|
Mazkur konsepsiyaning strategik maqsadlari qilib quyidagilarni belgilash mumkin
|
bet | 5/6 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 268,62 Kb. | | #159623 |
Bog'liq 2-mehnat resurislariMazkur konsepsiyaning strategik maqsadlari qilib quyidagilarni belgilash mumkin: - ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni mahalliy va xorijiy samarali texnologiya va texnika bilan ta’minlash;
- sanoat korxonalari va ishlab chiqarish - ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini vujudga keltirish;
- mahalliy xodimlarning malakasini, raqobatbardoshligini va chet elga yuborilishini amalga oshirish va ular yangi iqtisodiy, ma’naviy va mafkuraviy tafakkurini shakllantirish;
- har bir ishsiz uchun ixtiyoriy va mustaqil ish joyini tanlash va mehnat qilish imkoniyatlarini yaratish;
- mehnat bozori, ishsizlik va aholi bandligidagi jarayonlarni tartibga soluvchi iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.
- Mehnat bozorida sotuvchi va xaridor uchrashadi. Sotuvchilar - o‘z ish kuchini taklif qiluvchi xodimlar, xaridorlar esa ularga qancha va qanday xodimlar kerakligini mustaqil hal qila oluvchi mehnat jamoalari yoki alohida tadbirkorlardir.
- Mehnat bozorida ish kuchiga talab va taklif qonuni amal qiladi va ish haqiga ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat bozorida nisbatan qobiliyatli tadbirkor xodimlarning shafqatsiz tanlovi sodir bo‘ladi. Zaif va qobiliyatsizlarni bozor ayamaydi. Shu bilan birga u yuqori malakali mehnatni rag‘batlantiradi, har bir kishining qo‘shgan hissasi va olgan konkret natijasi o‘rtasidagi qat’iy o‘zaro bog‘lanish vujudga kelishiga ko‘maklashadi.
2.4. Mehnat bozori strukturasi, mohiyati va zamonaviy mehnat bozorining hususiyatlari - Halqaro tajriba ko‘rsatishicha mehnat bozori raqobatli, xususiy mulkichlikka asoslangan iqtisodiyot va demokratik ijtimoiy institutlardan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi.
- Milliy mehnat bozori butun ijtimoiy ishlab chiqarishni qamrab oladi - har bir tarmoq u orqali o‘ziga zarur maxsus kasbiy-malakasi tarkib kadrlariga ega bo‘ladi.
- Mehnat bozorida quyidagi imkoniyatlar amalga oshiriladi:
- - kasb, tarmoq faoliyat tarmog‘i va joyini erkin tanlash;
- - mehnat qonunchiligi normalariga rioya qilgan holda yollash va bo‘shatish;
- - mehnat resursini mintaqalar, tarmoqlar va professional-malakaviy guruhlar o‘rtasida mustaqil va iqtisodiy rag‘batlantiriluvchi migratsiyasi (ko‘chishi);
- - ish haqi va boshqa daromadlarning erkin harakati. Ish kuchi o‘ziga xos alohida tovar turi. Uning ishlab chiqaruvchanlik sifati butunlay raqobatli iqtisodiyot samaradorligini, uning yuqori sifatli tovarlar va xizmatlar yaratish imkoniyatini, ilmiy-texnik va tashkiliy o‘zgarishlar qo‘lami va sur’atlarini aniqlaydi. Shuning uchun mehnat bozoriga bilimli va ijodiy faol ish kuchini tayyorlash va chiqarish halq xo‘jaligi yashash faoliyatini ilk asoslaridan biridir.
|
| |