|
ko‘chib ketgan – 233,2 ming kishi
|
bet | 2/6 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 268,62 Kb. | | #159623 |
Bog'liq 2-mehnat resurislariko‘chib ketgan – 233,2 ming kishi. Shundan, tashqi migratsiya: ko‘chib kelgan – 2,9 ming kishi; ko‘chib ketgan – 17,3 ming kishi. Ichki omillarni baholash uchun quyidagi ma’lumotlar tahlilini bajarmoq zarur: - - doimiy band bo‘lgan xodimlar soni, familiyasi, yashash joyi, ishga qabul qilingan vaqti;
- xodimlarning tarkibi (malakasi, mutaxassisligi, yosh tarkibi, milliy tarkibi, nogironlik salmog‘i, ishchi va xizmatchilar);
- xodimlar qo‘nimsizligi;
- ish kunining davomligi (to‘liq yoki qisman bandligi, necha va qaysi smenada ishlashi, ta’tilining davomligi);
- ish haqi,uning tarkibi, qo‘shimcha ish haqi, ta’rif yoki ta’rifdan yuqori to‘lov;
- davlat yoki huquqiy tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan sotsial-maishiy xizmat (sotsial ehtiyojlarga ajratiladigan mablag‘lar).
Rejalashtirishning asosiy maqsadi firma yoki kompaniyani zarur bo‘lgan ishchi kuchi bilan ta’minlash va uning xarajatlarini belgilashdan iborat. Bunga oid tadbirlar barcha kadrlar, jumladan, ishchilar va boshqaruv xodimlarini tayyorlash, ularni rivojlanayotgan tashkilot sharoitlariga moslashtirish jarayoni bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim. - Rejalashtirishning asosiy maqsadi firma yoki kompaniyani zarur bo‘lgan ishchi kuchi bilan ta’minlash va uning xarajatlarini belgilashdan iborat. Bunga oid tadbirlar barcha kadrlar, jumladan, ishchilar va boshqaruv xodimlarini tayyorlash, ularni rivojlanayotgan tashkilot sharoitlariga moslashtirish jarayoni bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim.
- Birinchi bosqichda tashkilotning maqsadlaridan kelib chiqqan holda asosiy vazifalar belgilab olinadi. Bu vazifalar har bir ish joyida, kerakli vaqtda zaruriy miqdorda va sifatli mehnat samaradorligini ta’minlashdan iborat. Albatta, kadrlarni rejalashtirishning boshqa vazifalari ham mavjud. Ularga personal mehnati samaradorligini rag‘batlantirish kiradi.
- Kadrlarni rejalashtirishning ikkinchi bosqichida tashkilot rivojlanishi va yangilanishining umumiy sharoitlari bilan bog‘liq holda kadrlar strategiyasi ishlab chiqiladi.
- Uchinchi bosqichda har bir xizmatchining aniq maqsadlari belgilanib, tashkilot ichida rahbarlik tamoyillari aniqlaniladi.
|
| |