• 19-jadval “Validatsiya” yoki “kvalifikatsiya” atamalarini qo’llanilishi
  • Sanoat miqyosida dori vositalari ishlab chiqarishda “validatsiya” va “kvalifikatsiya” atamalari va asosiy qoidalar




    Download 304,05 Kb.
    bet3/8
    Sana14.12.2023
    Hajmi304,05 Kb.
    #119051
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    2-3 Mavzu. Analitik usul validatsiyasining validatsion parametrl
    физика тарихы лекция, Matnshunoslik 2. v, H jamolxonov, Bayonnoma, Hasanov Saidbek, 54a367d629152b720749e187b3eaa11b, Qaddi olshew aspab (1), reymbaeva surayyo, Begmonova Darixa Elektr, 5 tema anemiya, Uzaqova Ozoda, 7prez, Ismatova Raʼno Аxadovna, 6
    Sanoat miqyosida dori vositalari ishlab chiqarishda “validatsiya” va “kvalifikatsiya” atamalari va asosiy qoidalar

    Farmatsevtika sanoatida validatsiyalashning shart ekanligi “GMP talablari asosida dori vositalarini ishlab chiqarish va sifatini nazorat qilish qoidalari” OST 42-510-98 da keltirilgan.
    Validatsiya uskunalar, ishlab chiqarish sharoiti, texnologik jarayon, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarning amaldagi reglament yoki meyoriy xujjat talablariga mosligini xujjatlashtirilgan tasdig’idir.
    Ishlab chiqarish korxonasi tegishli texnologiya reglamentga to’liq amal qilgan xolda farmakopeya maqolasi talablariga mos keladigan mahsulot olishning barcha ishlab chiqarish elementlarining ishonchligini baholash maqsadida tekshiraolishi va olingan natijalar hamda xulosalarni yozma qayd etishi kerak.
    FDA (1987) yo’riqnomasida validatsiyaga ma’lum jarayon avvaldan belgilangan spetsifikatsiya va sifat mezonlariga javob beradigan, sifati barqaror mahsulot chiqarishni yuqori darajadagi ishonch bilan tasdiqlaydigan xujjatlashtirishdir.
    MU 64-04-001-2002 ga ko’ra kvalifikatsiya (Qualification) validatsiyaning tarkibiy tayyorgarli bo’limi bo’lib, loixa xujjatlari, uskunalar, muxandislik tizimi va ko’zda tutilgan va qayd etiluvchan natijalarga erishishning xujjatlashtirilgan tasdig’idir.
    Shuning uchun ob’ektga bog’liq xolda va avvaldan belgilab olingan maqsadga qarab “validatsiya” yoki “kvalifikatsiya” atamasi qo’llaniladi.
    19-jadval
    Validatsiya” yoki “kvalifikatsiya” atamalarini qo’llanilishi

    Farmatsevtik ishlab chiqarishning elementlari

    Kvalifikatsiya

    Validatsiya

    Ishlab chiqarish binosi Muxandislik tizimi
    Texnologik va nazorat-o’lchov uskunalari
    Analitik usullar
    Ishlab chiqarish jarayoni
    Nazorat operatsiyalari
    (sifat nazorati bo’yicha)
    Yordamchi jarayonlar
    Kompyuter tizimi

    +++
    +++
    ++-
    +

    +++
    +++


    +++
    +++
    ++

    MU 64-04-001-2002 ga ko’ra quyidagilar validatsiya ob’ektlaridir:

    1. Texnologik jarayonlar;

    2. Analitik usullar;

    3. Tozalash jarayonlari;

    4. Binoga sanitar ishlov berish;

    5. Texnologik va laboratoriya uskunalari

    6. Yarim tayyor mahsulot va tayyor mahsulot sifatiga bevosita ta’sir etuvchi muxandisslik tizimlari (toza suv, bug’, inert gazlar, siqilgan xavo bilan ta’minlash)

    7. “Toza” binolar va bo’limlar “sovuq” xonalar va boshqalar

    8. Ishlab chiqarish jarayoni va nazorat bilan bog’liq bo’lgan kompyuter tizimlari;

    Quyidagilar validatsiyalanmaydi

    1. Yarim tayyor mahsulot va tayyor mahsulot sifatiga ta’sir etmaydigan uskunalar;

    2. Mahsulot sifatiga bevosita ta’sir etmay, ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi muxandislik tizimlari (energiya, bug’, suv va boshqalar bilan ta’minlash tizimlari)

    3. Bino va imoratlarining umumiy konstruktiv elementlari

    4. Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liqf bo’lmasdan yordamchi kompyuter tizimlari




    Download 304,05 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 304,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sanoat miqyosida dori vositalari ishlab chiqarishda “validatsiya” va “kvalifikatsiya” atamalari va asosiy qoidalar

    Download 304,05 Kb.