• Agrofirmalarni tashkil etish
  • Agrofirmaning huquq va majburiyatlari




    Download 327,09 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/8
    Sana09.10.2024
    Hajmi327,09 Kb.
    #274294
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Lecture - 2 (1)

    Agrofirmaning huquq va majburiyatlari
    Agrofirma quyidagi huquqlarga ega: 

    ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish va amalga oshirish, shu jumladan meva- 
    sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash; 

    yetishtirilgan mahsulotlarni sotish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu 
    jumladan byudjet tashkilotlari bilan xo’jalik shartnomalari tuzish; 

    mahsulotni sotib olish yuzasidan fermer va dehqon xo’jaliklari bilan fyuchers 
    shartnomalari tuzish; 

    aholidan meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni xarid qilish; 
    - yetishtirilayotgan mahsulotga va bajarilayotgan ishlar (ko’rsatilayotgan xizmatlar)ga 
    mustaqil narx belgilash; 

    olingan daromad (foyda)ni, shuningdek o’ziga xizmat ko’rsatuvchi banklarning hisob 
    raqamlaridagi pul mablag’larini o’z xohishiga ko’ra belgilangan tartibda tasarruf etish; 
    - kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning 
    mol- mulki, pul mablag’larini shartnoma asosida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va 
    takroriy ishlab chiqarishga yo’naltirish; 

    o’zining huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilib sudga murojaat qilish. 
    Agrofirma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi. 
    Agrofirma:

    o’z xodimlari uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga; 

    tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarishga; 

    soliqlar va majburiy to’lovlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lashga majbur. 
    Agrofirma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham o’z zimmasiga 
    oladi. 
    Agrofirmalarni tashkil etish
    Fermer xo’jaliklari, qayta ishlash va savdo korxonalari hamda boshqa yuridik va jismoniy 
    shaxslar iqtisodiy faoliyatning turli sohalarida umumiy maqsadlarga erishish uchun ixtiyoriy 
    ravishda birlashishlari mumkin. 
    Agrofirma odatda tugatilayotgan har bir xo’jalik hududida yoki mahalliy sharoitdan kelib 
    chiqib, ikki va undan ortiq xo’jaliklar hududida tuzilishi mumkin. 
    Agrofirmalarni ta’sis etishda uning qatnashchilari o’z mustaqilligini saqlab qoladi. 
    Agrofirmalar o’z-o’zini moliyalashtirish (xo’jalik hisobi) tamoyillari asosida faoliyat 
    yurituvchi tijorat tashkilotlari hisoblanadi va qonunda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy- 
    huquqiy shaklda, shu jumladan xorijiy investor bilan qo’shma korxonalar shaklida tashkil etilishi 
    mumkin. 
    Agrofirmalar Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori bilan 
    tasdiqlangan. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish va ruxsat 
    beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to’g’risida Nizomga muvofiq davlat ro’yxatidan 
    o’tkazilgan vaqtdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi. 
    Agrofirmalar uning ta’sischilari soni 50 kishigacha bo’lsa, ma’suliyati cheklangan jamiyat 
    shaklida, undan ortiq yoki ta’ sischilar soni cheklanmagan bo’lsa qonunda nazarda tutilgan har 
    qanday tashkiliy-huququy shaklda tashkil etilishi mumkin. 



    Download 327,09 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 327,09 Kb.
    Pdf ko'rish