• Tashkilot ish haqidan tashqari o‘z xodimlariga turli qo‘shimcha imtiyozlar beradi.
  • mehnat resurslariga ish haqi va imtiyozlarni aniqlash




    Download 268,62 Kb.
    bet6/6
    Sana20.02.2024
    Hajmi268,62 Kb.
    #159623
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-mehnat resurislari

    2.5. mehnat resurslariga ish haqi va imtiyozlarni aniqlash

    • Tashkilot taklif qiluvchi mukofotlar turi va miqdori mehnat hayoti sifatini baholash uchun muhim ahamiyatga ega.
    • Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, mukofotlashlar kishilarning ishga kirish, ishni qoldirish haqida, qancha ishlab chiqarish, tashkilotdan qachon ketish va umuman ketish kerakmi degan qarorlar chiqarishiga ta’sir etadi.
    • «Mehnat haqi» termini xodimga bajargan ishi uchun tashkilot tomonidan beriladigan pulli mukofotga kiradi. Tashkilot raqobatbardosh stavkalar bo‘yicha ish haqi to‘lamasa va ishga rag‘batlantiruvchi hak to‘lash shkalasiga ega bo‘lmasa, ish kuchini to‘play olmaydi va uni saqlab qola olmaydi.
    • Mehnat haki strukturasini ishlab chiqish kadrlar bo‘limining majburiyati hisoblanadi. Tashkilotda ish haki strukturasi ish haki darajasini o‘rganishni tahlil qilish, mehnat bozoridagi sharoitlar, shuningdek, tashkilot unumdorligi foydaliligini tahlil qilish yordamida aniqlanadi.

    Tashkilot ish haqidan tashqari o‘z xodimlariga turli qo‘shimcha imtiyozlar beradi.

    • Qo‘shimcha imtiyozlar berishga an’anaviy yondashuv shundaki, bir xil darajali barcha xodimlar bir xil imtiyozlarga ega. Tadqiqotlar barcha xizmatchilar ham bunday imtiyozlarni kadrlamasligini ko‘rsatdi. Qo‘shimcha imtiyozlarning kadrlanuvchi qiymati oilaviy ahvoli, yoshi, oila kattaligi va boshqa shu kabi omillarga bog‘lik. Masalan, katta oilali kishilar imtiyozli tibbiyot xizmati ko‘rsatish va hayotni sug‘urta qilish miqdoriga odatda ko‘proq qiziqadi, keksalarni nafaqaga chiqishda beriladigan imtiyozlar, yosh xodimlarni darhol naqd pullar olish qiziqtiradi.
    • Yuqoridagilarga muvofiq ayrim tashkilotlar, «kafeteriy prinsipi bo‘yicha mukofotlash tizimi» deb ataluvchi tizimni ishlab chiqqan. Xodimga uni qoniqtiruvchi imtiyozlar paketini o‘zi tanlashiga ruxsat etiladi. Bu tizim ayrim kamchiliklarga ham ega. Imtiyozlarning umumiy qiymati ko‘payib ketadi, chunki u qo‘shimcha ma’muriy ustama xarajatlar keltirib chiqaradi, shuningdek ayrim imtiyozlar, masalan, personal sug‘urtalash ko‘p hisobga olinganda arzonroq tushadi. Boshqa muammo xodimlarga naqd imtiyozlar va imtiyozlarning kelajakda va hozirgi kundagi ahamiyatini tushuntirish zaruriyatidan iborat.

    Download 268,62 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 268,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    mehnat resurslariga ish haqi va imtiyozlarni aniqlash

    Download 268,62 Kb.