raximova Roxat Bo ysoatovna, Payvand konstruksiyalarini ishlab chiqarish

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    Ish yuritish huquqi (ma’ruza) fani bo’yicha
    2 -Topshiriq.


    Bajardi: Kamilov Abrorbek
    Guruh: 121-20 ETo'
    Tekshirdi: Raximova Umida


    Toshkent-2023.
    Topshiriq.


    1. O‘qish va jamoat ishlarida ijobiy ishlari bilan o‘zini ko‘rsata olgan guruhdoshingizni o‘zi tanlagan magistratura mutaxassisligiga hujjat topshirishi uchun tavsiyanoma yozing.

    2. Kafolat xati bilan da’vo xatining zaruriy qismlari o‘rtasidagi farqlarni izohlab bering. Kontrakt-to‘lov pulini belgilangan muddatgacha o‘tkazish haqida kafolat xatini yozing.


    Tavsiyanoma.
    Men Aliyev Anvar Muzaffar o’g’lini 2020-yildan beri yaqindan taniyman. U bilan 2020-yilning sentabr oyidan boshlab Toshkent Axbarot Texnologiyalar Universiteti Iqtisodiyot va menejment fakulteti “ Elektron tijorat “ yo’nalishi 121-20-guruhda birga o’qiymiz. Bu davr ichida u bilim saviyasi va malakasini oshirishga intilib, bir qancha maqolalari ilmiy puxtaligi bilan ajralib turib, tirishqoq talaba sifatida namoyon bo’ldi. O’qish davrida universitet ilmiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib seminarlar, konferensiyalar va davra suhbatlarida o’z ishlari bilan qatnashib kelmoqda.
    Aliyev A.M. intizomli, mehnatsevar, har qanday ishga mas’uliyatli yondashishi bilan jamoada obro’ qozongani hamda o’tgan shu qisqa davr ichida u o’zining ilmiy kuzatishlar olib borishga layoqatli ekanligini ko’rsatdi.
    Men yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, bitiruvchi Aliyev A.M. ning o’z iqtisosligi bo’yicha o’qishini muvaffaqiyatli davom ettira olishiga ishonch bildiraman hamda uning nomzodini magistraturada o’qishga tavsiya etaman.

    (imzo) Iqtisodiyot va menejment fakulteti talabasi:


    Abrorbek Komilov
    06.05.2023

    Da'vo xati- BU ma'lum bir muassasaning boshqa bir idora yoki transport tashkilotlariga nisbatan talab va e'tirozlari bayon qilingan xatlar – da'vo xatlari yoki da'vonomalar deb yuritiladi. Da'vo xatlari tovar yetkazib berish, qurilish ishlari, ijara, yuk tashish va shu kabi bir qancha ishlar bo‘yicha tuzilgan shartnomalar bajarilmay qolganda, o‘z qonuniy huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi. Da'vo xatlarida, asosan, shartnoma (bitim)ga ko‘ra o‘z zimmasiga olgan majburiyatini buzgan tomon yetkazgan zararni qoplash talab qilinadi.


    KAFOLAT XATI - BU NIMA?
    Kafolatlangan to'lov xati (namunasi) - Bu, birinchi navbatda, bir tomonning boshqasiga nisbatan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini kafolatlovchi hujjatdir. Bunday majburiyatlar har qanday xizmatlarni taqdim etish, har xil ishlarni bajarish, qarzni to'lash va hokazo bo'lishi mumkin.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti rektori B. Sh Maxkamovga


    Bildirgi
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti “Iqtisodiyot va menejment kafedra”si talabalari uchun ajratilgan C binosidagi shart-sharoitlarni o‘rganish natijasida, bo’lajak iqtisodchilar uchun laboratoriya xonalari mavjud ammo, ular yetarlicha kompyuter hamda elektron doskalar bilan ta’minlanmaganligi ma’lum bo‘ldi.


    Bundan tashqari, biz iqtisod yo’nalishi talabalariga “ALOQABANK” xodimlari tomonidan ushbu sohaga doir tushuntirish va tashviqot ishlari olib borilishi talabalarni kasb bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishiga zamin yaratadi.
    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “ALOQABANK” faoliyatiga moslashtirilgan xodimlarni, hamda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan “UZTELECOM” AJ faoliyatiga moslashtirilgan amaliy laboratoriya xonalarini tashkil etishni ko‘rib chiqishingizni so‘rayman.
    121-20 ETo‘ talabasi Kamilov Abrorbek
    05.04.2023
    Download 20.01 Kb.




    Download 20.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 -topshiriq. Bajardi: Kamilov Abrorbek Guruh: 121-20 eto' Tekshirdi: Raximova Umida Toshkent-2023. Topshiriq

    Download 20.01 Kb.