|
Bir tomondan, ularning manfaatlari karama-qarshi. Biri ko‘proq ish haqi olishga, ikkinchisi kamrok ish haqi to‘lashga harakat qiladi
|
bet | 4/6 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 268,62 Kb. | | #159623 |
Bog'liq 2-mehnat resurislari Bir tomondan, ularning manfaatlari karama-qarshi. Biri ko‘proq ish haqi olishga, ikkinchisi kamrok ish haqi to‘lashga harakat qiladi. Boshqa tomondan, ular bir-biriga juda kerak. Insoniyatning butun tarixi nihoyatda katta ikki iqtisodiy kuch - yollanma mehnatchilar va mehnatga yollovchilar o‘rtasidagi keskin kurash misollariga to‘la. Bu kurash juda katta qayg‘u va zararlarga olib keldi. Tabiiy ofat va, xatto, urushlar buning oldida hech narsa emas, chunki ular bir necha yillar davom etadi. Ular o‘rtasidagi kurash esa birinchi qulning paydo bo‘lishidan boshlab, to shu kungacha davom etmoqda va insoniyat iqtisodiy rivojlanishini orqaga suradi. Faqat XX asrda yangi jamiyat (ijtimoiy bozor iqtisodiyoti) belgilari ko‘rina boshladi va shunda bu kurash nihoyat tugashi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mehnat bozorining rivojlanish konsepsiyasining asosiy maqsadi – mehnatga layoqatli aholi bandligining kamayishi, ishsizlikning o‘sishi, yangi ish joylarining kam yaratilishi, mehnat unumdorligining pasayishi, inflyatsiyaning mavjudligi, mulkchilikning turli shakllarining sekinlik bilan vujudga kelishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning juda sekinlik bilan amalga oshirilishi, haqiqiy mehnat daromadlarining kamayishi kabi sharoitlarda ishchi kuchiga talabni oshirish va uning taklifini kamaytirish bo‘yicha kompleks tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir. Mazkur konsepsiyaning strategik maqsadlari qilib quyidagilarni belgilash mumkin: - yangi ish joylarini tashkil etishga aholining bandlik darajasini oshirishga va ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanishga asos bo‘luvchi chuqur iqtisodiy-tarkibiy islohotlarni amalga oshirish;
- aholini ish bilan bandligini oqilona shakllantirish;
- qayta ishlash sanoati, xizmat ko‘rsatish va shaxsiy mehnat tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratish va o‘smirlar, ko‘p bolalik ayollar, pensionerlar va nogironlar uchun mehnatni kafolatlashtirilgan mintaqalarini tashkil etish;
- ishchi kuchiga talabning oshishi va ishsizlikning kamayishini ta’minlovchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
- mulkchilikning ijara, jamoa, hissadorlik va xususiy shakllari va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini rivojlantirish;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bir tomondan, ularning manfaatlari karama-qarshi. Biri ko‘proq ish haqi olishga, ikkinchisi kamrok ish haqi to‘lashga harakat qiladi
|