• Nutqiy kompetensiya
  • 2-mavzu: Boshlang`ich sinf dts va o‘quv dasturi mazmuni. Ona tili ta`limi orqali o`quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish usullari reja




    Download 26,35 Kb.
    bet4/5
    Sana07.12.2023
    Hajmi26,35 Kb.
    #113243
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-MA`RUZA MUTAXAS

    TK - tayanch kompetensiyalar
    1.TK1 - kommunikativ kompetensiya
    2.TK2 - axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
    3.TK3 – o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
    4.TK4 - ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
    5.TK5 - milliy va umummadaniy kompetensiya
    6.TK6 - matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
    FK - fanga oid kompetensiyalar
    1.FK1 - nutqiy kompetensiya
    FK2 - lingvistik kompetensiya
    Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):so‘z tarkibini tahlil qila oladi; rasmlar asosida 6-7 ta gapdan iborat ijodiy matn yarata oladi.
    Lingvistik kompetensiya:
    mavzuga oid so‘z va iboralarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
    o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi.
    Nutqiy kompetintsiyalar va lingivistik kompetintsiyalarga Dts da qoʻyiladigan talablar:
    Ona tili darslarining sifat va samaradorligini oshirishda nutqiy kompetensiyalarning o‘ziga xos o‘rni muhim sanaladi. Mavzuga doir mashqlar topshirig‘ini mustaqil bajarish, mashq tarkibida gaplardan va matnlar mazmunidan to‘g‘ri xulosa chiqarish, tinglab tushunish orqali matndan anglashiladigan asl g‘oya mazmunini qayta hikoya qilish va adabiy til me’yorlariga asoslanib so‘zlab berish hamda yozish, o‘z nutqini og‘zaki va yozma shaklda erkin ifodalashi zaruriydir.
    Zero, “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” ,-deb e’tirof qilinishi ona tili o‘qitish metodikasi oldiga ta’lim jarayonining sub’ektlarini jahon yoshlari bilan raqobatlasha oladigan, turli informatsiyalarni tinglab tushunadigan, ma’lum fikrini ma’noli ifodalab, aniq, sermazmun so‘zlab yetkazadigan va diqqat bilan o‘qish qobiliyatlariga ega bo‘lgan hamda yozish jarayonida orfografik qoidalarga amal qiladigan, turli ma’lumot va axborotlarni o‘qib kerakli xulosani chiqaradigan, o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lgan kuchli raqobatbardosh bilim egalari qilib tarbiyalashdek dolzarb va muhim vazifani qo‘yadi.
    Nutq madaniyati yoshlarga kundalik oddiy salomlashishidan kimga?, nimaga?, qachon?, qaerda?, qanday? so‘zlashgacha bo‘lgan muomala-muloqot sirlarini o‘rgatadi; sharqona odob-andisha, go‘zal qiroat san’ati qonuniyatlarini anglab borishda ham katta ahamiyat kasb etadi” , - deyiladi.
    Professor Sh.Yusupovaning ta’kidlashicha, ona tili darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish bo‘yicha “Sharhlash usuli”ni qo‘llashdan turli maqsadlar ko‘zlanishi nazarda tutiladi. ”
    1.Sharhlash ona tili bo‘yicha o‘tilgan nazariy ma’lumotlarni idrok qilishga yordam beradi.
    2.Sharhlash nazariy ma’lumotlarni amaliyotda qo‘llashni bildiradi.G‘.Hamrayevning “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida fonetikaga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minotini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishida ”Agar darsni tashkil etish, xususan, ona tili darslarida fonetika, orfoepiya, orfografiya mavzularini o‘qitish o‘qituvchining ixtiyoriga to‘liq topshirib qo‘yilsa, o‘quvchilarning adabiy talaffuz hamda imloga oid ko‘nikmasi bir xil bo‘lmasligi muqarrar.
    O‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishda o‘qituvchining darsga jiddiy yondashishi zarur ekanligi Sh.Sariyevning tadqiqot ishida yoritilgan. “O‘qituvchining o‘qish namunasiga ko‘ra o‘quvchilar to‘g‘ri, ifodali o‘qishni o‘rganadi. Darsda matnni o‘qib berish uchun o‘qituvchi puxta tayyorgarlik ko‘rishi, mazmunni chuqurroq anglashga intilishi, matnning ayrim o‘rinlari qanday o‘qilishi lozimligini belgilab olishi lozim. O‘qituvchi ayrim tovush, bo‘g‘in, so‘zlarni qanday o‘qish kerakligini izohlagach, o‘quvchilar matnni navbat bilan o‘qishadi. O‘qituvchi ularni kuzatib, to‘g‘rilab boradi”
    Binobarin, o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib quyidagi omillarni keltirish mumkin:
    -o‘quv dasturida berilgan mavzular bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish;
    – o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish;
    – mashq va topshiriqlarni bajartirish orqali nazariy bilimlarini mustahkamlash va nutqini o‘stirish;
    – ona tili darsligida berilgan matn va lug‘at ustida ishlashni muntazam olib borish.

    Download 26,35 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 26,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu: Boshlang`ich sinf dts va o‘quv dasturi mazmuni. Ona tili ta`limi orqali o`quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish usullari reja

    Download 26,35 Kb.