-
tabiiy obyekt bo’lmish yerga zarar yetkazmaslik;
-
tomorqa yer uchastkasini asrash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan
sarf- xarajatlar qilish;
-
yangi berilgan
tomorqa yer uchastkasidan, bir yil ichida foydalanishga kirishish;
-
agrotexnika talablariga, belgilangan rejim, saqlash vazifasi va servitutlarga rioya etish;
-
dehqon xo’jaligining majburiyatlari va qarzlari bo’yicha tO’la javobgar bo’lish;
-
xo’jalik a’zolari uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’mishlash.
Dehqon xo’jaligi boshlig’i quyidagi huquqlarga ega:
-
dehqon xo’jaligi nomidan ishonchnomasiz ish ko’rish;
-
yuridik va jismoniy shaxslar bilan
shartnomalar tuzish;
-
ishonchnomalar berish;
- bankda hisob varaqlar ochish.
Dehqon xo’jaligi boshlig’i dehqon xo’jaligining hamda uning a’zolarining manfaatlarini
himoya qilishi, huquqlarini amalga oshirilishini ta’minlashi lozim.
Dehqon ho’jaligi a’zolari:
-
xo’jalik a’zolari o’rtasidagi shartnoma shartlariga ko’ra birgalikda yoki yakka tartibda
foydalaniladigan daromaddan o’z ulushini olish;
-
davlat ijtimoiy sug’urtasidan o’tkazilish va ijtimoiy ta’minlash, shuningdek tovar qishloq
xo’jaligi mahsuloti yetishtirish uchun dehqon xo’jaligida sarflangan ish vaqti O’zbekiston
Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi xuzuridagi Pensiya jamg’armasiga badallar to’lab
borilgan taqdirda mehnat stajiga kiritilishi huquqiga ega.
Dehqon xo ’jaligi:
-
o’ziga qarashli uy-joylar, xo’jalik
imoratlari, qishloq xo’jalik ekinzorlari va
ko’chatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollar,
parrandalar, qishloq xo’jalik texnikasi,
asbob-uskuna va ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablag’lari,
intellektual mulk
obyektlariga, shuningdek boshqa mol-mulklarga;
-
ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotga;
-
olingan daromadga (foydaga);
-
qonunda taqiqlanmagan asosolarda ega bo’linmagan boshqa mol-mulkka mulkdordir.
Dehqon xo’jaligining o’ziga qarashli mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi davlat himoyasida
bo’ladi.
Dehqon xo’jaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish
xo’jalik a’zolarining o’zaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
Dehqon xo’jaligi
mol-mulkni hosil qilish, ko’paytirish, uni ijaraga yoki vaqtincha
foydalanishga olish huquqiga ega.
Dehqon xo’jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag’larini saqlab turish va bu
mablag’larni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisob varaqlar ochish huquqiga ega.
Dehqon xo’jaligining hisob-kitob hisob varag’idan mablag’larni faqat uning roziligi yoki
sudning qarori bilan hisobidan chiqarish mumkin.