|
Mehnat resurslari bozori nazariyasi va tendensiyalari
|
bet | 3/6 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 268,62 Kb. | | #159623 |
Bog'liq 2-mehnat resurislari - Ma’lumki, bozor iqtisodiyotida faqat sotuvchi, ya’ni xaridorgir molni sotuvga taklif qila oluvchi xaridor bo‘la oladi. Biroq insonlarning ko‘pchiligi tovar ishlab chiqarmaydi, magazinlarga ega bo‘lmasada, ularning hamyonlarida pul ko‘p va bu qonuniy, chunki bu pullar alohida mol - o‘z ish kuchini sotish evaziga olingan. O‘z ish kuchini sotish uchun yollanma xodimlar maxsus bozor - mehnat bozoriga keladi.
- Mehnat bozori - kishilarga o‘z qobiliyatlari va ko‘nikmalariga yarasha ish topish, ish beruvchilarga - tashkilotga zarur bo‘lgan xodimlarni yollash imkoniyatlarini beruvchi usullar, ijtimoiy mexanizmlar va tashkilotlar yig‘indisidir.
- Bu bozor boshqa, tovar bozorlariga ham o‘xshaydi, ham o‘xshamaydi. Ularning umumiy tomonlarini ko‘rib chiqamiz. Avvalo, bu yerda ham talab va taklif qonuni amal qiladi va ish kuchining teng muvozanatli baholari shakllanadi. Bu baholar ish (mehnat) haqi deyiladi.
- Ish haqi - pul mukofoti miqdori bo‘lib, u yollanma xodimga ma’lum vaqt mobaynida muayyan topshiriq, ishlar hajmi yoki o‘z xizmat majburiyatini bajarganligi uchun to‘lanadi.
Xodimlar qanchalik yuqori ish haqi talab kilsalar, ish beruvchilar ularni shunchalik kam yollay oladilar (talab qonuni). Va shunga mos ravishda: ish beruvchilar muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun qancha kam ish haqi to‘lashga tayyor bo‘lsa, shuncha kam kishilar ushbu ish bilan shug‘ullanishga tayyor bo‘ladi (taklif qonuni). Ushbu manfaatlarning kesishuvida ishchi kuchining teng muvozanatli bahosi paydo bo‘ladiki, bunda muayyan ish bilan shug‘ullanishga tayyor kishilar soni va ish beruvchilar taklif qilishga tayyor ish joylari soni mos tushadi. Xodimlar qanchalik yuqori ish haqi talab kilsalar, ish beruvchilar ularni shunchalik kam yollay oladilar (talab qonuni). Va shunga mos ravishda: ish beruvchilar muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun qancha kam ish haqi to‘lashga tayyor bo‘lsa, shuncha kam kishilar ushbu ish bilan shug‘ullanishga tayyor bo‘ladi (taklif qonuni). Ushbu manfaatlarning kesishuvida ishchi kuchining teng muvozanatli bahosi paydo bo‘ladiki, bunda muayyan ish bilan shug‘ullanishga tayyor kishilar soni va ish beruvchilar taklif qilishga tayyor ish joylari soni mos tushadi.
|
| |