• Algoritmlarni kodlash.
  • Algoritmlami tahlil qilish




    Download 20.63 Kb.
    bet5/6
    Sana10.11.2022
    Hajmi20.63 Kb.
    #29722
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-mavzu Chiziqli algoritim
    «Dasturlash tillari» fanidan 1-oraliq nazorat savollari, 9. Fizika va Astronomiya 100 соат, 2.02. Техникавий чизмачилик, 1-mavzu algoritm tushunchasi, 2-mavzu Chiziqli algoritim, 1. Родной язык и литература, 7 Mavzu Shifrlash haqida ma’lumot Simmetrik shifrlash tizimi haqi, 1-Mavzu algoritm tushunchasi, 20 – Mavzu. Typedef tipini aniqlanishi
    Algoritmlami tahlil qilish. Bu masala asosan algoritm berishi mumkin bo’Igan samara bilan bog’liq. Tahlil jarayonida algoritmlar samaradorligini ikki jihatdan baxolash mumkin: vaqqtbay va fazoviy samaradorlik. Vaqtbay samaradorlik algoritm ishlash tezligining ko’rsatkichi, fazoviy samaradorlikda esa algoritmning ishlashi uchun zarur bo’Igan tezkor xotira xajmi bilan baholanadi.

    Algoritmlarning yana bir muhim xarkteristikasi soddalik bilan bog’liq. Bu hususiyat sub'ektiv hisoblanadi va turli odamlarda turlicha namoyon bo’lishi mumkin. Sodda algoritmlami o’qish va tushunish oson bo’lishi bo'lishi bilan birga oson dasturlanadi. Demak, dastur matnida xatoliklar kam bo’ladi.
    Algoritmlarning yana bir muxim tomoni umumiylik (universallik) bilan bog’liq. Ushbu jihat ikki holat bilan tavsiflanadi:
    algoritm qurilgan masalaning umumiyligi xamda mumkin bo’lgan boshlang’ich ma'lumotlar diapazoni. Masalaning umumiyligi deganda shuni e'tiborga olish kerakki, umumiy masalalar uchun algoritm qurishning iloji bo’lmaganda, hususiy masala uchun algoritm ishlab chiqish tavsiya etiladi. Masalan, ikki natuarl sonnipng o’zaro tubligini tekshirish algoritmiga qaraganda, ularning ekub ni topish osonroq bo’ladi.
    Mumkin bo’Igan boshlang’ich ma'lumotlar diapazogiga kelsak, shuni yodda tutish kerakki, odatda boshlang’ich ma'lumotlar katta diapazonda o’zgarishi mumkin bo’lib, yechilayotgan masala shartiga mos bo’lishi lozim. Masalan, kvadrat tenglama uchun kompleks sonlar ham boshlang’ich ma'lumotlar sifatida ishtirok etishi mumkin bo’lsada, odatda ular e'tiborga olinmaydi.
    Algoritmlarni kodlash. Ko’pchilik algoritmlar qachondir kompyuter dasturlariga aylantiriladi. Dastur - bu algoritm buyruqlarni maxsus dasturlash tillaridan birida kompyuterlarga tushunarli ko’rinishda yozish usuli bo’lib, uning ijrochisi sifatida kompyuter tan olinadi. Demak, ta'rifga ko’ra dasturlarni ham algoritm deb qarash mumkin. Dasturlarning to’g’riligi (korrektligi) test sinovlar orqali tekshiriladi. Bu jarayonda boshlang’ich ma'lumotlar mumkin bo'Igan dipazaondan chetga chiqishi mumkinligiga alohida e'tibor qaratish zarur. Dasturning ishchi versiyasi ishlab chiqilganidan so’ng uning asosida yotgan algoritmni empirik tahlil qilishga to’g’ri keladi. Bunday boshlang’ich ma' lumotlarning turli qiymatlari uchun dasturning bajarilishi vaqti tahlil qilinadi.

    Download 20.63 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 20.63 Kb.