Inert komponentlar miqdorining ta'siri. Inert komponentlar miqdorining muvozanat siljishiga ta'siri bosim ta'siriga teskari bo'lib, xuddi yuqoridagidek, ∆V belgi bilan belgilanadi. Suyultirish (inert modda miqdorining ko'payishi) umumiy bosimning pasayishiga o'xshaydi. (7) - (9) reaktsiyalarni hisobga olgan holda aytishimiz mumkinki, azot -vodorod aralashmasidagi inert moddalarlarning ko'payishi (7) muvozanatni chapga (∆V < 0), reaksiyada (8) - o'ngga, va reaktsiyada (9) muvozanatni holati o'zgarmaydi.
2.2. Massalar ta’siri qonunidan muvozanat doimiysini toppish. Muvozanat doimiysini ifodalash usullari
Miqdoriy ravishda, kimyoviy reaktsiyadagi muvozanat holati massalar ta'sir qonuni bilan tavsiflanadi:
doimiy harorat va muvozanat sharoitida reaksiya mahsulotlarining massalari ko’paytmasini boshlang'ich moddalarning massalari ko’paytmasiga nisbati doimiy qiymatga ega bo'ladi.
Ushbu konstantani muvozanat konstantasi K deb atashadi. Muvozanat konstantasini hisoblashda komponentlarining qisman(patsial) bosimlari pi, konsentratsiyasi ci yoki mollar sonidan ni foydalanish mumkin. Kp, Kc va Kn shunga mos ravishda olinadi. Muvozanat konstantalari uchun ifodalarni quyidagi reaktsiya misolida ko'rib chiqamiz
aA + bB rR + sS ± ΔH
Agar A, B, R va S moddalar gaz bo'lsa, u holda
bu yerda pi – I komponentning partsial bosimi.
Agar ta’sir qiluvch massa sifatida ci kontsentratsiya olinsa, formula quyidagi
ko’rinishda bo’ladi.
Agar muvozanat holidagi mollar soni ni va muvozanat holidagi molyar qism(moluar) Ni bo’lsa unda quyidagi ifodalarni olamiz:
hamda
Real tizimlar uchun muvozanat konstantasini uchuvchanlik f yoki aktivlik а orqali ifoda etiladi. Unda ko’riladigan reaktsiyalar uchun
Muvozanat konstantalari bir-biri bilan quyidagi oddiy nisbatlarda boladi:
Kp = Kc (RT)Δn
Kc = Kp (RT)-Δn
Kp = Kn
(
)Δn
RT
V
bu yerda,
|