• Xalqaro huquq va kibermakon boshqaruvidagi mavjud muammolar.
  • Raqamli suverenitet davrida kiberxavfsizlik bo'yicha xalqaro huquq




    Download 36,57 Kb.
    bet2/4
    Sana18.02.2024
    Hajmi36,57 Kb.
    #158370
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2-amaliy

    Raqamli suverenitet davrida kiberxavfsizlik bo'yicha xalqaro huquq. Foma Akvinskiy o'zining " Summa Theologica " asarida shunday deb ta'kidlagan edi: "Huquq - bu jamiyat haqida qayg'uradigan insonlar tomonidan yaratilgan umumiy farovonlik uchun qoidalar institutidir". Afsuski, bu ta’rif kibermakondagi xalqaro huquqqa mutlaqo mos kelmaydi. Kibermakonda samarali xalqaro huquqiy hujjatlarning yo‘qligi nazariy va siyosiy munozaralarda ko‘p muhokama qilinmoqda, chunki kibermakondagi murakkabliklar ishtirokchilarning kelishuvlarga erishishini qiyinlashtirmoqda. Bahsli munozaralar, asosan, davlatlar kibermakonga oid xalqaro huquqni shakllantirishda ko'proq rol o'ynashi kerak deb hisoblaydiganlar va kibermakon erkin va mustaqil hudud bo'lib qolishi kerakligini ta'kidlaydiganlar o‘rtasida boradi. Kibermakonga oid xalqaro huquqning manfaatdor tomonlari va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida munozaralar dinamik xarakterga ega. Ammo, bu munozaralarning barchasi bir nuqtada kesishadi: kibermakonda xalqaro huquqiy rejimning yo‘qligi kibermakondagi ishtirokchilarning va yurisdiktsiyasining murakkabligi natijasidir. Buni so'nggi bir necha yil ichida bir qancha xalqaro subyektlar, asosan gegemon davlatlar Internet bilan bog'liq ma'lumotlar, aloqalar, ma'lumotlar va infratuzilma ustidan nazoratni amalga oshirish manfaatdorligini oshirish maqsadida raqamli suverenitet g'oyasini ilgari surayotgani bilan yanada murakkablashdi. Binobarin, bu xalqaro kiberxavfsizlik huquqining kelajagi uchun kattaroq muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun, raqamli suverenitet davrida kibermakondagi davlatlarning xatti-harakatlariga xalqaro huquq normalarini qo'llash mumkinligi baxsli masala bo‘lib qolmoqda. Ushbu mavzu ikkita asosiy muhokamaga bo'lingan:
    1) xalqaro huquq va kibermakonda boshqaruvning dolzarb muammolari;
    2) kibermakon va raqamli suverenitetga oid xalqaro huquq. 
    Kibermakonga oid puxta ishlab chiqilgan xalqaro huquq xalqaro ommaviy huquqda yurisdiksiya, arbitraj, huquqiy hujjatlar va yurisprudensiya bilan bog'liq muammolarni hisobga olgan holda davlatlarga samarali tatbiq etilishi juda murakkab vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. Kibermakonda xalqaro huquq normalarining qo‘llanilishi raqamli suverenitet me'yorlarini ilgari surish tendensiyasi kuchayganligi sababli tobora qiyinlashmoqda.
    Xalqaro huquq va kibermakon boshqaruvidagi mavjud muammolar.
    Kibermakonning xalqaro huquq bilan tartibga solinishi g'oyasi jahon hamjamiyatida yangilik emas. 1996-yildan beri kibermakonda xalqaro huquqni shakllantirishga qaratilgan sa'y-harakatlar yuridik ekspertlar, biznes sub'ektlari va hukumatlar tomonidan doimiy ravishda taklif qilingan va rad etilgan. Xalqaro huquqning kibermakonni qanday boshqarishi haqida uchta asosiy g'oya mavjud:

    • Liberal institutsionalistlar,

    • Kiberlibertaristlar

    • Hukumatchilar. 

    Vu (1997) kabi liberal institutsionalistlar kibermakonni boshqarishda xalqaro institutlar va qoidalarga asoslangan ko'p tomonlama munosabatlarning muhimligini ta'kidlaydilar. Jon Barlou (1996) kabi kiberlibertaristlar kibermakon tashqi bosim va Internet erkinligiga xalaqit beradigan har qanday repressiv qoidalardan ozod bo'lishi kerak degan g'oya tarafdorlari bo'lsa, Jeyms Lyuis (2010) kabi hukumat tarafdor olimlar davlatlarda kibermakonni boshqarish uchun milliy va xalqaro huquqni shakllantirish majburiyati bor, deb hisoblaydilar. Bu uchta asosiy g‘oya xalqaro huquqning kibermakonda rivojlanishida o‘z ifodasini topdi. Ushbu davom etayotgan bahsli munozaralar tufayli kibermakon bo'yicha majburiy va yaxshi ishlaydigan xalqaro qonun hali ham yaratilgan emas. Ushbu bahs xalqaro ommaviy huquqning asosiy tamoyillari va xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan kibermakonda xalqaro huquqni shakllantirishning uchta asosiy masalasiga asoslanadi:

    • Yurisdiktsiya;

    • Arbitraj;

    • Huquqiy hujjatlar va yurisprudensiya.

    Basak Kali fikriga ko'ra Xalqaro huquqdagi yurisdiktsiyalar asosan xalqaro huquqning predmeti yoki xalqaro munosabatlar sub'ektlari va qonun rasmiy ravishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan hududiylikni anglatadi. Huquq sub'ektlari yoki kibermakondagi ishtirokchilar juda xilma-xildirlar. Davlat organlari, yirik internet kompaniyalari, kichik va o'rta korxonalar, xakerlardan tortib to jismoniy shaxslargacha kiber olamning ajralmas qismlaridir. Internet o'z tabiatiga ko'ra ham barcha ishtirokchilarga turli xil xizmatlarni anonimlikni saqlagan holda taqdim etadi. Bu turli ishtirokchilarning ham kibermakonni qanday tartibga solish kerakligi haqida o'z manfaatlari va xavotirlari borligidan dalolatdir. Qaysi sub'ektlar kibermakonda xalqaro huquqni yaratish va ularga bo'ysunish huquqiga ega ekanligini va qaysi masalalarni tartibga solish kerakligini hal qilish juda qiyin. Shuningdek, ishtirokchilarning qanday harakatlarni amalga oshirayotgani va ular qayerda qilinayotganini aniqlash tobora qiyinlashib bormoqda. Akademik matnlarda yoki siyosatni ishlab chiqishda ko'plab munozaralar, ayniqsa, kiberetika atributini muhokama qilishga qaratilgan. Biroq, bu munozaralarda yagona dominant va ustun ovozning o‘zi yo'q. Chunki, bu nisbatan kelishilgan va xalqaro rejimlarda amal qiluvchi, masalan, INTERPOL, Europol, ASEANAPOL va BMT ning jinoyatlar va narkotiklarga qarshi kurashish boshqarmalarida ishlaydi. Kibermakondagi domenga kelsak, xalqaro ishtirokchilar kibermakonning maqomi bo'yicha kelishuvga erisha olishmayapti. Chunki global internet davlatlarning umumiy mulki sifatida jismoniy hududiga tegishli yoki ularning milliy kelib chiqishiga asoslanishi bilan baholanadi. Natijada bugungi kungacha xalqaro kiberhuquqning yurisdiktsiyasini belgilash jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
    Ishtirokchilarning murakkabligi va yuqorida muhokama qilingan masalalar arbitrajda qo'shimcha murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Xalqaro ommaviy huquq nizolarni hal etish va arbitrajning aniq mexanizmlarini talab qiladi. Bu qonun foydalanuvchilar va yuridik shaxslar uchun kibermakonni nazoratlashda hamma uchun majburiy bo'lishini ta'minlaydi. Kibermakon huquqida uning sub'ektlari xilma-xilligi tufayli nizolarni hal qilish va arbitraj mexanizmlari mandatini kim olishi kerakligi haqida umumiy qabul qilingan huquqiy norma hali mavjud emas. Arbitraj kibermakondagi xatti-harakatlarga nisbatan allaqachon mavjud, lekin u asosan xalqaro sudda emas, balki milliy huquq tizimida sodir bo'ladigan savdo va jinoyatchilik bilan bog'liq. Shunday qilib, bu holat qonunning xolisligiga putur yetkazishi mumkin, chunki davlatlar go'yoki bunday huquqiy tizimda ko'proq bahslashish huquqiga ega. Niderlandiyaning Gaaga shahridagi Doimiy arbitraj sudi kibermakonda sudya sifatida qaralishi mumkin, chunki u allaqachon koinot, energetika va atrof-muhit bilan bog'liq ishlarda yurisdiktsiya kuchiga ega. Biroq, kibermakon bilan bog‘liq savollarga javob berishda bunday mandat va vakolatlarni ilgari surish uchun hukumat vakillaridan qat'iy rozilik talab qilinadi.
    Arbitraj bilan bog‘lik masalalarda yuridik vositalar va huquqshunoslikning kibermakondagi qiyinchiliklarini hisobga olish kerak. Har ikkisi ham ikki darajada o'tkaziladi:

    • Milliy;

    • Xalqaro.

    Rivojlangan mamlakatlarda kibermakonga oid huquqiyqarashlar nisbatan yetarlicha rivojlangan. Federal darajada qabul qilingan uchta asosiy qoidalar AQShda to‘la-to‘kis ishlamoqda. Bular:

    • HIPAA yoki Health Insurance Portability and Accountability Act (1996);

    • Gramm-Leach-Billey - Moliyaviy xizmatlarni modernizatsiya qilish qonuni (1999)

    • Milliy xavfsizlik qonunida (2002). 

    Fransiyada qonun chiqaruvchi milliy organ 1988 yildan beri kibermakon bo‘yicha huquqiy asoslarni ishlab chiqayapti. Rossiya federal organlari ham "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida"gi Rossiya federal qonunini 2006-yilda qabul qildi. Biroq, bu mamlakatlar kibermakonga turli xil nuqtai nazar bilan qarashadi, chunki Rossiya ziddiyatli tarzda shaxsiy daxlsizlik huquqlarida xavfsizlik muammosini AQShdan ustun deb belgilaydi. Snouden masalasi jamoatchilik e'tiboriga tushganidan beri xuddi shunday muammo muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Malayziya va Indoneziya kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda kiberhuquqiy bazani o'rgansak, bu nomutanosiblik yanada kengayadi. Malayziyada fuqarolar ma'lumotlariga chuqur davlat aralashuvi uchun imkon yaratadigan mustaqil kiber akt yoki qonun loyixasi mavjud emas. Indoneziyaning ahvoli bundan ham yomonroq - uning taklif qilingan kiberxavfsizlik to'g'risidagi qonuni 2019-yilning so'nggi bir necha oyi ichida inson huquqlari bilan bog'liq muammolar sababli talabalarning ommaviy namoyishlari tufayli qabul qilinishi qoldirildi. Ushbu milliy huquqiy bazaning nomutanosibligi kibermakon bo‘yicha samarali xalqaro huquqning yo‘qligi milliy huquqiy hujjatlarga qanday ta’sir o‘tkazishini ko'rsatadi. Xalqaro miqyosda kiberxavfsizlik to'g'risidagi qonun juda kam o‘rganilgan. Darhaqiqat, Budapesht konvensiyasi kibermakon bo'yicha yagona xalqaro shartnoma hisoblanadi. Ammo bu nizolarni hal qilishning majburiy mexanizmining yo'qligini, davlatlar va xalqaro tashkilotlarning ushbu yo‘nalishda ish olib boramayotganini anglatmaydi. Shunga qaramay, xalqaro huquq milliy miqyosda amalga oshiriladigan aniq huquqiy amaliyot va qonun bilan mustahkamlangan huquqiy hujjatlarni talab qiladi. Yuqorida aytib o'tilganidek, turli mamlakatlarda kibermakon bo'yicha milliy qonunchilik tizimining nomutanosibligi tufayli bu hali ham mumkin emas. Belgilangan domenlar va raqamlar uchun Internet korporatsiyasi (ICAAN), Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) va Internetni boshqarish forumlari kabi tashkilotlar kibermakonni nazorat qilish va uni boshqarishga ko‘maklashuvchi huquqiy normalarni ishlab chiqishda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Afsuski, ularning hech biri xalqaro huquqning alohida davlatlarga qanday samarali tatbiq etilishini hal qilolmayapti. Ularning hech biri tegishli va majburiy xalqaro huquqiy hujjatlar va sud amaliyotini muvaffaqiyatli tatbiq etolmaydi. Shunga ko'ra, kibermakon bo'yicha xalqaro huquq hozirda samarali emas va uni davlat sub'ektlariga yuklash qiyinroq kechmoqda.

    Download 36,57 Kb.
    1   2   3   4




    Download 36,57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli suverenitet davrida kiberxavfsizlik bo'yicha xalqaro huquq

    Download 36,57 Kb.