• Kurs ishining maqsadi.
  • Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi
  • 2 I. bob. Zamonaviy adabiyotda syujet va kompozitsiyaning o'rni va ifoda xususiyatlari




    Download 60,78 Kb.
    bet2/7
    Sana21.01.2024
    Hajmi60,78 Kb.
    #142376
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    X.sulton (2)
    powerpointstore.com 721, Reference-354191102279, Mustaqil ta\'lim haqida ma\'lumot, adsll, asdsdsddsll, Online transactions, 375503, ssssss, 121, 7, Fuqarolarni o`zini-o`zi boshqarish tashkiloti, Мутахассислик фанларини ущ1тиш, 1, 1682877059, 7-mavzu (Prezentatsiya)
    Mavzuning о‘rganilish darajasi. Adabiyot olamida paydo bо‘lgan yangi iste’dod egasi, uning о‘ziga xos asari hech qachon adabiy jamoatchilik e’tiboridan chetda qolmaydi. Ularga tezda baho beriladi, yutuqlari e’tirof etilib, kamchiliklariga nisbatan tanqidiy fikrlar bayon qilinadi. Tadqiqot maqsadimiz bо‘lgan yozuvchi Xayriddin Sulton ham ilk asarlari bilanoq adabiy jamoatchilik nazariga tushgan: bir talay yetuk adabiyotshunoslar uning ijodiga munosabat bildirgan. Xususan, U.Normatov, N.V.Vladimirova, B.Nazarov, I.G‘afurov, A.Rasulov, H.Boltaboyev, B.Karimov, shuningdek, M.Qarshiboy, N.Shukurov, I.Hasanov, SH.Nuraliyev, S.Rahmon lar adib asarlari haqida yozgan maqola va taqrizlarni misol keltirish mumkin.
    Kurs ishining maqsadi. Dramatik asar kompozitsiyasi, “Syujet va uning unsurlari” modulini o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mazmunini yoritib berish.
    Kurs ishning vazifalari. Kurs ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalarni amalga oshirish kо‘zda tutildi:
    - “Syujet va uning unsurlari” modulini o‘qitishning nazariy asoslari haqida ma`lumot berish.
    - “Syujet va uning unsurlari” modulini o‘qitishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashtirish.
    - “Syujet va uning unsurlari” modulini o‘qitishga doir innovatsion texnologiyalarni tasniflash.
    - “Syujet va uning unsurlari” modulini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o’qitishning amaliy-texnologik jihatlariniishlab chiqish.
    Dramatik asar kompozitsiyasi bilan tanishtirish jarayoni
    Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.


    I.bob. Zamonaviy adabiyotda syujet va kompozitsiyaning o'rni va ifoda xususiyatlari.
    I.1. Syujet va uning unsurlari haqida ma'lumot
    Hayotning badiiy ifodalashda va zurur g’oyani olg’a surishda syujetning roli nihoyatda kattadir. Syujet badiiy asarning hamma turlariga ham bo’ladi. Lekin har bir janrning syujeti o’ziga xosdir. Chunonchi, kichik lirik she’rda ham ma’lum bir fikr oqimi mavjud. Shu fikr oqimi she’rining o’ziga xos syujetini tashkil qiladi. fikrlar oqimi ko’zga ravshan tashlanadigan, uning ifodasida voqea – vaziyat yaratilgan she’rlar ham bo’ladi. Bunday she’rlar voqeaband she’rlar yoki syujetli she’rlar deb yuritiladi (Mirtemirning «Opoqi» , «Tarsaki» she’rlari kabi)
    Syujetning klassik shakli, asosan dramatik, epik va liro-epik asarlarda uchraydi.
    Syujet (fransuzcha syujet) – tasvirlanayotgan yoki bayon etilayotgan narsa degan ma’noni anglatadi. Syujetga o’zbekcha qo’llanmalarda turlicha ta’rif beriladi. Masalan, I.Sultonov «Adabiyot nazariyasi» kitobida «Asarda hikoya qilanayotgan voqea «syujet» deb ataladi», deydi.
    Prof. N.Shukurov va dots. Sh.Xolmirzayevlar «Obrazlarining o’zaro munosabatidan, kurashidan kelib chiquvchi, iroda yo’nalishini, xarakter xususiyatini namoyon qiluvchi voqealar silsilasiga syujet deyiladi» deb ta’rif berishadi («Adabiyotshunoslikka kirish»). Dots. T.Boboyev «Syujet adabiy asarda tasvirlangan xarakterning mazmunini ifodalovchi sistemasi kengroq ma’noda konkret voqealar chizmasidagi namoyon bo’ladigan xarakterlar tarixidir» deydi. («Adabiyotshunoslikka kirish kursi bo’yicha o’quv-metodik qo’llanmalar»). Shularni umumlashtirib, badiiy asarda voqealar va xarakterning o’zaro uyushishi hodisasiga syujet deyiladi deb ta’rif berish.
    Syujet yozuvchiga asarning butun materialini biriktirishga imkon beradi. U badiiy asarning g’oyasiga nisbatan shakl hisoblansa va obrazlarning xarakteri, faoliyati, iroda yo’nalishini ifodalashi jihatidan mazmunni tashkil etadi.
    Qahramonlarning o’zaro murakkab munosabatlari asar syujetini tashkil qiladi. Qahramonning o’zaro munosabatlari esa voqeada hodisada namoyon bo’ladi. Shu ma’noda voqea-hodisalar sistemasi asar syujetining asosini tashkil etadi.
    Badiiy asar syujetida xarakterlar mantiqi va voqealar mantiqi bo’ladi.
    (F.M.Golovchenko va M.Qo’shjonovlarning fikri) chinakam asar san’at asari voqealar, albatta, qahramonlar xarakterini ochishga buysundiriladi.
    Prof. M.Qo’shjonov realistik asarlarda syujetning qator ko’rinishlari borligini ta’kidlaydi. Bular quyidagilar:
    Shunday asarlar ham bo’ladiki, ularda vakealar tartibi ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Odatda, sarguzasht xarakteridagi asarlar syujetida xuddi shu holat seziladi. Masalan, A.Belyayevning «Odam-Amfibiya» qissasi, X.To’xtaboyevning «Sariq devni minib…» romanida syujetning shu turi mavjud.
    Shunday asar bo’ladiki, ularning syujetda xarakterlar ham shaklan, ham mazmunan birinchi o’rinda turadi. Bunday asarlarda voqealar tizmasi u qadar tashkil qiluvchilik kuchiga ega bo’lmaydi. Asarda voqea-hodisalar xarakterlar mantiqi asosida tartiblashtiriladi. Voqealar tartibi esa tez-tez o’zgarib, yangilanib turadi. Ba’zan bir bobdagi voqea keyingi bobda davom etmaydi. Voqeadan mantiqan voqea kelib chiqmaydi. Odatda, avtobiografik asarlar shunday xarakterga ega bo’ladi. Masalan, M.Gor’kiyning avtobiografik qissalari, Oybekning «Bolalik» N.Safarovning «Navro’z», «Ko’rgan -kechirganlarim» va xakozo.
    Shunday asarlar ham bo’ladiki, ularda xarakterning yoki voqealar mantiqining ustunligini sezish qiyin. Bunday asarlarda xarakter mantiqi va voqealar mantiqi qat’iy ravishda tenglashtiriladi. Masalan, A.Tolstoyning «Ulug’ Pyotr», Oybekning «Navoiy», M.Avezovning «Abay» romanlari.
    Bir xil asarlarda dastlab xarakterlar mantiqi syujetni boshqarsa, kengroq voqealar mantiqi ham syujetga kuchli ta’sir eta boradi. Masalan, A.Qahhorning «Qo’shchinor chiroqlari» romanning syujeti dastlab xarakter (Sidiqjon) mantiqi asosida rivojlangan bo’lsa, keyinroq voqealar mantiqi ham kuchayadi.
    Adabiy ijod tajribasida yana shunday asarlar ham uchraydiki, ularning markazida bitta yoki ikkita qahramon obrazlari turmaydi, balki butun xalq turadi. Yozuvchining diqqat markazi ommaning umumlashtirishga obrazini yaratishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, Sholoxovning «Tinch Don», A.Serafimovichning «Temir oqim» romanlari. Chinakam realistik san’at asarlari syujetining qaysi turi qo’llanishidan qat’iy nazar, u albatta, xarakterlarni ochishga, asarlar g’oyasini ifodalashga xizmat qilishi zarur.2
    Adabiyotshunos I.Sulton badiiy asarda hikoya qilinayotgan voqyeaga “syujet”, deb ta'rif bergan. Ya'ni, syujet badiiy asarlarning bevosita mazmunini tashkil etgan, o‘zaro bog‘langan va rivojlanib boruvchi hayotiy voqyealar tizimidir.
    Syujet har bir tur va janrda o‘ziga xos bo‘ladi. G.Pospelov fikricha, syujet lirik asarga xos emas. Lirik asarda kompozitsiya yetakchi. Ammo lirikada “Syujetli she'rlar”, ya'ni voqyeaband she'rlar ham bo‘ladi. Syujet dramatik va epik hamda liro-epik asarlarga xos.
    Badiiy g‘oya syujet vositasida bayon qilinadi. Yirik nasriy asarlarda syujet ko‘p qirrali, bir necha tarmoqli bo‘lishi mumkin. Bu holatni “Boburnoma” syujetiga tegishli deya bemalol ayta olamiz. Hikoyada esa bitta voqyea, bitta xarakter tarixi bo‘lgani uchun nisbatan sodda syujet bo‘ladi.
    Syujetda voqyea va xarakter (obraz) munosabati muhim sanaladi. Voqyelar bilan xarakterlar birligi muhim. Xarakter qirralarini ochmaydigan ortiqcha voqyealar asarni ortiqcha semirtiradi. Voqyealar tasviri xarakterlarga bo‘ysundirilishi lozim. Syujetda hayot tasviri va xarakter mantig‘i masalasi juda muhim. Hayot mantig‘i esa badiiy asarda asosan ikki holatda - voqyea va xarakterlarda ro‘y beradi. Shunga ko‘ra:
    1. Ba'zi asarlarda voqyealar mantig‘i yetakchilik qiladi. Sarguzasht syujetli asarlarda shunday.
    2. Ba'zan voqyea va xarakter mantig‘i barobar bo‘ladi.
    3. Ba'zan xarakter mantig‘i ustunlik qiladi. Odatda avtobiografik janrdagi asarlar syujet jihatdan ana shunday bo‘ladi. Aslida syujetni tashkillashtirish ijodkorning badiiy niyatiga, badiiy uslubiga, iste'dodiga bog‘liq murakkab masaladir.
    Har qanday voqyea badiiy syujet bo‘lavermaydi. Balki muayyan badiiy konsepsiyaga asoslangan voqyealar va xarakterlar birligi syujetni tashkil qiladi. Ayrim asarlarda xarakterlar mantig‘i syujetni boshqarsa, bir xil asarlarda voqyealar mantig‘i syujetni tashkil qiladi, xarakterning tarixida voqyelik muhim ahamiyat kasb etadi.
    Syujet yaratishning quyidagi yo‘llari mavjud:
    1. Syujet fantaziya mahsuli sifatida yaratiladi (“Guliverning sayohatlari”, “Kichkina shahzoda”).
    2. Hayotiy-tayyor syujetlar asosida yaratiladi (tarixiy asarlar, biografik asarlar, prototiplar asosida yozilgan asarlarning syujeti bunga misol). Biz tahlilga tortgan “Boburnoma” syujeti ham aynan hayotiy-tayyyor syujet asosida yaratilgan asardir. Sababi bu voqyealarga muallif bevosita aloqador, hatto ularning ayrimlariga guvoh ham bo‘lgan.
    3. Sayyor syujet yoki o‘zlashtirilgan syujet. (M.Qo‘shjonov uni “negiz syujet” deb ataydi. Masalan, “Lisonut tayr” va “Mantiq-ut tayr”, “Layli va Majnun” - umuman “Xamsa” syujetlari).
    Syujetning quyidagi shakllari mavjud:
    1. Xronikali syujetda voqyealar bir boshdan boshlanib, birin-ketin hikoya qilinadi. Xronikli syujet ishonarli bo‘ladi. Biroq syujetning bu turi doim ham qulay vosita bo‘la olmaydi, chunki xronikaning o‘zi syujet bo‘la olmaydi. Xronikalilik ko‘pincha naturalistik bayonchilikka olib keladi, yorqin obrazlar yaratishga imkon bermaydi. Masalan, Navoiyning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» dostonlarida, Ayniyning «Esdaliklar»ida, P.Tursunning «O‘qituvchi»sida voqyealar qahramoning tug‘ilishidan, to ma'lum yoshigacha beriladi. Biroq bu asarlarning kompozitsion qurilishi, voqyealarni tanlash, saralash, umumlashtirish va ularni badiiy ifodalash mahorati, ularni joylashtirish, ya'ni kompozitsiya shunga olib keladiki, bu asarlarni o‘qigan kishi unda ortiqcha narsa yo‘q, barcha voqyealar badiiy-estetik va ijtimoiy qimmatga egadir, degan xulosa chiqadi. Ularda e'tiborga loyiq va qiziqarli syujet hosil qilinadi.
    2. Retrospektiv (orqaga qaytuvchi) syujetda voqyealar bir boshdan birin-ketin hikoya qilinmay, balki voqyeaning ma'lum joyida to‘xtatib qo‘yilib, uning o‘tmishiga, oldingi voqyealarga murojaat qilinadi. Ba'zi asarlar umuman ana shunday orqaga qaytishga asoslansa, ayrim masalalarda vaqti-vaqti bilan voqyealar hamda qahramonlarning o‘tmi-shiga qaytib turiladi. Masalan, M.Sholoxovning «Inson taqdiri» qissasi butunicha orqaga qaytishga asoslangan. A.Qodiriyning «Meh-robdan chayon» romanidagi Solih Mahdumning o‘tmishi tasviri, H.Olimjonning «Zaynab va Omon»ida Zaynab bilan Omonning o‘tmishi, O‘.Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar» romanida komissar va T.Malikning «Shaytanat» qissasida bosh qahramoni Asadbekning o‘tmish hayoti tasviri kabilar vaqti-vaqti bilan orqaga qaytish namunasi bo‘ladi.
    3. Konsentrik syujet tadqiqot syujet ham deyiladi. Unda voqyea hikoya qilinmaydi, o‘tmishga ham murojaat qilinmaydi. Konsentrik syujetda biror hodisaning sabablari tahlil qilish jarayonida sodir bo‘lgan voqyealar kitobxon ko‘z o‘ngida jonlanadi. Masalan, O‘.Umarbekovning «Yoz yomg‘iri» qissasi boshida Chorsudan Mo‘nisning jasadi topiladi. Uning qanday o‘ldirilganligini yozuvchi ham, kitobxon ham, asar qahramonlari ham hikoya qilib bermaydilar. Jinoyat sabablarini tekshirish jarayonida kitobxon ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan voqyealar jonlanadi. Sofoklning «Shoh Edip», O.Abdullinning «O‘n uchinchi rais» dramalari, H.G‘ulomning «Mash'al», O.YOqubovning «Larza», O‘.Umarbekovning «Fotima va Zuhra», O‘.Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», T.Malikning «Shaytanat» kabi asarlari ham syujetning ana shu turiga asoslanib qurilgan. Chunki konsentrik syujet ko‘pincha detektiv asarlar uchun xos bo‘ladi.
    4. Assotsiativ syujet ilgarilari asosan lirik asarlar uchun xarak-terli bo‘lib, lirika tashqi hodisalarga shoirning munosabati yoki tashqi hodisalar ta'sirida shoir shaxsida tug‘ilgan tuyg‘u va kechinma-larga asoslanardi. Hozirda syujet qurishning assotsiativ usuli yirik nasriy va dramatik asarlar uchun ham xos bo‘lib qolmoqda. Bunday asarlarda hikoya qilinmaydi, balki qahramonning xotiralari, o‘y-xayollari, tasavvurlari oqimi beriladi. Masalan, A.Muxtorning «Davr mening taqdirimda», «Chinor», S.Anorboyevning «Umr», Ch.Aytmatovning «Alvido, Gulsari», «Asrga tatigulik kun», O‘.Umarbekovning «Shoshma quyosh», O.Yоqubovning «Ko‘hna dunyo» asarlari asotsiativ syujet asosida qurilgan. Lirik poemalar syujeti ham assotsiativ usulga asoslanadi.3
    Asarda har bir personaj o‘z xarakteri va vazifasiga ega bo‘ladi. Ularning barchasi asosiy narsaga, ya'ni voqyealar rivojiga birlashti-riladi va shu bilan asar syujetini ochishga xizmat qiladi. Syujet bi-lan kompozitsiya ajralmasdir. Syujet bo‘shligi kompozitsiyaning bo‘shli-gini keltirib chiqaradi. Aniq Shakllantirilmagan bo‘sh kompozitsiya esa syujetni halok qiladi. Biroq yaxshi ishlangan kompozitsiyaning o‘zi ham muvaffaqiyat keltirmaydi. Kompozitsiyaning qimmati g‘oyaning qimmati bilan belgilanadi. Yaxshi kompozitsiyada ifodalangan g‘oya syujetni ham yaxshilaydi. Demak, syujet asar mazmunini ochish shaklidir.
    “Boburnoma” asari syujeti ham xronikal syujetdir. Sababi asar syujeti Boburning taxtga o‘tirishi voqyealari bilan boshlanib, uning vafotigacha bo‘lgan voqyealarni qamrab oladi. Ya'ni har bir voqyea muayyan ketma-ketlikda, biridan so‘ng biri sodir bo‘ladi. To‘g‘ri asarda voqyealarni (avval bo‘lib o‘tgan voqyealarni) eslash, xotirlash hollari ham mavjud. Lekin bu syujetdagi voqyealar rivojiga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatmaydi.
    “Boburnoma” syujeti juda murakkab, bir necha tarmoqqa ega. Adabiyotshunoslar F.M.Golovenchenko va M.Qo‘shjonovlar badiiy asar syujetida xarakterlar mantig‘i va voqyealar mantig‘i bo‘ladi deya ta'kidlashgan. “Boburnoma”da voqyealar mantig‘i yetakchilik qiladi. Sababi asar sarguzasht xarakterida.
    Asar kompozitsiyasini yaratish juda mushkuldir. U nihoyatda diqqattalab va nozik ishdir. Chunki kompozitsiyaning yaxlit bo‘lishi asarda hayotning bir parchasini yorqin gavdalantirishning asosiy shartidir. Demak, kompozitsiya –asarning tanasi. Tanadagi har bir a'zoning esa o‘z o‘rni, vazifasi bor. Asar kompozitsiyasida ham har bir unsur: syujet (ekspozitsiya, tugun, voqyealar rivoji, kulminatsiya va yechim) va undan tashqaridagi qismlar (lirik, falsafiy, publitsistik chekinishlar, qo‘shimcha epizodlar), peyzaj, portret, ruhiy tahlillar, muallif tavsifi kabilar me'yor va tartib bilan joylashishi lozimdir. Agar ular o‘z o‘rnida bo‘lsa asar ta'sirchan, barkamol bo‘ladi. Jumladan, Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”, CHo‘lponing “Kecha va kunduz”, Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Sarob” kabi asarlari, avvalo, kompozitsiyasining puxtaligi bilan e'tiborlidir.
    Badiiy asarlar kompozitsiyasi tahlil qilingan ayrim tadqiqotlarda “fabula” termini ham uchraydi. Fabula lotincha fabula so‘z bo‘lib, masal, hikoya qilish demakdir. Badiiy asar fabulasi deganda asar uchun asos bo‘lgan hayotiy material nazarda tutiladi. “Fabula – asar voqyealarining mantiqiy jihatdan uzviy bog‘liqlikdagi yaxlit silsilasi” ham deyiladi (Hotamov N., Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1983. - B. 337). Aristotel ham fabulani “voqyealar yig‘indisi” degan (Poetika. – Moskva: GIXL, 1957. S. 57-58). “Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati”da syujet va fabula xususida shunday deyiladi: “Ayrim adabiyotshunoslar fabulani asar voqyealarining izchil bayoni, ya'ni skleti, syujet esa badiiy asar voqyealarining barcha komponentlari bilan birgalikda qamrab olingan ifodasi deb ta'riflaydilar. O‘z ma'no va mohiyatiga ko‘ra bu ikki termin bir-biriga sinonimik xarakterga ega bo‘lib, hozirgi adabiyotshunoslikda syujet termini faol qo‘llaniladi. Fabula termini esa asta-sekin iste'moldan tushib qolmoqda”
    Demak, syujet, fabula har qanday asarda mavjud bo‘ladi. Biroq ular har bir janrda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, Bobur g‘azallari ham, Rabg‘uziy hikoyatlari ham, Oybek romanlari ham muayyan syujetdan tarkib topgan. Chunki ularda holat, hodisalarning ma'lum manzarasi gavdalantirilgan, muayyan fikr ifodalangan. Ijodkor biror bir fikrni ma'lum qilish uchun hodisalarning shunchaki oddiy nusxasini ko‘rsatmaydi. U o‘z qarashlarini ta'sirchanroq tarzda kishilarga yetkazish uchun ko‘plab hodisalarni, kechinma-holatlarni qayta ishlaydi. Hayotiy tajribasi, kuzatishlari asosida hayotiy voqyealarga ijodiy yondashadi. Hamda shu asosda asar syujetini yaratadi. Bundan ayon bo‘ladiki, syujet hayot hodisalarining oddiy aksi emas, balki uning ijodkor tomonidan ishlov berilgan, muayyan maqsadga muvofiqlashtirilgan manzarasidir.
    Hayot hodisalari yozuvchi, shoirning ijod qilishi - asari syujetini yaratishi uchun zamin bo‘ladi. Jumladan, fantastik asarlar yozish uchun ham qandaydir hayotiy voqyealar sabab bo‘ladi. Demak, real hayot har qanday shakldagi syujetning asosi sanaladi. Biroq u o‘z holicha badiiy syujet bo‘lolmaydi. Hayot voqyealari muayyan maqsad asosida ijodiy ishlov berilganidagina syujetga aylanadi.
    Adabiy asar syujeti konfliktsiz yashay olmaydi. Konflikt (Loticha –coftictus ixtilof, to’qnashuvi) - badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxslar o’rtasidagi yuzma - yuz kurash yoki qahramonning o’z atrofini qurshab olgan muhiti, o’z-o’zi bilan ruhiy to’qnashuvi, olishuvi. Konflikt - syujetni harakatga keltiruvchi asosiy kuch. Yozuvchi badiiy syujet orqali muayyan davrning sotsial konfliktlarini ifodalaydi, ularga munosabatini bildiradi, qahramonlar xarakterini ochadi, estetik idealini olg’a suradi.
    Har bir yozuvchi o’z xalqi hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan muayyan davrning sotsial konfliktlari tasviriga alohida e’tibor qiladi. Masalan, «Qutlug’ qon» romanida o’zbek mehnatkashlarining mustamlakachilik zulmiga qarshi hayot-mamot kurashiga otlanganligi ko’rsatilgan, unga o’zbek xalqi manfaatlari nuqtai nazaridan yondoshgan qahramonlar xarakteri ana shu kurash jarayonida ochilgan, toblangan.
    Hayot ziddiyati va badiiy asar konfliktini bir - biriga tenglashtirish va ayni bir xil deb qarash mumkin emas. Hayotdagi konflikt – sotsial hodisa, asar syujetining konflikti esa estetik hodisadir. Badiiy konflikt sotsial konflikt zaminida yaratilsa-da, ular bir-biridan ajralib turadi. Badiiy konflikt yozuvchi tomonidan hayot konfliktining kayta ishlangan, estetik ideal ruhi bilan sug’orilgan shaklidir.
    San’at asarida konfliktning ko’rinishlari turlicha shaklida bo’lishi mumkin. Konfliktning xarakterlar o’rtasidagi kurash yuzma-yuz ko’rsatiladigan formasi. Bu traditsion shakl ham deyiladi. Bunda konflikt xarakterlarning izchil kurashi tarzida yuzaga chiqadi. Masalan. G’ofur – Solihboy («Boy ila xizmatchi»), Yo’lchi- Mirzakarimboy («Qutlug’ qon»).4
    Konfliktning kolliziyalarga asoslangan psixologik kurash shakli. Bu shakldagi konfliktning asosida qahramonlarning ruhiy dunyosi, ongi, sezgilari, psixologiyasidagi ziddiyatlar turadi. Unda xarakterlarningyuzma-yuz to’qnashuvlari izchil berilmaydi.
    Badiiy asarning syujeti haqida gapirganda fabulaga ham e’tibor berish kerak. Unga ham e’tibor berish kerak. Unga ham ta’riflar turlicha. Prof. N.Shukurov va dots. Sh.Xolmirzayevlar «Fabula – lotincha so’z bo’lib, hikoya, afsona, ertak ma’nosini bildiradi va badiiy asarning voqeiy asos bo’lgan hayot materiali tushuniladi,» deb ta’rif berishadi. («Adabiyotshunoslikka kirish»). I.Sulton esa «Yozuvchi tasvirlayotgan voqea hayotning o’zida qanday tartibda ruy berganini aks ettiruvchi «syujet»dan farqli o’larok, shu voqealarning badiiy asardagi tasviri fabula deb ataladi («Fabula» (lotincha) - «bayon», «hikoya» demakdir) deyiladi. Masalan, «O’tgan kunlar»ning birinchi sahifasilarida biz Otabekni kimgadir oshiqligini sezamiz, ammo qachon va qanday sharoitda oshiq bo’lganni va Kumushning ham Otabekni uchrashgandan keyingina bilamiz: syujetning muhim tugunlaridan birini yozuvchi ma’lum vaqtgacha bizdan yashirib turadi.
    Ba’zan yozuvchi syujetning tarkibiy qimslarining tartibini o’zgartirishi mumkin. Masalan, «O’tgan kunlar»dagi«Baxt va baxtsizlik» nomli bobda yechimni oldinga qo’yish, so’ngra ekspozitsiyadan tortib yechimgacha bo’lgan voqealarni hikoya qilish usuli qo’llanilgan. Bunda biz avval uy egasi Usta Olimning beva ekanini ko’ramiz, keyin uni sevgan xotindan judo bo’lganini eshitamiz va shundan so’nggina yozuvchi fojiali voqeasining nimadan boshlanib, qanday tugallanishi qahramon tilida bayon qiladi.
    Syujetdagi voqealarning tartibini fabula talablariga muvofiq o’zgartirishi syujet rivojida kutilmagan va serta’sir burilishlar yasashga imkon beradi.
    Syujet salmog‘i, ko‘lami, ta'sirchanlik darajasi esa badiiy konfliktga bog‘liq. Hayotning o‘zida ham kuchli to‘qnashuvli, keskin ziddiyatli voqyealar ko‘proq kishilar e'tiborini tortadi. Kishilar o‘shanday hodisalarni kuzatish, ular xususida eshitish, bilishni yoqtirishadi. Badiiy asar syujetining o‘quvchilarni o‘ziga qay darajada jalb qilishi ham ijodkor ixtiro qilgan, kashf etgan konflikt va uning ifodalanish tarziga bog‘liq.
    Konflikt odamlar orasidagi muomala-munosabatdagina emas, kishining o‘z ichida ham bo‘ladi. Chunki inson o‘z atrofidagilardangina emas, ba'zan o‘zi-o‘zidan ham norozi bo‘ladi. “Nima uchun shu ishni qildim? Qilmasam bo‘lardi-ku!” deb o‘zini ayblaydi, o‘zicha kuyinadi. Boshqalardan, o‘zidan norozi bo‘lish inson tabiatida qanoatlanmaslik hissi mavjudligidan kelib chiqadi.
    Hayotning o‘zida ziddiyatlar xilma-xil bo‘lgani singari badiiy asarda ham badiiy konfliktning turli ko‘rinishlari qo‘llaniladi. Ularni shartli tarzda quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin: ichki ruhiy konflikt (qahramon qalbidagi kurashlar, hissiyotlar to‘qnashuvi), ijtimoiy konflikt(turli guruhlar o‘rtasidagi ziddiyatlar), oilaviy konflikt (oila a'zolari o‘rtasidagi mojarolar), shaxsiy-intim konflikt (shaxs va boshqalar manfaati o‘rtasidagi kurash) kabilar.
    Badiiy asarning syujeti o’zaro ichki bir yaxlitlikni vujudga keltiradigan qator unsurlardan iborat bo’ladi. Bular – ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, echim kabilardir. Shuningdek, ayrim asarlarda prolog (mukaddima) va epilog(xotima) kabi qo’shimcha unsurlar ham bo’ladi. Umuman, syujet unsurlarining turli adabiy turlarda kelishi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, lirik asarlarda ham, albatta, syujet bo’ladi. Busiz, mumkin emas. Lekin hamma gap shundaki, ularda yuqorida sanalgan unsurlarning barchasi baravar kelavermaydi. Syujet unsurlari, asosan, epik va dramatik asarlarda, shuningdek, liro-epik asarlarda ham ko’pincha tugal holatda keladi.


    Download 60,78 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 60,78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 I. bob. Zamonaviy adabiyotda syujet va kompozitsiyaning o'rni va ifoda xususiyatlari

    Download 60,78 Kb.